Texnologiyalar va pedagogik mahorat


Oliy maktabda o‘qitish shakllari


Download 5.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/188
Sana13.11.2023
Hajmi5.1 Mb.
#1769758
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   188
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Azizxo jayeva N.N

1.3.2 Oliy maktabda o‘qitish shakllari
Oliy maktabdagi o‘qitish jarayoni o‘qitishning shakl va metodlarini 
tashkil qilishning ko‘pqirrali yagona tizimi ramkasida amalga oshiriladi.
Oliy maktabdagi o ‘qitishning shakl va metodlari yig‘indisi o‘quv 
jarayonining obyektiv qonuniyatlari bilan belgilanadigan yagona didaktik 
kompleksni tashkil etadi.
Oliy maktabdagi o‘qitishning shakl va metodlari tasnifi o'zaro bog‘langan 
va o‘zaro shartlangan ikki faoliyatga tayanadi:
o‘quv jarayonini boshqarish va tashkil etish bo'yicha o‘qituvchilaming 
faoliyati;
talabalaming o‘qish va bilish faoliyati.
Oliy maktabdagi o‘quv jarayoni shaidlariga leksiya, seminar va amaliy 
mashg‘ulotlar, laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv anjumanlari, maslahatlar, 
ekskursiya, ekspeditsiya, o‘quv ishlab chiqarish pedagogik amaliyoti, kurs 
va diplom ishlari, talabalaming mustaqil tahsili.
Leksiya - u yoki bu ilmiy masalani to‘g‘ri, mantiqiy izchillikda va aniq 
izohlab berish.
S.I. 
Arxangelskiyning ta’kidlashicha, leksiya o‘qituvchi shaxsiningbaicha 
boyligi: ongi, hissiyoti, irodasi, tuyg‘usi, e’tiqodi orqali talabalar ichki 
dunyosi bilan muloqotda bo‘lishining eng samarali, jonli shaklidir. Bunda


uning yo‘naltiruv, axborot berish, metodologik va tarbiyalov funksiyalarini 
rotyobga chiqarishga yordam beradi.
Leksiyaning yo‘naltiruv funksiyasida talabalarning diqqati o ‘quv 
materialining asosiy qoidalari, uni o‘rganishdagi hamda bo‘lg‘usi kasbiy 
faoliyatidagi roli, ahamiyati va uni o‘zlashtirish metodlariga jalb qilinadi. 
Leksiyaning axborot berish fttnksiyasi o ‘qituvchi tomonidan asosiy ilmiy 
faktlar, qoidalar, xulosalaming mohiyatini ochish chog‘ida amalga oshiriladi. 
0 ‘qitishning metodologik funksiyasini qo‘llash tadqiqot metodlarini 
qiyoslash, chog‘ishtirishga hamda ilmiy izlanishning tamoyillari va 
yondashuvlarini aniqlashga yordam beradi. 0 ‘qitishning tarbiyalov funksiyasi 
leksiya jarayonida o‘quv materialiga hissiy baho berish munosabatlarini 
uyg‘otish, qiziqishlarini o ‘stirish, mantiqiy fikrlash va isbotlashni 
oydinlashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, leksiyada hal qilinadigan asosiy vazifalar 
quyidagilardan iborat:
ilmiy bilimlaming muayyan miqdori bayon qilinadi;
• talabalarga fan va tadqiqotlaming metodologiyasi tanishtiriladi;
• oiquv faoliyati va oiquv mashgulotlarining barcha turlari orasidagi 
metodik aloqalar ko'rsatiladi.
Leksiyaning didaktik maqsadi, o‘qitish jarayonidagi o‘mi va axborotlami 
bayon qilish metodlariga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlaiga ega bo‘ladi.

Download 5.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling