Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020
Download 4.38 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-dars. HUJJATLARNI FORMATLASH USKUNALARI
O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
Kasbiy maqsad (motivatsiya). Ish yuritish va kundalik hayotda zarur bo‘lgan hujjatlarni savodli va qoidalarga binoan yaratish. Kognitiv maqsad (rivojlantiruvchi). Kunda o‘zgarib borayotgan yangi office dasturlarida ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish va yangi dasturlardan xabardor bo‘lib turish. № O‘tiladigan modullar Hosil qilinadigan bilim va ko‘nikmalar 1 Formatlash tushunchasi Hujjatdagi sahifaning rangi, o‘lchami, hoshiyasi, yo‘nalishi, matn rangi, shrift turi, stili, o‘lchamlarini o‘zgartirish kabi amallarni bajara olish. 2 Formatlashning turlari: matnnig formati, abzasning formati, sahifaning formati Formatlashning turlari va ularni bajarish mumkin bo‘lgan panel va undagi uskunalardan foydalanishni bilish. 3 Formatlash uskunalaridan foydalanish va formatlashga oid mashqlarni bajarish Shriftning rangi, o‘lchami, stilini formatlashga oid mashqlarni bajara olish. 4 Amaliy ishlar uchun topshiriqlar Hujjat hosil qilish, unga o‘zgartirish kiritish (tahrirlash) amallarini bajara olish. 14-dars. HUJJATLARNI FORMATLASH USKUNALARI Ta’limiy maqsad Darsning texnologik xaritasi va ssenariysi I. Tashkiliy qism Salomlashish, davomatni aniqlash, uy vazifasini tekshirish Darsning turi nazariy-demonstrativ (ko‘rgazmali) O‘qitishning usul va texnologiyalari suhbat, savol-javob, “Zanjir” usuli O‘qitishning shakllari yakka tartibda, qatorlar bilan, guruh bo‘lib ishlash AKT va interfaol vositalar o kompyuter o elektron doska o smart doska o proyektor o televizor o kolonkalar Ko‘rgazmali qurollar va o‘qitish vositalari o darslik o taqdimot o video o rasmlar o plakatlar o tarqatma kartochka-vazifalar o amaliy vazifalar o laboratoriya vazifalari o test varaqalari o so‘rovnoma II. Motivatsiya Serdaromad kasblar egasini bilasizmi? III. Yangi tushunchalar Formatlash tushunchasi, formatlash usullari, hujjatning parametrlari, tahrirlash uskunalari, sahifaning parametrlari. 64 Matnni formatlash – matnning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish amallari. Matn protsessorida hujjatlarni formatlash jarayonini 3 qismga bo‘lish mumkin: • belgilar (shriftlar)ni formatlash; • abzaslarni formatlash; • hujjatlarni formatlash. Qo‘llaniladigan resurslar Tarqatma vazifalar Taqdimot Videodars Audiodars Internet-resurs 14-mavzu.pptx 14-mavzu.avi 14-mavzu.mp3 http:\www.dr.rtm.uz. Yangi mavzu Daftarga yozib oling! Sinf doskasida sana, mavzu va yangi atamalar uchun savollar yoziladi. Uyga berilgan vazifa tekshiriladi va eng yaxshi bajargan o‘quvchi doska oldiga chiqib, vazifani o‘qib beradi, qolgan o‘quvchilar esa uy vazifalarini tekshiradi. Word mamlakatiga sayohat Bilasizmi, kompyuter olamida juda ko‘p dasturlar yaratilgan. Ular orasida eng ko‘p murojaat qilinadigan dasturlardan biri bu – MS Word dasturi. U Microsoft Office paketiga kiruvchi dastur hisoblanadi. Microsoft dasturida foydalanuvchilar matn terish, rasm joylashtirish, matnga rang berish, jadvallar joylashtirish kabi ishlarni bajarishi mumkin. Uni ishga tushirish uchun ПУСК tugmachasi yoki ish stolida Word yorlig‘i tanlanadi. Microsoft WORD dasturi o‘z interfeysiga ega. Masalan: Tezkor murojaat panelida yangi sahifa ochish, hujjatni saqlash va amallarni qaytarish mumkin. Hujjat hosil qilish yoki tahrirlashda nusxa olish, qirqib olish, saqlash, sahifalash amallarini bajarish mumkin. Foydalanuvchilar hujjatlarni aksariyat hollarda imlo xatolarga tekshirib, so‘ngra qog‘ozga chop etadi. Har bir qatorga 1 tadan savol tashlanadi va javoblar disput shaklida tahlil qilinadi. • Office dasturlari kerakmi? • Qaysi kasblarda hujjatlar bilan ishlash ko‘proq vaqtni oladi? • Nima uchun MS Word va boshqa Office dasturlarining yangi versiyalari tez-tez yangilanib turadi? Demak, yangi mavzuni bayon qilishdan avval o‘quvchilarning shu mavzuga oid bilimlari aniqlab olinadi. Yangi mavzu. Slayd yordamida mavzu bayon etiladi. Formatlash tushunchasi va usullari, undagi uskunalar bilan tanishib o‘tiladi. Dars 14 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling