Texnologiya


Download 1.18 Mb.
bet5/22
Sana05.01.2022
Hajmi1.18 Mb.
#218197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Amaliy mashg'ulot Uslubiy KORSATMA

Kengayish termometrlari. Bu termometrlar temperatura o‘zgarishi bilan suyuqlik yoki qattiq jismlar hajmining chiziqli o‘lchamlarining o‘zgarishiga asoslangan.

Suyuqlikli shisha termometrlarning ishlash prinsipi suyuqliklarni issiqdan kengayishiga asoslangan. Temperatura о‘zgarganda termometrik suyuqlikning hajmi о‘zgaradi va bu temperaturaning qiymati hisoblanadigan kapillyardagi



suyuqlik sathini о‘zgarishi bilan namoyon bо‘ladi. Suyuqlikli termometrlar turli rusumli shishalardan tayyorlanadi va turli termometrli suyuqliklar - toluol, etil spirti yoki simob bilan tо‘ldiriladi. Amalda ko‘proq simobdan foydalaniladi, simobning boshqa suyuqliklarga kо‘ra afzalligi shundaki, uni kimyoviy toza olish oson, u shishani hо‘llamaydi va normal atmosfera bosimida keng temperaturalar

oraligida (-38,87 dan +356,86 C gacha) suyuq holatini saqlaydi .

84- va 85-rasmlarda ana shunday suyuqlikli termomterlarning tuzilishi ko‘rsatilgan.



84-rasm. Tajribaviy simob termometrlari:

а shkalasi solib qo‘yilgan termometr:

1 – shihsa rezervuar; 2 – kapillyar; 3 – shkalali plastina; 4 – shisha qobiq;



b tayoqchasimon termometr: 1 – rezervuar; 2 – qalin devorli kapilyar; 3 – kapilyarning tashqi sirtidagi shkala.

85-rasm. Texnik shishali termometrlar:

а togri shakldagi; b burchakli

bu yerda l – termometr shkalasi graduslari o‘rnatilgan ustunning uzunligi; t – nazorat qilinayotgan muhitning termometr bilan o‘lchangan temperaturai.

Shishali termometrlarning bо‘limlarini qiymati (0,01...10) °C oraliqda bо‘lib, termometrning nimaga mо‘ljallanganligi va termometrik suyuqlikning qо‘llanilish turi bilan belgilanadi.



Ishlab chiqariladigan termometrlarning asosiy qismi о‘zining konstruksiyasiga kо‘ra ikki guruhga bо‘linadi:

1) solib qо‘yilgan shkalali termometrlar, ularda shkalali plastinka shisha qobiqning ichiga solinib, kapilliyarga mahkamlanadi (84-rasm, a);

2) tayoqchasimon termometrlar, ulardagi shkala bevosita qalin devorli kapillyarning tashqi sirtiga chizilgan bо‘ladi (84-rasm, b).

Suyuqlikli termometrlar vazifasiga kо‘ra tajribaviy, texnik (ishlab



chiqarishdagi) va ishchi etalonlar (namunaviy) ga bо‘linadi. Tajribaviy termometrlar ilmiy izlanishlarda qо‘llaniladi va tо‘la botirilish bо‘yicha darajalanadi. Ularning quyi о‘lchash chegarasi -30 dan 300 °C gacha bо‘lgan diapazon ichida, yuqori chegarasi 20 dan 600 °C gacha bо‘lgan diapazon ichida yotadi. Bо‘limlarining qiymati 0.1 dan 2 °C gacha bо‘lgan oraliqda yotadi. Xatolik chegarasi bо‘lim qiymati va о‘lchash diapazoniga bog‘liq bо‘lib, 0,3 dan 4 °C gacha bо‘ladi (bu bо‘lim qiymatini oshirib yuborishi mumkin).

Texnik termometrlar faqatgina quyi tо‘g‘ri yoki burchak ostida egilgan (90 yoki 120° burchak ostida, 85-rasm) qismi botirilgan holatda darajalanadi. Ular maxsus vazifa (medisina, metrologiya va boshqalar uchun) yoki maxsus texnik xarakteristika (titrashga chidamli, elektrkontaktli) ga ega bо‘lishi mumkin.


Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling