U yoshlik chog'idanoq pichoqsozlik kasbini puxta egallab, tez orada
o ‘zining ajoyib pichoqlari bilan Farg'ona vodiysida shuhrat qozongan.
U yasagan o ‘tkir t ig ii bejirim pichoqlar uzoq-uzoqlarga tarqaldi.
113
Qorasuvlik pichoqsozlar o ‘sha vaqtlardayoq qilich, xanjar, pichoq
yasashda nom qozongan edilar. Pichoqsoz Asqar usta ana shu Qorasuv
pichoqchilarining yirik vakili b o ‘lib, u pichoqsozlikni yoshligida
To‘xtasin pichoqsoz ustadan o ‘rgangan. U Qorasuv va Shahrixonda
pichoqsozlik qilgan. Ayniqsa, u Ikkinchi jahon urushi davrida o ‘zbek
jangchilariga ham atab pichoq tayyorlagan. 1948-yilda Qorasuvda
tashkil etilgan artelda u o ‘z o ‘g ‘illari Bokirjon va usta Mamasaidlar
bilan birga ishladi. Asqar pichoqsoz pichoqlarni a lo nav poiatdan
yupqa, ixcham, naqshdor hamda o ‘tkir qilib yasagan. U "qozoqcha",
"hisorcha", "buxorcha", "naqshband" usullari bilan pichoqlar yasagan.
Uning yasagan
pichoqlariga
d6im talab kuchli
edi.
Asqar
pichoqsozning o ‘g ‘illari bilan yasagan pichoqlari 0 ‘sh, Andijon,
Jalolobod va boshqa joylarda "Qorasuv pichog‘i" nomi bilan
mashhurdir. 1964-yilda Asqarxo‘ja Oysarxo'jayev 86 yoshida vafot
etdi. Lekin uning juda ko‘p shogirdlari "Qorasuv pichogi" nomini
tildan tushirmay, hozirgi kungacha shuhratini ko‘tarib kelmoqdalar.
Ayniqsa, uning katta o ‘g ‘li Mamasaid va o ‘rtancha o ‘g ‘li Bakir ota
kasbini ulug'layotgan farzandlari o ‘zbek pichoqlari shuhratini chet
ellarga ham taratdilar.
Qorasuv pichoqchilik maktabining namoyandalaridan yana biri
usta Bakirjon Asqarov bo'lib, uning ota-buvalari ham pichoqsoz ustalar
Do'stlaringiz bilan baham: |