Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020


Download 4.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/70
Sana05.09.2023
Hajmi4.38 Mb.
#1672913
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70
O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
Masalan: 
Dastlab Paint.Net dasturida mo‘yqalamdan foydalanib rasm chiziladi, keyingi qadamda rasmning 
effektlari tanlanadi, undan keyingi qadamda yangi qatlam tanlanib, unga boshqa rasm joylashtiriladi. 
Bunday vazifalarni cheksiz davom ettirish mumkin. 
Boshqa bir misolda esa o‘quvchilarga kartochkada 5 xil vazifa beriladi. O‘quvchilar ularni birin-ketin 
bajarib boradi va har bir vazifa uchun alohida ball to‘playdi.
Uchinchi misoldan aksariyat hollarda dasturlash texnologiyasida qo‘llash tavsiya etiladi. 
Masalan: 
1-qadamda Scratch dasturida biror sprayt (obyekt), masalan, mushukchani 10 qadam 
harakatlantirish skriptini yozamiz va ishga tushiramiz. 2-qadamda takrorlsh blokini qo‘shib, 
uning 10 qadam emas, 100 qadam yurishini belgilaymiz. 3-qadamda burilish blokini qo‘shamiz 
va mushukchani sahna bo‘ylab harakatini tomosha qilamiz. 4-qadamda dasturga musiqa blokini 
qo‘shib, musiqa ostida harakatlanayotgan skriptni hosil qilamiz. Bunday usulni matn va hujjatlar 
hosil qilishda ham qollash mumkin.
Bu usulni, asosan, amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llash mumkin. “Qadamma-qadam” usulida 
o‘quvchilarga beriladigan vazifa sodda yechimdan boshlanib, keyingi har bir vazifaga 1 
ta element qo‘shib boriladi. Natijada, bir necha qadamdan keyin murakkab masalalarni 
yechish ko‘nikmasi hosil qilinadi.
O‘qituvchi o‘quvchilarni darsda beriladigan bir necha bosqichli masalalarni bajarish 
algoritmi bilan tanishtiradi. 
O‘quvchilar vazifalarni guruhda yoki individual ko‘rinishda birin-ketin bajaradi.
Barcha natijalarni o‘quvchi daftarga yozib boradi yoki kompyuterda fayl ko‘rinishida 
saqlaydi. 
Dars oxirida javoblar tahlil qilinadi va baholanadi.
O‘quvchilar amaliy mashg‘ulotni bajaradi va birinchi bajargan o‘quvchilarga baholash 
tizimi yordamida stikerlar topshiriladi. 
O‘quvchilarga qo‘shimcha ball sifatida boshqa misol bajarish imkoni beriladi. 
“Step by Step – qadamma-qadam” – musobaqa usuli


13
5-SINF DARSLIGI BO‘YICHA 

Download 4.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling