Texnologiyalardan foydalanish usullari mavzusida tayyorlagan
Download 0.8 Mb.
|
Ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOB.BIOLOGIYANI O`QITISHDA RIVOJLANTIRUVCHI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USULLARI
Mavzuning dolzarbligi: bugungi kunda O’zbekiston respublikasi umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi darslarda o’quvchilarning bilish xususiyatlarini aktivlashtirish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Biologiya fanini o’qitishda o’quvchilarning bilish xususiyatlarini aktivlashtirish uchun qanday usullar metod va texnologiyalardan foydalanish yaxshi samara berishi mumkin. Shuning uchun referat ishini shu mavzuga yo’naltirdik.
Kurs ishida bilish xususiyatlarining bosqichlari, faktorlari va ularga oid ishlanmalar berilgan. Bilish xususiyatlarini aktivlashtirishning pedagogik va information texnologiyalari foydalanilgan. O’qitishning didaktik va zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanilgan. Kurs ishining maqsad va vazifalari: Biologiyani o`rganishda va o`qituvchining o`rganilayotgan materialini izlash mazmunli sifatli o`zlashtirish ta`lim texnologiyasiga bog`liq. Shuning uchun rivojlantiruvchi texnologiya nazariyasidan uning mohiyati, shakllanishi, taraqqiyoti, tarixi, afzalliklari, ta`lim jarayonining istiqbolini ta`minlashdagi o`rni va rolini o’rganish va tadqiq etishdan iborat. Kurs ishining ob’ekti va predmeti. Biologiyani o`qitishda rivojlantiruvchi innovatsion va pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari o’rganish va tadqiq etishni rivojlantirish yo’llari. Kurs ishining tuzilmasi: Kurs ishining tuzilishi kirish, asosiy qism, 2 ta bob, 5 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotdan iborat. BOB.BIOLOGIYANI O`QITISHDA RIVOJLANTIRUVCHI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USULLARIO`rganish materiallariBiologiyani o`rganishda va o`qituvchining o`rganilayotgan materialini izlash mazmunli sifatli o`zlashtirish ta`lim texnologiyasiga bog`liq. Shuning uchun pedagogik texnologiya nazariyasidan uning mohiyati, shakllanishi, taraqqiyoti, tarixi, afzalliklari, ta`lim jarayonining istiqbolini ta`minlashdagi o`rni va roli o`rganiladi. Innovatsion ҳisoblangan interaktiv metodlar barcha olimlar tomonidan ishlab chiqildi va uning anhanaviy metodlardan ko‘ra foydali ekanligi isbotlab berildi. ―Interaktiv so‘zi inglizcha ―interact‖ fe‘lidan kelib chiqqan bo‘lib, ―inter‖ – o‘zaro ma‘nosini, ―act– esa harakat qilmoq, ta‘sir etmoq ma'nosini bildiradi. 25 Bundan kelib chiqib, bu metodlar o‘quvchilarning o‘zaro bir – biriga ta‘siri, fikri, mulohazasi, faolligi orqali mustaqil muloqot o‘rnatish degan ma‘noni beradi.Ta‘limda innovatsion metodlarning an‘anaviy metodlardan farqi shundaki, innovatsion metodlar o‘quvchining mustaqil holda erkin fikr yuritishi va o‘qituvchiga hamkor sifatida ishlashiga qaratilgan metoddir, an‘anaviy metodlar esa o‘kuvchining faktlarni esda saqlash qobiliyati va uning hajmiga qaratilgan metoddir. Bu bilan ta‘limda an‘anaviy metodlarni chegaralab o‘qitishimiz kerak degan xulosa emas, balki faqatgina o‘quvchilarning bilish faolligini va ta‘lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan effektiv usul va vositalarni qo‘llash kerak, xolos. Innovatsion ta‘lim texnologiyalari biologik ta‘limni yangicha tashkil qilinishiga asos yaratadi. Bunday ta‘limda pedagoglar, kompyuter dasturchilari va mutaxassislari yordamida qalbi pok, mehridaryo o‘quvchilar uchun yangi o‘qitish kurslarini yaratishlari taqozo etiladi. Hozirda ta‘lim muassasalari innovatsion kompyuter, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari asosida jihozlanmoqda. Bu o‘z navbatida pedagoglarning o‘z mehnat faoliyatlariga yangicha yondashuvlarini talab etadi. Zero, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta‘kidlaganlaridek, ―innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi pedagogni o‘quv jarayonida ta‘lim vositalari asosida faoliyat doirasining cheklanishiga emas, balki uning vazifalari, rolini o‘zgarishiga, pedagogik faoliyatning mukammallashuviga olib keladi‖. Ta‘lim tizimida zamonaviy innovatsion ta‘lim texnologiyalaridan foydalanish quyidagi afzalliklarni yaratadi: A) o‘quvchilarga keng spektrdagi imkoniyatlarni taqdim etadi, ya‘ni o‘rganilayotgan ob‘ekt –predmetni multimediali tizimlar yordamida o‘rganish; B) o‘zlashtirilayotgan o‘quv materiallarini qayta - qayta namoyish qilish va imitatsiya qilish imkoniyatini beradi; S) maxsus kompyuter dasturi yordamida predmetning o‘lchami va ҳajmini, uni mukammalroq o‘rganish maqsadida, kattalashtirish yoki kichiklashtirish, yaqiklashtirish yoki uzoqlashtirish imkoniyatini beradi; D) virtual tasvir yordamida oddiy, tabiiy holatda yaratib bo‘lmaydigan sharoitlarni ham kompyuter yordamida tasvirlash va har xil o‘lcham hajmga ega bo‘lgan eksperiment natijalarni ekranda paydo qilish mumkin. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, shuni ta‘kidlash mumkinki, ta‘limda innovatsion texnologiyalarini qo‘llash o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va nutq yuritishiga karatilgan" metod ekanligiga amin bo‘ldik. Shuni ham ta‘kidlab o‘tmoq joizki, o‘qituvchi darsga tayyorlanayotganida darsning maqsadiga muvofiq keladigan turli xil interaktiv va innovatsion o‘yin topshirikdarni tanlash lozimligini unutmaslik kerak. Darsga tayyorlanishda o‘qituvchi o‘yin - topshiriqlarning miqdorini, uni bajarishga sarflanadigan vaqtini ham aniq belgilab olishi lozim. Ustma — ust o‘quvchilarni o‘yin — topshiriqlar bilan band qilib qo‘yish ta‘lim samaradorligini oshirishga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun topshiriqni bajarishga ortiqcha vaqt sarflash ham o‘quvchilar faolligini oshirishga putur yetkazib qo‘yishi mumkin. Shu sababli o‘yin - topshiriqlarni sharti o‘quvchilarning yosh xususiyati va real o‘quv imkoniyatlariga muvofiq kelishi lozim. O‘qituvchi o‘yinda o‘quvchilar yo‘l qo‘yadigan xatolarni bartaraf etishni ham unutmasligi kerak. Ammo o‘yin davomida bu ishni amalga oshirish ancha murakkab. Shuning uchun o‘qituvchi o‘yinning oxirida o‘quvchilar kuchi bilan yo‘l qo‘yilgan xatolarni izohlashi, uni bartaraf etishi choralarini ko‘rishi lozim. Shundagina u ta‘limda innovatsion ta‘lim texnologiyalaridan to‘gri va oqilona foydalangan bo‘ladi. Bular esa yana bir bor ta‘limda innovatsion ta‘lim texnologiyalarining qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatib beradi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling