Texnologiyalar va pedagogik mahorat


Bilish faoliyati to‘g‘risida sharq mutafakkirlarining ilmiy-pedagogik


Download 5.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/188
Sana13.11.2023
Hajmi5.1 Mb.
#1769758
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   188
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Azizxo jayeva N.N

1.4. Bilish faoliyati to‘g‘risida sharq mutafakkirlarining ilmiy-pedagogik
qarashlari
Oliy m aktabdagi t a ’lim m azm un in i qayta qurish, m utaxassislar 
tayyorlashning yangi, samarali shakllarini izlab topish bevosita talabalarning 
bilish faoliyatini jonlantirish bilan bog‘langandir.
Hozirgi davrda talabalarning bilish faoliyatini jonlantirish muammosi 
o‘z mohiyatiga ko‘ra falsafa, sotsiologiya, pedagogika, psixologiya, xususiy 
metodika fanlari vakillarining dolzarb ilm iy-tadqiqot obyekti bo‘lib 
qolmoqda.
Biroq bu m uam m oni, o ‘rta asr qomusiy olimlarning qarashlari va 
ta’limotini o ‘rganmasdan turib to ‘la yoritish mumkin emas. 0 ‘zbek olimi 
X.X. Tlashevning tadqiqotlarida o ‘rta asr olimlarining didaktik qarashlari 
umumlashtirilgan holda tahlil qilib berilgan. Xorazmiy, Kindiy, Farobiy, 
B eru niy, A bu Ali ibn S in o , U m a r H ay y o m va u la rn in g bo sh q a 
zamondoshlarining ilmiy dunyoqarashi hamda bilimlar manbai va obyekti 
tahlilidan ayon b o ‘ladi. Bilish jarayoni qanday bosqichlardan tashkil topgan 
hamda bilish va amaliy faoliyat o‘rtasida qanday munosabatlar mavjud degan 
savol ulam i doimo qiziqtirib kelgan.
Shu m a’noda sharq mutafakkirlarining asarlari alohida qiziqish uyg‘otadi. 
Jumladan Al-Xorazmiy Muhammad ibn Musoning matematikaga oid risolasi, 
Al-Kindiyning “Arastuning kitoblari miqdori va yana falsafani o ‘zlashtirish 
uchun nima zarurligi haqida risola”si, “Dastlabki falsafa to ‘g‘risida”, “ Besh 
mohiyat to ‘g‘risida kitob”, “Paydo bo‘lish va yo‘q bo‘lishning yaqin tasvirlari 
izohi”, Al-Farobiyning “Aql m a’nolari to ‘g‘risida” , “Fozil odamlar shahri”, 
“ Baxt-saodatga erishuv to ‘g‘risida” , “Ilmlaming kelib chiqishi”, “Almagestr
29


Ptolomeyga izoh”, “ Ixso-ul-ulum ” , Ibn Sinoning “Kitob ash ishorat va at 
tanbiqot”, “ D onishnom a” (mutlaq baxt ham , m utlaq baxtiqarolik ham 
yo‘q), “ Hay ibn Yaqzon” va boshqa asarlarida, Abu Rayhon Beruniy “Masud 
qonuni”, “ Dorivor o ‘simliklar haqida kitob” , “Saydana” , “Munajjimlik 
san ’atidan boshlang‘ich tu sh un ch alar” , “Yodgorliklar” , A bdurahm on 
Jomiyning “Musiqa” risolasi hamda Alisher Navoiyning “Mahbubul qulub” 
kabi asarlari katta qiziqish uyg‘otadi.
Xorazmiy bilish faoliyati nazariyasiga ulkan hissa qo‘shgan. U bilishning 
tajriba-kuzatuv va eksperiment metodiga asos solgan. Xorazmiy tom onidan 
quyidagi umumdidaktik tamoyillar ham da m etodlar va shakllar asoslab 
beiilgan: mustaqillik; ijodiy faollik; kuzatilgan faktlami va hodisalami tasviriash 
va uni muntazam bayon qilish; tajriba-kuzatuv; eksperiment metodi; induksiya 
va deduksiya aspektida yakkalik va umumiylik birligi tamoyili; o ‘qitishning 
savol-javob shakli.
Xorazmiyning salafi Al-Kindiy mohiyatni barcha nazariy bilimlaming 
bosh mavzusi, deb qaraydi. U aw alo m iqdor va sifatni hissiy idrok qilish 
zarurligini ta ’kidlaydi.
Kindiy ilmiy bilishning uch pog‘onali konsepsiyasini ilgari suradi: 
tabiiy fanlar, m antiq va m atem atikadan bilimlar metafizika muammosiga 
olib keladi. Kindiy o ‘z falsafiy qarashlarini asoslashda ilmiy bilishni diniy 
bilimlarga qarama-qarshi qo‘ygan holda matematika va tabiiy fanlaiga alohida 
ahamiyat beradi. Kindiy inson bilimlari hissiy va aqliy bilimlarga bo ‘linadi, 
deb hisoblaydi. Uningcha, hissiy bilimlar o ‘z predmeti bilan bog‘langan 
b o ‘lib, uning obyekti inson tanasi va barcha materiallardir. U ta ’kidlaydiki, 
agar hissiy bilimlar yakka bilim lardan iborat bo‘lsa, aqliy bilimlar esa 
um umiy bilimlardir. Kindiy fikricha, haqqoniylikni bilish va o ‘zining xatti- 
harakatlarini haqqoniylik bilan muvofiqlashtirishda, kishi ongidagi uning 
sabablarini aniqlash kaliti yordam k o ‘rsatadi.
U shunday yozadi: “ Sababini topgan holatdagina biz haqiqatning tagiga 
yeta olamiz. H ar qanday narsaning mohiyatini anglash esa haqiqatni bilish 
uchun zarurdir. Negaki mavjud narsalarning barchasi haqiqatdan iboratdir. 
H aqiqatni idrok etsa bo ‘ladi, binobarin, mavjud narsalam i hammasini 
anglamoq m um kin”.
Bilish jarayoniga Farobiy alohida ahamiyat beradi. U o ‘zining “Aql 
m a'n o lari to ‘g‘risida” va “ Baxt-saodatga erishuv to ‘g‘risida” asarlarida 
insonlaming bilimga bo‘lgan intilishlarini har tom onlam a keng yoritishga 
harakat qiladi. U shunday yozadi: “Kishi birorbuyum haqida bilishni istasa, 
uning qandaydir bir holatini biladi va ongini o ‘sha predmet shaklidagi 
bilimga yo‘naltiradi. Bu o ‘zi intilgan haqiqatni qidirish demakdir” .
Farobiyning ilmiy g‘oyalarini umumlashtirgan holda X.X. Tlashev uning 
bilish to ‘g‘risidagi nazariy asoslarga bag‘ishlangan ishlari, xususan, mantiq 
fanida bilish jarayoni va bilish shakllari, kabi qarashlarida birinchi marta
30



Download 5.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling