Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020
Download 4.38 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
erkinligi, loyihalashtirish, biror muammo ustida izlanishni olib borib, o‘z bilim va ko‘nikmalari orqali uni himoya qilish jarayonlari mavjud. Ko‘p yillik amaliyotning ko‘rsatishicha, bu usulni aynan “Informatika va axborot texnologiyalari” darslarida qo‘llash natijasida o‘quvchilarda darsga bo‘lgan qiziqish yuqori darajada ortgan va yaxshi natijalarga erishilgan. Bu jarayonda o‘qituvchi tashkilotchi hamda nazoratchi sifatida qatnashadi, ba’zan esa maslahatchi (konsultant) vazifasini ham bajaradi. O‘quvchilar esa, asosan, izlanishda bo‘lishadi. Bu jarayonga o‘qituvchi oldindan puxta tayyorlanishi: loyihaning mavzulari bolalarning yoshi, bajarish vaqti, ular bilimi va hosil qilingan ko‘nikmalaridan kelib chiqqan holda taqdim etilishi kerak. Loyiha mavzularini o‘qituvchi oldindan tayyorlab, o‘quvchilarga tanlash huquqini berishi ular qiziqishini yanada orttiradi. “Loyiha” usulini qo‘llashda zarur asosiy shartlar: I bob. Informatika va axborot olami “Kompyuter va inson” mavzusida eng yaxshi maqola. “Qiziqarli informatika va axborot texnologiyalari” nomli devoriy gazeta. “Informatika va axborot texnologiyalari olamidagi buyuk insonlar” – slayd-shou. “Bilasizmi? Qiziqarli faktlar rukni” mavzusida brifing. “Oltin xazina” – musobaqa o‘yini (kodlashga oid misollar). “Mitti ustoz” – eng yaxshi dars olib boruvchi o‘quvchi musobaqasi. Loyiha mavzulari ham yakka tartibda, ham guruh bilan ishlashga mo‘ljallangan va dolzarb, hayotiy masalalarni qamrab olgan bo‘lishi lozim. O‘quvchilarga loyihani bajarish yo‘riqnomasi yoki biror misolda yoritilgan ishni taqdim etish zarur. Loyiha kompyuterda, ya’ni amaliy ish jarayoni orqali (masalan, Word, Paint.Net, PowerPointda) yoki boshqa dasturlash tillarida bajarilishi kerak. Loyiha himoyasida butun jamoa qatnashishi va himoya qilishga sharoitlar yaratilishi zarur. Baholashda esa o‘quvchi yoshiga mos mezon ishlab chiqilishi kerak. Download 4.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling