Texnologiya


Download 1.18 Mb.
bet18/22
Sana05.01.2022
Hajmi1.18 Mb.
#218197
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Amaliy mashg'ulot Uslubiy KORSATMA

7-amaliy mashg‘ulot
MASSA VA OG‘IRLIKNI ANIQLASH
Mashgulotning maqsadi. Massa, uning turlari, massani olchash asboblari va ularning turlari, massa milliy boshlangich etaloni haqidagi malumotlar bilan tanishish va organish.

Massa (grekcha  so‘zidan olingan) – skalyar fizik kattalik bo‘lib, muhim fizik kattaliklardan biridir. Dastlab (XVII-XIXasrlarda) massa tushunchasi fizik obyektdagi “modda miqdori”ni xarakterlagan. Hozirgi zamonaviy fizikada “modda miqdori” tushunchasi tamoman boshqa ma’noni anglatadi.



Massani bir qancha ko‘rinishda talqin qilish mumkin:

1) Passiv gravitatsion massa – jismning qanday kuch bilan tashqi gravitatsion maydon bilan o‘zaro ta’sirlashishini ko‘rsatib beradi. Aslida bu massani zamonaviy metrologiyada tarozida tortib o‘lchash mumkin.

2) Aktiv gravitatsion massa - bu massa jismning o‘zi qanday gravitatsion maydon hosil qilayotganligini xaraterlab beradi va butun olam tortishsish qonunida namayon bo‘ladi.

3) Inert massa - jismning inertligini ifodalaydi va Nyutonning ikkinchi

qonunida yaqqol namayon bo‘ladi.

Gravitatsion va inert massalar bir-biriga teng va shu ularning qanday xarakterdaligini alohida ta’kidlamasdan, umumiy tarzda massa haqida gapiriladi.

Massaning qanday xarakter kasb etishi zamonaviy fizikada muhim ahamiyatga ega.



Massani o‘lchash uchun qo‘llaniladigan o‘lchash vositalarining bir qancha

turlari mavjud. Ularning eng qadimgisi – bu tarozilardir.

Tarozi – jismning massasini unga ta’sir etuvchi og‘irlik kuchi bo‘yicha aniqlashga mo‘ljallangan o‘lchash vositasidir.

Ancha keng tarqalgan richagli tarozilarning ishlash prinsipi richaglarning muvozanat qonuniga asoslangan. Richagning tayanch nuqtasi markazda (tang yelkali richaglarda) yoki markazga nisbatan siljigan holatda (bir yelkali va yelkalari teng bo‘lmagan richaglarda) bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina richagli tarozilar turli

xildagi richaglarning uyg‘unlashuvidan tashkil topgan. Richag tayanchi sifatida odatda prizma va maxsus po‘latdan yoki qattiq toshlar (agat, korund) dan tayyorlangan yostiqchalar xizmat qiladi. Teng yelkali richagli tarozilarda

tortiluvchi yuk massasi tarozi toshlari massasi bilan tenglashtiriladi. 70 -rasmda teng yelkali richagli tarozining sxemasi ifodalangan. 71-rasmda esa yelkalari teng bo‘lmagan richagli tarozi sxemasi berilgan.


71-rasm. Yelkalari teng bo‘lmagan richagli tarozining sxemasi: P – doimiy o‘zgarmas yuk; N – ba yelka bo‘ylab harakatlanuvchi tarozi toshi; b va c – prizmalar.

Richagli tarozilarda shkala bo‘linmasi qiymati s quyidagi formula orqali aniqlanadi:



s = k (P0c / lg)

bu yerda: P0 tarozi shayini massasi (strelka bilan birgalikda); c – tarozi shayini

og‘irlik markazi bilan uning aylanish o‘qi orasidagi masofa; l tarozi shayini

yelkasi uzunligi; g – erkin tushish tezlanishi; k – sanoq qurilmasida ro‘xsat etilgan usulga bog‘liq koeffisent.

72-rasmda savdo sohasida ko‘p ishlatiladigan, stol ustiga qo‘yishga mo‘ljallangan richagli tarozining umumiy ko‘rinishi va sxemasi ko‘rsatilgan.

72 - rasm. Stolga o‘rnatiluvchi siferblatli mexanik savdo tarozisi: a – umumiy ko‘rinishi; b –sxemasi: 1-asosiy teng yelkali richag; 2-tayanch prizma; 3 - 4 – yuk qabul qiluvchi prizmalar; 5–6 – tarozi pallalarini ag‘darilib ketishini oldini olish uchun ustun ; 7 – kvadrant (og‘ish burchagini o‘lchash qurilmasi); 8 – strelka; 9 – shkala.

Prujinali va elektrotenzometrik tarozilarning ishlashi prinsipi Guk qonuniga asoslangan. Prujinali tarozilarning sezgir elementi yassi spiralsimon prujina yoki silindrik shakldagi prujina bo‘lib, u yuk massasi ta’sirada deformatsiyalanadi. Tarozining ko‘rsatishi shkaladan prujinaga bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkich siljishiga qarab aniqlanadi. Yuklanish olinganda ko‘rsatkich yana boshlang‘ich holatiga qaytadi, demak prujinada qoldiq deformatsiya ko‘zatilmaydi.

Aylanuvchi (torzion) tarozilarda sezgir element sifatida egiluvchan tola yoki spiral prujina xizmat qiladi (73-rasm). Yuk qiymati aylanish mo mentini hosil

qiluvchi yuklanishga bo‘g‘liq ravishda prujina tolasining aylanish burchagi

bo‘yicha aniqlanadi.

Elkktrotenzometrik tarozilarning ishlash prinsipi elektr qarshiligining o‘zgarishiga bog‘liq ravishda yuklanishning ta’sir kuchini qabul qilib oluvchi egiluvchan elementlarning deformatsiyalanishiga asoslangan. O‘zgartkich sifatida

yuqori sezgirlikdagi simdan qilingan, egiluvhcan elementga biriktirilgan tenzometrlar qo‘llaniladi. Elektrotenzometrik tarozilar o g‘ir yuklarni tortishda ishlatiladi, masalan, vagonlarning va avtomobillarning massasini aniqlashda.


73-rasm. Aylanuvchi (torzion) tarozi sxemasi: 1 – spiral prujinalar; 2- yukni siljitish uchun richag; 3- magnit tezlashtirgich; 4 – strelka; 5 – shkala.


Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling