Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020
Download 4.38 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ONLAYN REJIMDA VIDEOMULOQOT O‘TKAZISH VA DARSNI TASHKIL ETISH IMKONIYATINI BERUVCHI DASTURLAR
- O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
VI bob. Dasturlash texnologiyasi “Spraytlar uchun yangi qahramon” nomli rasmlar konkursi. “Spraytlar uchun eng yaxshi ssenariy” loyihasi konkursi. “Eng yaxshi animatsiya” konkursi. “Kichik multiplikator” nomli dasturlar konkursi. “Dasturchilar bellashuvi” – musobaqa darsi. “Robotlar o‘yini” loyihasi mavzusida tayyorlangan “Eng iqtidorli dasturchi” nominatsiyasi uchun bellashuv. Bajariladigan loyiha ishlarini berilgan vazifalar murakkabligiga ko‘ra: • yakka tartibda ishlash; • juft bo‘lib ishlash; • 3–4 nafar o‘quvchi (guruh bilan ishlash); • qatorlar bo‘yicha; • jamoa bo‘lib ishlash kabi turlarga bo‘lib taqsimlash mumkin. Zoom.us – videokonferensiya va vebinar o‘tkazish platformasi. Bepul versiyada 40 daqiqa davomida 100 nafar ishtirokchi bilan muloqot qilish imkoniyati mavjud. Darsni smartfon yoki kompyuter orqali tashkil etish mumkin. Dars yoki videokonferensiya ishtirokchisi ovoz (gaplashish) yoki videorejimda ishtirok etishi mumkin. ONLAYN REJIMDA VIDEOMULOQOT O‘TKAZISH VA DARSNI TASHKIL ETISH IMKONIYATINI BERUVCHI DASTURLAR Videodarslarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Facebookda tashkil eting. Mazkur dasturda jonli efirda onlayn darslarni o‘tkazishingiz mumkin. Dasturda sinf uchun yopiq, qiziquvchilar uchun esa ochiq guruh yarating. WizIQ – onlayn mashg‘ulotlarni tashkil qilish xizmati. Sinf uchun tashkil etilgan darsda qatnashish uchun o‘quvchilar shu xizmatda ro‘yxatdan o‘tadi. Periscope – jonli efir o‘tkazish uchun maxsus platforma. O‘quvchilar o‘qituvchi translyatsiyasini ko‘rish uchun dasturni o‘z telefonlariga o‘rnatib, akkaunt ochishlari shart. 18 5-SINF DARSLIGI BO‘YICHA O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA Skype – videokonferensaloqa xizmati. Mazkur xizmatdan foydalanish uchun darsda ishtirok etuvchi har bir o‘quvchida Skype akkaunti bo‘lishi lozim. Darsning boshlanishida e’lon qilingan qo‘ng‘iroqqa ko‘ra qolgan ishtirokchilar ulanadi. Edpuzzle yordamida videoviktorina yaratish mumkin. Bunda savol va bitta to‘g‘ri javob, savollarga javoblar yoki audiosharhlar, matnli sharhlar yoki audio yozuvlardan foydalanish mumkin. Mazkur servisga videoni YouTube, Vimeo, National Geographic kabi videoservislarni qo‘yish mumkin. Teachers.dosmos servisi matematika o‘qituvchilari uchun qulay. Unda raqamli o‘quv materiallarini yaratish, monitoring qilish, o‘z-o‘zini sinash, fikr-mulohazalar almashish imkoniyatlari mavjud. O‘qituvchi interfaol topshiriqlarni ishlab chiqadi, so‘ngra o‘quvchilarga ishlashga ruxsat beradi. Bunda real vaqt rejimida o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish mumkin. Kubbu – istalgan o‘quv fanidan interfaol topshiriqlar yaratish imkonini beruvchi servis. LearningApps servisda o‘z-o‘zini sinashning turli usullarini qo‘llash mumkin. Servis yordamida matn, o‘rniga qo‘yish, viktorina, tasnif, interfaol video va boshqalardan foydalanish mumkin. Screencast-O-Matic dasturi ekran yoki monitorda aks etayotgan video, tasvirni yozib olish imkonini beradi. Videorolikning davomiyligi 15 daqiqadan oshmaydi. Yozilgan videoni kompyuterda saqlash yoki YouTubega joylashtirish mumkin. Videoning hajmi va sifatini o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Yozish jarayonida ham videoqatorni to‘xtatib turish yoki unga o‘zgartirish kiritish mumkin. Mazkur dastur (servis) yordamida ma’lum bir uskunadan foydalanishga videoko‘rsatma va yo‘riqnomalar yaratishni tavsiya qilamiz. Ma’ruzaning formula va aniq masala yechimiga bog‘liq qismini ham tayyorlash mumkin. Videokontentni kamera (masalan, smartfon)ga yozish yoki kompyuter ekraniga yozib olish orqali yaratish mumkin. Videokontent yaratish uchun dasturiy ta’minot tavsiflari Instagram Live – videoni Instagram orqali translyatsiya qilish. O‘quvchilar sahifangizga a’zo bo‘lishadi va dars haqidagi ma’lumot yoki xabarni Instagram sahifasi orqali oladi. Zarurat tug‘ilsa, instagramda yopiq sinf tashkil qilish va unda onlayn darsni tashkil etish mumkin. Download 4.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling