Texnologiyalar va pedagogik mahorat
Download 5.1 Mb. Pdf ko'rish
|
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Azizxo jayeva N.N
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. «Fikrlarning shiddatli hujumi» - destruktiv berilgan baho bilan dialog.
6. Yalpi «Fikrlar hujumi».
Bu metod J.Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan. U katta guruhlarda (20dan 60tagacha bo‘Igan) yangi g‘oyalar ishlab chiqish samaradorligini sezilarli darajada oshirishni ta’minlaydi. Barcha ishtirokchilar kichik-kichik 5-6 kishidan iborat guruhlarga bo‘linadi va har bir kichik guruh hal qilinadigan ijodiy vazifa va muammo bo‘yicha 15minut davomida mustaqil ravishda to‘g‘ri «Fikrlar hujumi» o‘tkazadi. Shundan so‘ng har bir kichik guruh vakili o‘z guruhlarida ishlab chiqilgan g‘oya haqida axborot beradilar va o‘qituvchi rahbarligida jamoa bo‘lib unga baho beradilar va ulardan eng yaxshilari, betakrorlari tanlab olinadi. 7. «Fikrlarning shiddatli hujumi» - destruktiv berilgan baho bilan dialog. Bu metod ye.A Aleksandrov tomonidan taklif qilingan va G.Ya. Bush tomonidan o‘zgartirilib yo‘lga qo‘yilgan. Dialogning mohiyati shundaki, jamoa bo‘lib g‘oyalar ishlab chiqishda ishtirokchilaming ijodiy imkoniyatlari faollashtiriladi va unga zid g‘oyalar qo‘yiladi. Mashg‘ulot bosqichma-bosqich quyidagi tarzda o‘tkaziladi: 1- bosqich. Miqdor va psixologik muloqoti jihatidan maqbul kichik guruhlami shakllantirish; 2- bosqich. Vazifa, muammodan kelib chiqadigan maqsadlami ifodalash; 3- bosqich. To‘g‘ridan-to‘g‘ri «Fikrlar hujumi» qoidasiga asosan har bir guruhda g‘oyalar ishlab chiqish; 4- bosqich. G‘oyalami tartibga solish va tasniflash; 5- bosqich. G ‘oyalami destruktivlash, ya’ni amalga oshishi imkoniyatiga qarab baholash; 6- bosqich. Awalgi bosqichlarda bildirilgan tanqidiy mulohazalarga baho berish. Ishtirokchilar: 1) g‘oyalar ishlab chiquvchi; 2) muammoli vaziyatni tahlil qilish va g‘oyalami baholovchi; 3) zid (qarshi) g‘oyalami ishlab chiquvchi guruhlarga bo'linadigan bo‘lsa, samarali natijaga erishish mumkin. 8. Keyingi davrlarda « Yashirin fikrlarning shiddatli hujumi» shaklidagi metod keng rivojlanmoqda. Bu metodning kelib chiqish mohiyati shunday: har bir kishi ham ijodiy mehnat qila olmaydi, begona shaxslar oldida, ayniqsa, begona shaxslar bahsga aralashib turganda g‘oyalar ishlab chiqa olmaydi. Lekin ulaming g‘oyalar ishlab chiqishga uquvlari bor, balki ular yolg‘izlikka va sokinlikka muhtoj bo‘ladilar. Shu tufayli «yashirin fikrlar hujumi» da ikki g‘oya ishlab chiquvchi guruhcha: biri- odatdagi fikrlarning 106 shiddatli hujumi davomida g‘oyani olg‘a suruvchilar; ikkinchisi — yashirin, ya'ni ular birinchi guruh muhokamalarida qatnashmaydilar, ular uchun «yashirin xona» tashkil etiladi va joylashtiriladi. Ular telemonitor vositasida birinchi guruhning bahslarini kuzatadilar hamda yuzaga kelgan g‘oyalarni o‘z daftarchalariga yozib boradilar va ulami «ekspert»laiga uzatadilar. Download 5.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling