Taklif etilayotgan xizmatlar ichida IP-TV ni yoqish uchun kichik bir
talab ya’ni, IGMP- so‘rovlarni kirish kanaliga ulash kerak. Bunda
IGMP-so‘rovlarni
marshrutizasiyaga
nisbatan
intensivligini
kamaytiruvchi IGMP-Proxy funksiyasi kerak bo‘ladi. Bu funksiya
ko‘p adresli guruhdan chiqish yo‘li bo‘lib, o‘tkazish polosasidan
keraksiz kanal uzatilayotganda vaqtni qisqartiradi. Ko‘p
adresli
guruhlarni asosiy parametri bo‘lib bir vaqtning o‘zida bir necha
kanallar soni va ko‘p adresli guruhdagi foydalanuvchilar soni bilan
xarakterlanadi.
1.Xizmat ko‘rsatish sifati funksiyasi. (QoS)
QoS funksiyasining samaradorligi shundan iboratki,
kirish kanali
paket nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taxlil qilish imkoniyati
va trafikni markirovka qilishga bog‘liqdir. IP parametrlar bo‘yicha
xizmatlarni nomlash abonent tomoniga arzonroq qurilmani
o‘rnatish va turli xizmatlarni tashkil etish imkoniyatini beradi.
2.Xavfsizlik funksiyasi.
Bu funksiyaga, masalan MAC yoki IP yordamida ruxsat etilmagan
xizmatlarga kirishga qarshi kurashishdir (ma’lumotlar “Vestnik
svyazi” va “Seti i sistemi svyazi” dan). Shunday qilib yangi
mul’timediyali xizmatlarni rivojlantirishdagi
yutuqlarga erishish
uchun kirish kanaliga yetarlicha intellektual va foydali qurilmalarni
ulash kerakdir.
NGN texnologiyasining rivojlanishi natijasida respublikamiz
telekommunikasiya
tizimlarida
ijobiy
o‘zgarishlar
ko‘zga
tashlanmoqda (ATS-153, ATS-395 va boshqalarning NGNga o‘tishi,
TShTT yangiligidan). Keng yo‘lakli kirish tizimlari NGN tarmog‘iga
kirishda eng asosiy funksiyani bajaradi. NGN tarmoqlari
poytaxtimizning ko‘plab ATS larida keng qo‘llanilmoqda.
Buning
natijasida mijozlarga yuqori sifatli aloqa xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
Jahon
standartlariga
javob
beradigan
texnologiyalarni
respublikamiz aloqa tizimida qo‘llash va modernizasiyalash,
aloqa
sohasi rivojlangan davlatlar bilan
raqobat qila olishga zamin
yaratmoqda. Mustaqillik sharofati bilan yoshlarmizga ko‘plab
imkoniyatlar yaratilmoqda. Mamlakatimiz yoshlari yetuk kadr
sifatida jamiyatimizning har bir tarmog‘ida jumladan, aloqa
sohasining taraqqiyoti uchun o‘z hissalarini qo‘shishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: