Texnologiya va dizayn fanning maqsadi va vazifalari. Texnologiya va dizayn tushunchasi. Texnologiya va dizayn fanning nazariy asoslari


Download 290.24 Kb.
bet1/11
Sana08.02.2023
Hajmi290.24 Kb.
#1178153
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Elbek; texnologiya va dizayn fanning maqsadi va vazifalari.


TEXNOLOGIYA VA DIZAYN FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI. TEXNOLOGIYA VA DIZAYN TUSHUNCHASI. TEXNOLOGIYA VA DIZAYN FANNING NAZARIY ASOSLARI, ISHLAB CHIQARISHDA YANGI TEXNIKA VA ILG'OR TEXNOLOGIYALAR BILAN TALABALARNI O‘RGANISH


MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………………….3
I BOB. TEXNOLOGIYA VA DIZAYN FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI O’RGANISH……………………………………………………………………………6
1.1. Texnologiya va dizayn fanining maqsad va vazifalari. O‘zbekistonda ishlab chiqarish turlari………………………………………………………………………..6
l.2. Ishlab chiqarishda yangi texnika va ilg‘or texnologiyalar………………...…12
II BOB. YOG’OCHLAR VA ULARNING TEXNOLOGIYASI ISHLAB CHIQISH VA DARS ISHLANBA BILAN TANISHISH…………………….….…17
2.1.Yog‘ochning turlari va uning xususiyatlari………………………………....….......17
2.2. Texnologik xaritalar, ularni tuzish va foydalanish hamda 1-soatlik dars ishlanma.………………………………………………………………………...……...23
XULOSA………………………………………………………………………………28
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………..…....…30
ILOVALAR………………………………………………………………….………..31
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
“Biz ustozni otaday ulug‘ deb bilgan, doimo ardoqlagan ma’rifatparvar xalqning vakillarimiz. Men ham o‘qituvchi, muallim deganda o‘zim uchun eng aziz va hurmatli bo‘lgan, ziyoli va zamonaviy, samimiy va mehribon insonlarni tasavvur qilaman. Chunki hammamizga ham shu muallim saboq va ta’lim berib, mehribon ota-onalarimiz qatorida tarbiyalagan. Bugungi kunda O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning eng yaqin ko‘makchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir”, – dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
Har bir oila, har bir bola hayoti maktab bilan bog‘langani, bu masala davlatning, jamiyatning eng muhim ishi ekani ta’kidlandi.
“Hammamiz aziz farzandlarimiz hayoti va taqdirini o‘qituvchi va murabbiylarga ishonib topshiramiz. Mana shunday beqiyos boylik posbonlari, kelajak bunyodkorlari bo‘lgan bu mo‘tabar zotlarga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatishimiz kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yig‘ilishda bugungi modernizatsiya jarayonlari, islohot va o‘zgarishlar natijadorligi maktab ta’limiga, yangi avlod kadrlarini yetishtirish masalasiga borib taqalayotgani qayd etildi.
Ma’lum qilinishicha, mamlakat ta’lim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida Prezident farmoni loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur hujjat regulation.gov.uz portaliga qo‘yilib, barcha hududlarda, mahalliy kengashlarda va maktab jamoalarida ota-onalar ishtirokida keng muhokama qilindi.
Farmon loyihasida ta’limdagi hozirgi muammolarni hal qiladigan, yaqin besh yilda natijasini ko‘rsatadigan va keyingi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan maqsadlar qamrab olingan.
Bo'lajak mehnat ta'limi o‘qituvchilarini o‘z kasbining mohir ustasi qilib tarbiyalash. ularga 0‘zbekistonda ishlab chiqarishdagi yangi texnika va texnologiyalar, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqbollari, ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar, yog'och va metall turlari, xususiyatlari, ularga ishlov berishda rejalash ishlari, yo'nish, analash, pardozlash, ularga ishlov berishda ishlatiladigan qo‘l, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan asbob-uskunalar, dastgohlar. jihozlar, mashina va mexanizmlar elementlari, ularning turlari, texnologik xarita tuzish va undan foydalanish, uy-ro‘zg‘or buyumlari kichik ta’mirlash ishlari, ishlab chiqarishda ishchilar uchun sog'lom texnik jarayonni yaratish, ishchilarni yo'riqnomalar bilan tanishtirish, ularning huquq va burchlari, ishlab chiqarishdagi sanitariya va gigiyena, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishi va 0‘zbekiston kelajagi boigan har tomorflama barkamol shaxsni tayyorlashni o'rgatish.
Kurs ishining maqsadi – umum ta’lim maktab o’quvchilarida texnologiya va dizayn tushunchasining mazmunini ta’limiy vositalar bilan tanishtirish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishdir.

Download 290.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling