X.Barnet, Dj. Basset, D . G am ilton, N.G ross, R. Karlson, M. Maylz,
A.Xeyvlok, D.Chen, R.Edem ishlarida innovatsion jarayonlami boshqarish,
ta’limdagi o ‘zgarishlami tashkil etish, innovatsiyaning «hayoti va faoliyati»
uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar masalalari tahlil qilingan.
Yangilik kiritishning sotsial-psixologik aspekti amerikalik innovatik
E.Rodjers tom onidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni
qatnashchilarining to ifa(tip )lari tasn ifin i, uning yangilikka b o‘lgan
munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etadi.
Oliy maktab o ‘qituvchisining innovatsion faoliyati, oliy maktab
pedagogikasining bosh muammolaridan biridir.
Shu jihatdan ushbu bobda oliy maktab o ‘qituvchisi innovatsion
faoliyatining shakllanish konsepsiyasi, innovatsiyaning ijtimoiy-madaniy
va hayot-faoliyati aspektlari haqida bahs yuritiladi.
3.1. Innovatsion faoliyatining nazariy omillari
Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir.
A.I. Prigojin
innovatsiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot,
aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turgun unsurlami kiritib boruvchi
maqsadga muvofiq oizgarishlami tushunadi. Bu innovator faolvyatidir:
Tadqiqotchilar (A.I. Prigojin, B.V. Sazonov, Y.S. Tolstoy, A.G.Kruglikov,
A.S.Axiezer, N.P.Stepanov va boshqalar) innovatsion jarayonlar tarkibiy
qismlarini o ‘rganishning ikki yondashuvini ajratadilar: yangilikning individual
mikrosathi va alohida-alohida kiritilgan yangfliklami o'zaro ta ’sirimikrosathi.
Birinchi yondashuvda hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g‘oya yoritiladi.
Ikkinchi yondashuvda alohida-alohida kiritilgan yangilikaming o‘zaro ta’siri,
ulaming birligi, raqobati va oqibat natijada birining o ‘mini ikkinchisi egallashidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |