Texnologiya
Download 1.18 Mb.
|
Amaliy mashg'ulot Uslubiy KORSATMA
Topshiriq. Talabalar turli bosim o‘lchash asboblari va ularning ishlash prinsipi bilan tanishadilar va ushbu o‘lchash sboblarining metrologik tavsiflarini o‘rganadilar. O‘zlarning fikrlari va xulosalarini daftarga tushiradilar.
TEST SAVOLLARI 1. Xalqaro birliklar tizimida bosim qanday birlikda o‘lchanadi? A) bar B) N/m2 C) * Paskal (Pa) D) mm.sim.ust. 2. 1 kgk/sm2 necha Paskalga teng? A) *9.8066*104 Pа B) 9.8066 Pа C) 133.32 Pа D) 105 Pа 3. 1 bar necha Paskalga teng? A) 9.8066*104 Pа B) 103 Pа C) 133.32 Pа D) *105 Pа 4. 1 mm.suv ustuni necha Paskalga teng? A) *9.8066*104 Pа B) 9.8066 Pа C) 133.32 Pа D) 105 Pа 5. Normal atmosfera bosimi qanchaga teng? A) 1000 kPA (760 mm suv.ust) B) *100 kPA (760 mm sim.ust) C) 9.8066*104 Pа D) 1 mm.sim.ust (133.32 Pа) 6. Manometr asbobi yordamida qanday bosimlar o‘lchanadi? A) Berk idish ichidagi suyuqlik va gaz bosimining siyraklanishini o‘lchaydi B) Kichik qiymatli bosim va siyraklanishni o‘lchaydi C) Atmosfera bosimini o‘lchaydi
B) Kichik qiymatli bosim va siyraklanishni o‘lchaydi C) Atmosfera bosimini o‘lchaydi
B) Fransuz olimi M.Faradey tomonidan (1670 yil) C) *Italyan olimi E.Torrichelli tomonidan (1640 yil) D) Fransuz olimi B.Paskal tomonidan (1646 yil) 9. Zamonaviy suyuqlikli manometrlarning o‘lchash diapazoni qanday oraliqda? A) *0,1 N/m2 dan 0,25 MN/m2, ya’ni 0,01 mm. suv.ust. dan 1900 mm.sim.ust. gacha oraliqda. B) 0,01 N/m2 dan 2,5 MN/m2, ya’ni 0,01 mm. suv.ust. dan 1900 mm.sim.ust. gacha oraliqda. C) 0 Pa dan 10 000 Pa gacha
B) 0,02 ÷ 60 GPa C) *0,02 ÷ 60 MPa D) 0,02 ÷ 60 kPa 5-amaliy mashgulot FIZIK O‘LCHASHLAR USULLARI VA XATOLIKLARNI QAYTA ISHLASH Mashg‘ulotning maqsadi: fizik kattaliklarni o‘lchash usulari, o‘lchashlardagi xatoliklar va ularning turlari haqidagi bilimlar bilan tanbishsish. O‘lchash xatoliklari aniqlash va o‘lchash natijasi aniqligini baholash bo‘yicha amaliy topshiriqlarni bajarish. O‘z DSt 8.010.1:2002 “О‘zbekiston Respublikasining о‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi Metrologiya. Atamalar va ta’riflar. 1-qism. Asosiy va umumiy atamalar” standartida “о‘lchash” atamasiga quyidagicha izoh berilgan: Kattalikni o‘lchash - kattalik birligini saqlaydigan texnikaviy vositani qо‘llanishga oid, о‘lchanadigan kattalik bilan uning birligi о‘rtasidagi nisbatni (oshkor yoki nooshkor kо‘rinishda) topish va bu kattalik qiymatini aniqlash imkonini beruvchi operatsiyalar majmui. O‘lchash natijasi - o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘lchash birligiga ko‘paytmasi tariqasida ifodalanadi X=n[x], bu erda: X - o‘lchanadigan kattalik n - o‘lchanayotgan kattalikning kabul qilingan o‘lchov birligidagi son kiymati; [x] -o‘lchash birligi O‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab u aniq nomi bilan yuritiladi: elektrik, mexanik, issiqlik, akustik va h.k. O‘lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari (yo‘llari) mavjuddir. Bular: - bevosita o‘lchashlar; - bilvosita o‘lchashlar; - majmuiy o‘lchashlar; - birgalikda o‘lchashlar; - mutlaq o‘lchashlar; - nisbiy o‘lchashlar. O’lchash usullari: o’lchash usullari ikki guruhga bo’linadi: bevosita baholash usuli va taqqoslash usuli. Bevosita baholash usuli – bevosita o‘lchash asbobining sanash qurilmasi yordamida to‘g‘ridan – to‘g‘ri o‘lchanayotgan kattalikning qiymatini topishdir. Bevosita baholash usulining mohiyati shundan iboratki, o’lchanayotgan kattalikning qiymati bitta yoki bir necha asbobning ko’rinishi bo’yicha bevosita aniqlanadi. Bunda ishlatilayotgan asbobning shkalasi o’lchanayotgan kattalik yoki unga bog’liq bo’lgan boshqa bir kattalik o’lchov birligi bo’yicha darajalangan bo’ladi. Bu usulga zanjirdagi tokni ampermetr, kuchlanishni voltmetr bilan o’lchash misol bo’la oladi. Taqqoslash usulida o’lchanayotgan kattalik qiymati avvaldan ma’lum bo’lgan o’lchov bilan taqqoslanadi. Bu usulning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, o’lchash jarayonida o’lchov bevosita ishtirok etadi. Taqqoslash usuli nol, defferensial, qarama- qarshi qo’yish, almashlash va mos tushish usullariga bo’linadi. Nol usuli o’lchanayatgan kattalikni o’lchov bilan bir vaqtda yoki davriy ravishda taqqoslovchi usul bo’lib, unga ko’ra muvozanat ko’rsatkichi (nolindikator)ga ta’sir etuvchi natijaviy taqqoslanish samarasi nolgacha kamaytiriladi. Bu usulga elektr qarshiligining to’la muvozanatlanishiga asoslan ko’prik sxemasi bilan o’chash misol bo’lishi mumkin. Ko’prik sxemasidagi o’lchovning aniqligi juda yuqori va nol-indikatorning sezgirligi katta bo’lganligi sababli o’lchash aniqligi yuqori bo’ladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling