baho berish, ushbu axborotdan o ‘zining kasbiy faoliyatida foydalanish
malakasini shakllantiradi. Qo‘lga kiritilgan axborotlar asosida mustaqil mashq
qilish metodlaridan foydalanish imkonini beradi. Bu metoddan foydalanish
amaliy faoliyatda zarur bo‘ladigan sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlaydi.
Shuningdek, mustaqil tahsilga amaliy ahamiyatga molik bo‘lgan vazifalami
bajarish va audiovizual uskunalar bilan ishlash ham kiradi.
Mustaqil tahsilning muhim metodlaridan biri ulaming
muloqotidir.
Mustaqil tahsilning pirovard maqsadi talabalarni ijodiy izlanishga, o‘zi ustida
ishlash va har tomonlama tadqiqot yuritishning mohiyatini anglashga tortishdir.
1.3.3. Oliy maktabda o‘qitish metodlari
Pedagogikaga oid adabiyotlarda o‘qitish metodlariga katta ahamiyat beriladi.
Didaktika bilan shug‘ullanuvchilar m etodni o ‘quv jarayonining o ‘zagi,
ko‘zlangan maqsad va pirovard natijani bog‘lovchi vosita deb izohlaydilar.
0 ‘qitish metodi «o‘qitishning maqsadi — mazmuni, metodi, shakli,
usullari» tizimida muhim o‘rin egallaydi
Metod deganda, ta’limda maqsadga erishish, masalalami hal qilish yo‘llari,
usullari tushuniladi. 0 ‘qitish m etodi tarkibida usullar alohida ajralib turadi.
Usui — metodning unsuri bo‘lib, uning tarkibiy qismi, metodni amalga
oshirishda bir martagina qo‘llanadi va alohida qadam hisoblanadi.
0 ‘qitish metodi — murakkab, ko‘p qirrali, ko‘p sifatlarga ega bo‘lgan
ta’limdir.
0 ‘qitish metodida o ‘qitishning obyektiv qonuniyatlari, maqsadlari,
mazmuni, tamoyillari, shakllari o ‘z aksini topadi. Metodlar boshqa didaktik
kategoriyalaiga dialektik bog‘liq va biri boshqalarini taqozo qiladi, ya’ni
o ‘qitishning maqsadi, mazmuni, shakli hosilasi sifatida metodlar didaktik
Do'stlaringiz bilan baham: |