Texnologiyalar va pedagogik mahorat
Download 5.1 Mb. Pdf ko'rish
|
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Azizxo jayeva N.N
0 ‘zaro fikr olishuv.
Fikrlash jarayoni talabalaming o‘zaro fikr olishuvini ko‘zda tutadi. Talabalaming o‘zaro fikr olishishi ulaming bir-biridan o‘iganishdagi o‘rtoqchiligiga asos soladi. Talabalardan fikrlovchi sifatida o‘zlarida bo‘lgan yirik fikr va oddiy xatoga bo‘lgan qobiliyatlarini boshqalarga ochib berish talab etiladi. 112 0 ‘zaro fikr olishishda talabalardan diqqat bilan tinglash, o‘zining qarashlar tizimini so‘zlovchiga zo‘rlab o‘tkazish va boshqa so‘zlovchilami tuzatib turishdan o‘zini tiyib turishi ham talab etiladi. Bunga javoban talabalar boshqalaming yalpi fikrlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Keng doiradagi munozara oqibati o‘laroq talabalar o‘zlariga tegishli bo‘lgan g‘oyalami tahlil qilish va uni aniqlashga yanada qobiliyati orta boradi hamda ulami o‘z bilimlari va hayotiy tajribalarida yaratgan g‘oyalari tizimiga tirkab boradi. Fikrlash jarayonini tashkil etishda uni o‘tkazishning bir necha modellari mavjud. Ulan • o^ziga ishonch hosil qilish; • ishda faol ishtirok etish; • oirtoqlar va oiqituvchi bilan fikr olishish; • oizgalar fikrini tinglay olish. Tanqidiy fikrlashni ta’minlovchi savollar. Tanqidiy fikrlash jarayonida axborotni tahlil qilish va izohlash, g‘oyalarini tah lil qilish, o‘rganilayotgan hikoyalami o‘z taxminiy rejalari bilan qayta tuzib chiqishga qaratilgan savollardan foydalaniladi. Qo‘llanmada tahlil qilinayotgan bu masalalar Senders (1969) ifodalari va Blum tizimli savollaridan olindi. Bu savollar turli sathdagi qiyinchilikda fikrlashning turli ko‘rinishlarini ta’minalashda vosita bo‘lib xizmat qiladi. Eslab qolishga xizmat qiladigan savollar yoki formal sathdagi savollar eng kuyi sathdagi savollarga taalluqlidir. Baholash yoki hukm chiqarish natijasida beriladigan savollar fikrlashni ta ’minlaydigan ikkinchi sathdagi savollar sifatida qaraladi. Formal sath savollari faktologik axborotlar olish maqsadida beriladi. Ular faqat mexanik eslashni va talabalarda yaxshi javob berish uchun qisqa muddatda ma’lum predmetlar bo‘yicha bilim qismlari (fragment)ni talab qiladi. Axborotlami bir shakldan ikkinchi shaklga ko‘chirish talabalardan uni ko‘chim (tranformasiya) qilishni talab qiladi. Ko‘chirish savollari talabalarga o'rganayotgan, tavsiflagan va ko‘igan vaziyatlari, sahnalari va voqealarini o‘zlari namoyish eta olishlari uchun beriladi. Ko‘chirish savollari talabalarni axborotlami qayta ishlash yoki boshqa shakllarga ko‘chim qilishga ilhomlantiradi. Talabalarga sezish, ko‘rish (sensor) tajribasini yaratish, shundan so‘ng esa boshqalarga o ‘z ko‘rganlarini yetkazish uchun uni e’lon qilish zarur. Bu fikrlashga tortishning faol ijodiy jarayonidir. Talabalarga g‘oyalar, faktlar, qaydlar va qadriyatlar orasidagi bog‘lanishlami ochish uchun izohlashga qaratilgan savollar beriladi. Sendrs izohlashga qaratilgan savollarga nisbatan yuqori darajadagi fikrlashni talab qiladigan tayanch savollar, deb qaraydi. Boshqalar esa (Vogn va Estes) tushunishning o‘zigina izohlashdir, deb hisoblaydilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling