Texnologiyalar va pedagogik mahorat


Didaktik maqsadiga (yo‘nalganligiga)


Download 5.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/188
Sana13.11.2023
Hajmi5.1 Mb.
#1769758
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   188
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Azizxo jayeva N.N

Didaktik maqsadiga (yo‘nalganligiga) ko‘ra kirish va tematik hamda 
umumiy - yakuniy leksiyalar farqlanadi.
Kirish (muqaddima) leksiyada kurs (bo‘lim, mavzu) ning ilm-fan 
tizimidagi o‘mi, ushbu materialni amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari, kurs 
(bo‘lim, mavzu) mazmunini o‘rganish metodlari ochib beriladi. Bunday 
leksiyaning muhim xususiyati shundaki, unda o‘qituvchi asosiy masalaning 
yoki bu tomonlarigagina to‘xtaladi va bu masalalar keyinchalik albatta 
detalma-detal yoritib beriladi.
Tematik leksiyalar ayniqsa, keng tarqalgan. Bunday leksiya u yoki bu 
mavzuga bag‘ishlangan bo‘lib, unda faktlar, ulaming tahlillari, xulosalar 
mazmuni bayon qilinadi va konkret ilmiy qoidalar isbotlanadi.
Umumiy-yakuniy leksiya awal o ‘rganilgan materiallarni qaytadan 
umumlashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Uning mazmuni awal bayon qilingan 
mazmunga o ‘xshamaydi, balki talabalar tomonidan o ‘zlashtirilgan 
axborotlami yuksak abstraksiyalash bosqichida tizimga tushiriladi. Bunday 
leksiyalar talabalar bilimining chuqurlashishida va o ‘quv fani metodologiyasini 
yaxshi tasawur qilishda alohida ahamiyatga molik bo‘ladi.
Axborotlarning bayon qilinishiga ko‘ra leksiyalar dogmatik, axborot va 
namoyish qilish va muammoli leksiyalardan iborat bo‘ladi. Lekin shuni 
ta’kidlash joizki, har bir leksiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini qayd qilgan


va uni loyihalash jarayonida ulami amalga oshirmasdan bo‘lmaydi. Ular 
quyidagilar:
ilmiylik;
qulaylik;
• kasbiy yo'naltirilganlik;
• oqibatli aloqani amalga oshirish.
Oliy maktab o‘qitish tizimiga leksiya bilan birgalikda amaliy (mashq, 
seminar va laboratoriya) mashg‘ulot turlari ham kiradiki, ular ta’limiy, 
tarbiyaviy hamda nazariyani amaliyot bilan bog‘lash funksiyalarini bajaradi.
“Amaliy mashg‘ulot” termini pedagogikaga oid adabiyotlarda ham keng, 
ham tor ma'noda izohlanadi. “Amaliy mashg‘ulot” termini keng ma'noda 
mashq, seminar (ulaming barcha turlari) va laboratoriya mashg‘ulotlarini 
umumlashtiradi. Amaliy mashg‘ulotlaming leksiyadan farqlanadigan asosiy 
me'yorlaridan bin o‘quv jarayoni qatnashchilarining biigalikdagi harakatlarida 
o‘ziga xos xarakter bilan namoyon bo‘lishidir. Ular vazifalariga ko‘ra ham 
farqlanadi. Agar leksiyada ilmiy bilimlar asosi bayon qilinadigan bo ‘Isa, 
amaliy mashg‘ulotlarda esa bilimlar chuqurlashtiriladi, kengaytiriladi va 
detallashtiriladi. Eng muhimi, amaliy mashg‘ulotlar talabalar bilimini sinash 
uchun ham xizmat qiladi.
Amaliy mashg‘ulot shakllaridan biri seminardir. Seminar mashg‘ulotlari 
quyidagi vazifalami yechishga qaratilgan bo‘ladi:

Download 5.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling