Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020
-dars. FAYL VA PAPKA TUSHUNCHASI
Download 4.38 Mb. Pdf ko'rish
|
11-dars. FAYL VA PAPKA TUSHUNCHASI
56 I. Tashkiliy qism Salomlashish, davomatni aniqlash, uy vazifasini tekshirish Darsning turi nazariy + amaliy O‘qitishning usul va texnologiyalari suhbat, savol-javob, “Kim chaqqon?” usuli O‘qitishning shakllari yakka tartibda, qatorlar bilan, sinf bilan ishlash AKT va interfaol vositalar o kompyuter o elektron doska o smart doska o proyektor o televizor o kolonkalar Ko‘rgazmali qurollar va o‘qitish vositalari o darslik o taqdimot o video o rasmlar o plakatlar o tarqatma kartochka-vazifalar o amaliy vazifalar o laboratoriya vazifalari o test varaqalari o so‘rovnoma II. Motivatsiya “Eng chaqqon foydalanuvchi” nominatsiyasiga ega bo‘lish. III. Yangi tushunchalar Fayl, fayl nomi, fayl kengaytmasi, atributlari, papka tushunchasi, katalog, faylga yo‘l, fayl turlari va ularning formatlari. Darsning texnologik xaritasi va ssenariysi Kasbiy maqsad (motivatsiya). Shaxsiy, korporativ, tashkilotlarning ish jarayonida yuritiladigan hujjat va boshqa turdagi fayllar bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish. Kognitiv maqsad (rivojlantiruvchi). Kompyuter savodxonligining asosiy vazifalari bo‘lgan fayl va papkalar bilan ishlash malakalarini rivojlantirish. Qo‘llaniladigan resurslar Tarqatma vazifalar Taqdimot Videodars Audiodars Internet-resurs 11-mavzu.pptx 11-mavzu.avi 11-mavzu.mp3 http:\www.dr.rtm.uz. Yangi mavzu O‘qituvchi: Sinf doskasida sana, mavzu yoziladi. Bolalar, avvalgi darsda o‘tgan “Kompyuterning dasturiy ta’minoti” mavzusi bo‘yicha olgan bilimlaringizni tekshirib ko‘ramiz. Klaster usulidan foydalanib, doskada dastur so‘zini yozaman, Sizlar esa unga bog‘liq tushunchalarni aytib berasiz. Javoblarda faol qatnashgan o‘quvchilarga stikerlar beriladi va yangi mavzu taqdimot yordamida bayon qilinadi. O‘quvchilar taqdimotdan so‘ng daftarga asosiy tushunchalarni yozib oladi. Dars 11 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling