Texnologiyalar va pedagogik mahorat
Xotima. 0 ‘zbekiston Respublikasidagi oliy maktabning hozirgi davrdagi
Download 5.1 Mb. Pdf ko'rish
|
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Azizxo jayeva N.N
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilimga yo‘naltirilgan yondashuvda
Xotima. 0 ‘zbekiston Respublikasidagi oliy maktabning hozirgi davrdagi
taraqqiyoti davlat islohotlari bilan amalga oshiriladi. Oliy maktab islohotlari esa “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” bilan belgilanadi. Bu dasturga muvofiq ravishda respublikadagi oliy ta’limning yangi maqsadi, vazifalari va tamoyillari aniqlangan. Oliy ta’lim tizimi tuzilmasi ham o‘zgarishga yuz tutdi, unda ikki bosqich joriy etildi: bakalavriat va magistratura. 9 1.2. Oliy maktab ta’lim mazmuni 1.2.1. Ta’lim mazmunini shakllantirishning mohiyati va nazariyasi Oliy maktab ta’lim jarayoni o‘zining mazmuni bilan bo‘lajak mutaxassis shaxsini shakllantirishga qaratilgan vazifani amalga oshiradi. Unga ilmiy yondashuvlar esa ta’lim mazmunini bilimlar, malaka va ko‘nikmalar, qaraslilar hamda e’tiqodlar, shuningdek, bilish nazariyasi kuchi, amaliy tayyorgarliklar rivojlanishining muayyan darajasi tizimining yig‘indisi sifatida izohlaydi. Ta’lim mazmunining mohiyati unga bo‘lgan turli yondashuvlar bilan belgilanadi. Bilimga yo‘naltirilgan yondashuvda bilim insoniyatning butun tarixiy tajribalarida to‘plangan boy ma’naviy mulk sifatida diqqat markazda bo‘ladi. Biroq bu yondashuvning ma’lum salbiy jihatlari ham bor. Bilim bunda mutlaq darajaga ega bo‘ladi. Shu sababli shaxs jilovlanadi va ikkinchi darajaga o‘tib qoladi. Bu esa akademizmga berilishning ilmiy asosini qoidalashtirishga oUb keladi. Hozirgi davrda ta’limni insonparvarlashtirish va ta’lim mazmunining mohiyatini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvini maydonga olib chiqdi. Bu yondashuv markazida shaxs turadi. Bunday yondashuv ta’lim mazmunini erkin tanlash imkoniyatini beradi. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirish jarayonida shaxsning ta’limiy, ma’naviy, madaniy va hayotiy talablari qondiriladi. Eng muhimi, shaxsga nisbatan insonparvarlik munosabati namoyon bo‘ladi, madaniy-ta’limiy sharoitda o‘qish individualligi va mustaqil harakat qila olish imkoniyati shaldlanadi. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv insonning tabiiy, ijtimoiy va madaniy xususiyatlari birligi rivojlanishiga qaratilgan bo‘ladi. Bunday yondashuv namoyandalari I.Ya. Lamer, M.N. Skatkin, V.S. Lednev, B.M. Bim-Bada, A.V. Petrovskiylardir. Ta’lim mazmuni tarixiy xarakter ham kasb etadi. Jamiyat rivojlanishining har bir bosqichida ta’lim mazmuni muayyan maqsad va vazifalaiga ega bo‘ladi. Ta’lim mazmuni davr talabi, nazariy bilim va ishlab chiqarish taraqqiyoti darajasiga mos ravishda o‘zgarib turadi. Ta’lim mazmuni ijtimoiy hodisa sifatida maydonga keladi va u o‘zining boshlang‘ich davrida amaliy ahamiyat kasb etgan, ya’ni insonlaming hayotiy ehtiyojlari uchun zarur hisoblangan bilimga nisbatan talabini qondiigan. Ijtimoiy taraqqiyot ta’limning madaniyatshunoslik funksiyasini yuzaga keltirdi. Ta’limning rivojlanishiga boshqa ijtimoiy omillar ham ta’sir ko‘rsatdi, natijada hukmron sinflar umummadaniy va takomillashib boruvchi bilimga o‘z monopoliyasini o‘mata boshladilar, aholining asosiy qatlamlari esa kundalik 10 turmushda zarur bo‘ladigan amaliy bilimlamigina egalladilar. XVIII-XIX asrlar uyg‘onish davrida insonparvarlik g‘oyasi qaror topdi. V. de Feltre “Maktab quvonchi” asarida erkin jismoniy va aqliy rivojlanish haqida yozgan edi. J.J. Russo bola rivojlanishida uning tabiatidagi spontan holatlarini kuzatish lozimligini uqtiradi I.I. Pestalossi insonni faol hayotga tortish orqali shakllantiradigan barcha ahamiyatga molik kuchlami to ‘la rivojlantirish g‘oyasini olg‘a suradi. Ushbu g‘oya ta ’sirida Fransiya, Shveysariyada yangi maktablar, AQSh, Germaniya, Avstriyada sara (elita) maktablar paydo bo‘ladi. Ularda shaxsning ta’lim va tarbiyasi tabiiy erkin rivojlanish, bola va kattalar orasidagi tabiiy munosabatlar bilan bog‘lanadi. Ta’lim mazmunining asosiy nazariyalari XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida paydo bo‘ldi. Pedagogika fani ta’lim mazmunining material va Download 5.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling