Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020
-Dars. MATN PROTSESSORI DASTURI VA
Download 4.38 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
13-Dars. MATN PROTSESSORI DASTURI VA
UNING INTERFEYSI Qo‘llaniladigan resurslar Tarqatma vazifalar Taqdimot Videodars Audiodars Internet-resurs 13-mavzu.pptx 13-mavzu.avi 13-mavzu.mp3 http:\www.dr.rtm.uz. Dars 13 61 5-SINF DARSLIGI BO‘YICHA O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA I. Tashkiliy qism Salomlashish, davomatni aniqlash, uy vazifasini tekshirish Darsning turi nazariy-demonstrativ (ko‘rgazmali) O‘qitishning usul va texnologiyalari suhbat, savol-javob, “Ekspress” usuli O‘qitishning shakllari yakka tartibda, qatorlar bilan, sinf bilan ishlash AKT va interfaol vositalar o kompyuter o elektron doska o smart doska o proyektor o televizor o kolonkalar Ko‘rgazmali qurollar va o‘qitish vositalari o darslik o taqdimot o video o rasmlar o plakatlar o tarqatma kartochka-vazifalar o amaliy vazifalar o laboratoriya vazifalari o test varaqalari o so‘rovnoma II. Motivatsiya Ish yuritish sirlarini bilmoqchimisiz? III. Yangi tushunchalar Matn protsessori, Office dasturlari, MS Word, Word interfeysi, hujjatni tahrirlash uskunalari, hujjatning formatlari. Darsning texnologik xaritasi va ssenariysi Hozirgi kunda hujjatlar yaratish, kitob, darslik, gazeta va jurnallar, buklet va otkritkalarni chop etishning yangi usul va vositalari qo‘llanilmoqda. Chunki elektron shakldagi hujjatlarni kompyuterda tez va oson usullarda qayta ishlash, chop etish, ko‘paytirish yoki elektron pochta orqali jo‘natish imkoniyati mavjud. Windows operatsion tizimi tarkibidagi Блокнот, WordPad kabi matn muharrirlarining vazifalari cheklanganligini o‘tgan mavzularda bajarilgan mashqlardan bilib oldingiz. Microsoft kompaniyasi foydalanuvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Microsoft Office (offis paketi) deb nom olgan dasturlar to‘plamini yaratdi. 1992-yilda yaratilgan bunday dasturlar paketiga faqat 4 ta ilova: Word, Excel, PowerPoint va Mail dasturlari kiritilgan bo‘lsa, hozirgi kunda ularning soni 10 taga yetdi. Bugungi kunda ham Office paketi dasturlarining versiyalari (lahjalari) kundan-kunga o‘zgarib, takomillashib bormoqda. O‘quvchilar mavzuga oid asosiy tushunchalarni daftarga yozib oladi va amaliy mashgulotni bajarish maqsadida kompyuter oldiga o‘tiradi. Yangi mavzu O‘qituvchi: Doskada sana, mavzu yoziladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga o‘tilgan bob bo‘yicha tezkor test savollarini tarqatadi. O‘quvchilarga 5 daqiqa vaqt beriladi va testlar yig‘ib olinadi. Ekranda slaydlar yordamida yangi mavzu bayon qilinadi. 62 MS Word — MS Office amaliy dasturiy ta’minot oilasiga kiradi va aynan matn terish, uni rasmiylashtirish, matnga jadval, rasm va turli obyektlarni joylashtirib, uni bezashda ishlatiladi. Daftarga yozib oling! O‘quvchilar vazifalarni bajarib bo‘lgach, o‘qituvchining javobi yoki slaylarda berilgan javoblar bilan solishtiradi. Mustaqil ish O‘zingizni sinab ko‘ring O‘quvchilar 49-betdagi dastur interfeysini tashkil etgan bo‘limlar bilan tanishib, ish daftariga yozib oladi. Dasturni ishga tushiring. Ribbon tasmasida joylashgan Menyu bo‘limlarini birma-bir ochib, unga kiritilgan vazifalarni tahlil qilgan holda shu bo‘limning asosiy vazifalarini yozing. Главная – Вcтавка – Дизайн – Разметка страницы – Ссылки – Рассылки – Рецензирование – Вид – Dars 13 O‘qituvchi: Bolalar, darslikning 13-mavzusida MS Word dasturini ishga tushirish usullari ko‘rsatilgan, hozir Sizlar shu ko‘rsatma asosida Microsoft Word dasturini ishga tushirish usullarini bajarib ko‘rasiz. 1-usul. Ish stolida joylashgan Пуск yoki tugmachasini bosing. Ochilgan bosh menyu panelida sichqoncha ko‘rsatkichini Все программы bo‘limi ustida bir oz ushlab turing. Natijada, shu kompyuterga o‘rnatilagan faol dasturlar ro‘yxati hosil bo‘ladi. 2-usul. Ish stolida ikonkaning ustiga bosing. 3-usul. Ish stolining masalalar panelida piktogramma tugmachasini bosing. Dastur ishga tushirilgach, ekranda uning ko‘rinishi (interfeysi) hosil bo‘ladi. 50-betdagi savol va topshiriqlarni og‘zaki bajarish. Matnda berilgan piktogrammalar o‘rniga 48-betda keltirilgan jadval asosida shu piktogrammalarning vazifasini yozing va matnni to‘ldiring. Uy vazifasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling