anglashning
usullarigina emas, balki fan taraqqiyoti jarayoniga tobora kirib borish, uning
metodologik va g ‘oyaviy asosini ochish metodi hamdir.
O liy maktabdagi o ‘qitish m etodlarini asoslashda didaktika bilan
shug‘ullanuvchi olimlar oliy maktabdagi o ‘quv jarayonining xususiyatlari
va talabalaming bilish faoliyatini qamrab oladilar hamda talabalaming kasbiy
va shaxsiy tayyorgarligi masalalariga katta ahamiyat beradilar. Talabalaming
faol ijodiy bilish faoliyati hamda ulaming mustaqil ishlaridan iborat oliy
maktab jarayoni ikki guruh o ‘qitish metodlarining farqlanishini taqozo
qiladi: oiqitish metodlari va oirganish metodlari.
0 ‘qitish m etodlari bilim lam i berish usullari sifatida qaraladi va
talabalaming ilmiy bilish faoliyatiga rahbarlik qilishga qaratilgan bo‘ladi hamda
o‘quv jarayonida olim pedagogning talabalarga ta’sir ko‘rsatishini shakllantiradi.
0 ‘rganish metodlari bilim , malaka va ko‘nikmalami ijodiy egallashga
hamda metodik va g ‘oyaviy-siyosiy e’tiqodlam i ishlab chiqishga qaratilgan
talabalaming ilm iy bilish faoliyati usuli sifatida belgilanadi.
Oliy maktabdagi ta’lim xususiyati o‘quv jarayonini tashkil etishda ko‘rinadi.
Maktab ta’lim i metodlarni belgilash va o ‘qitish shaldlarini tashkil qilishni
tavsiya etadi. Oliy maktabda esa o ‘qitish metodlari va shakllari qo‘shilib ketadi,
ya’ni oliy maktabdagi dars berish metodi ayni zamonda o ‘qitishning tashkiliy
shakli ham hisoblanadi. Oliy maktabdagi o ‘qitish metodlari o‘ziga qo‘shimcha
yuklanma — mashg‘ulotni tashkil etishni ham oladi.
Oliy maktabdagi o ‘qitish metodlari tasnifi masalasi o ‘zining dolzaibligini
saqlab qoladi. Oliy maktabdagi o ‘qitish metodlari tasnifining didaktik
yondashuvlari, umumdidaktik yondashuvlaiga monelik qilmaydi, balki ulami
Do'stlaringiz bilan baham: |