Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020


Download 4.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/70
Sana05.09.2023
Hajmi4.38 Mb.
#1672913
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70
O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
Bajarish bo‘yicha yo‘riqnoma. Odatda, “Informatika va axborot texnologiyalari” fani guruhlarga 
bo‘linib o‘tilishi sababli, sinfda 15–20 nafar o‘quvchi ishtirok etadi. Har bir o‘quvchi sinfda faol 
qatnashishi, darsda mas’uliyatni his etishi uchun ularga javob berish imkoniyati yaratiladi. 
Masalan: 
“Xavfsizlik texnikasi va sanitariya-gigiyena talablari” mavzusini takrorlashda o‘qituvchi “Qani, 
bolalar, avvalgi darsda biz qanday qoidalar bilan tanishgan edik?” savoli bilan 1-partada o‘tirgan 
o‘quvchiga murojaat qiladi. O‘quvchi faqat 1 ta qoidani aytib berishi lozim. 2-qoidani undan keyin 
o‘tirgan o‘quvchi aytib beradi. Shu ketma-ketlikda har bir o‘quvchi o‘rnidan turib, 1 tadan qoidani 
aytib berishga o‘rgatiladi. O‘qituvchi avval shart qo‘yadi: aytilgan qoidalar takrorlanmasligi kerak! 
Agar biror o‘quvchi qoidani takrorlasa yoki aytib bera olmasa, u holda “Ekspress”ning zanjiri uziladi 
va unga sariq kartochka beriladi. 
Bu usulda o‘quvchi aytilgan javoblarni diqqat bilan tinglashi va eslab qolishi zarur. Bu usul xotirani 
mustahkamlaydi va diqqat (eshitish madaniyati)ni rivojlantiradi.
O‘qituvchi o‘quvchilardan berilgan savol yoki vazifani birma-bir aytib berishlarini 
so‘raydi.
O‘quvchilar birma-bir javob berishadi. Lekin javob takrorlanmasligi sharti bilan qabul 
qilinadi. 
So‘ngra boshqa bir guruhdan javoblarni to‘g‘ri ketma-ketlikda, adashmasdan aytib 
berish yoki bajarish so‘raladi. 
To‘g‘ri javobga stikerlar, noto‘g‘ri javobga sariq kartochkalar beriladi.
Hozirgi kunda ham bu usul zamonaviy o‘qitish usuliga mosligi va natijaviyligi uchun yanada 
yangilanib, asosan, kompyuter texnologiyalarini o‘zlashtirish va unda ishlash ko‘nikmalarini hosil 
qilishda qo‘llanilib kelmoqda. 
“Loyiha” usulining mazmunida shunday o‘quv jarayoni ko‘zda tutiladiki, unda ma’lum bir amaliy 
mashg‘ulotlarni bajarishda yakka tartibda yoki guruh bilan ishlashda ularga beriladigan mavzuning 
“Ekspress” usulini qo‘llash metodikasi
“Loyiha” usulini qo‘llash metodikasi
Bu usulni darsning boshlanishida, uyga berilgan vazifani aniqlash yoki takrorlashda qo‘llash 
tavsiya etiladi. “Ekspress” tez va ketma-ketlikda javob berish demakdir. 
Maktablarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda, ayni paytda, ko‘plab 
pedagogik texnologiyalardan hamda noan’anaviy dars usullaridan foydalanib kelinmoqda. 
Bunday usullardan biri 100 yil avval Amerika Qo‘shma Shtatlarida paydo bo‘lgan va ko‘p 
yillar davomida qo‘llanilib kelayotgan “Loyiha” usulidir.


15
5-SINF DARSLIGI BO‘YICHA 

Download 4.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling