Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020
Download 4.38 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
Aziz uztozlar! Mazkur qo‘llanma ilk bor 5-sinfda fan sifatida kiritilayotgan “Informatika va axborot texnologiyalari” darsligi asosida faoliyat yurituvchi o‘qituvchilar uchun metodik yordam sifatida yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni asosida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” asosida qator reja va loyihalar ishlab chiqildi. Xususan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun yangi avlod darsliklarini yaratish, ularni jahon standartlariga moslashtirish konsepsiyalari ishlab chiqildi. KIRISH Davlatimiz tomonidan barcha fanlar qatori “Informatika va axborot texnologiyalari” faniga katta e’tibor berilib, uning rivojlanishiga zamin yaratish maqsadida hammamizga ma’lum global o‘zgarishlar davri boshlandi. 2020-yil dunyo xalqlari taqdiriga bitilgan pandemiya muammosi natijasida barcha boshqaruv, ishlab chiqarish, ta’lim strukturalari yangicha – onlayn texnologiyalari asosida ishlashga o‘tdi. Bu borada ta’lim tizimi oldida katta muammo paydo bo‘ldi: uy sharoitida o‘quvchilarga bilim berish va ularni nazorat qilishni qanday yo‘lga qo‘yish mumkin? Yurtboshimiz va hukumatimizning kelajakni ko‘ra bilishi, raqamli tizimga o‘tish siyosatini keng ko‘lamda olib borishi hamda yangi avlod darsliklarini yaratish borasida boshlagan sa’y-harakatlari natijasida muammolar tezkorlik bilan bartaraf etilmoqda. Yangi avlod darsliklari aynan shunday sharoitlarda o‘quvchilar mustaqil bilim olishi, o‘qituvchilarga kompleks metodik yordam berish uchun yaratildi va yaratilmoqda. “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning zamonaviy shakl, usul va texnologiyalarini qo‘llash; o‘quvchilar masofadan turib yangi bilimlarni egallashi, doimiy ravishda o‘z ustida ishlashi uchun tizim yaratish va uni yo‘lga qo‘yish; ta’lim jarayonida tayanch bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar (malakaviy bilim)ni doimiy nazorat qilib turish, o‘quvchilar qobiliyatiga qarab kasbiy yo‘naltirish ishlarini olib borish. Konsepsiya asosida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning asosiy vazifalari belgilab berildi: an’anaviy; onlayn; aralash (blended learning). Bu darsliklar o‘z ichiga dars berishning quyidagi usullarini qamrab oladi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling