Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020
Download 4.38 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
1. Formalar yaratish Google formsda test yaratish uchun https://docs.google.com/forms/u/0/ havolasi orqali o‘ting. Google formsda ishlash uchun Siz, eng avvalo, o‘z akkauntingizga ega bo‘lishingiz lozim. Sahifaga kirganingizdan so‘ng ekranning yuqori chap tomonida “+” tugmachasini bosing. Shunda yangi forma ochiladi va unga istalgan nomni berishingiz mumkin. 2. Material qo‘shish Formaga har qanday turdagi savollarni qo‘shish mumkin. O‘ng tomonda bir necha tugmacha joylashgan bo‘lib, ular quyidagi amallarni bajaradi. • “+” – yangi savol qo‘shish; • savolni import qilish; • “Тт” – nom qo‘shish (bu nom sarlavha sifatida turadi); • “rasm” – rasm qo‘shish uchun foydalaniladi; • “video” – bu tugmacha yordamida video qo‘shish mumkin; • bu tugmacha bo‘lim qo‘shishga yordam beradi. 3. Google formsda javobli testlar qanday yaratiladi? Yuqori o‘ng burchakda (sozlash) belgisini tanlang va unga bosing. Ochilgan oynaning o‘ng tomonidagi testlar bo‘limiga o‘ting va u yerdan test rejimini yoqing. Test yozuvi yonida turgan siljuvchi tugmachaning o‘ng tomonini surib, rejimni faollashtiring. Qolgan sozlash amallarini xuddi skrinshotda ko‘rsatilgandek kerakli tartibda sozlang. Agar siz “Показать оценку после ручной проверки” – qo‘lda tekshirilgandan keyin bahoni ko‘rish variantini tanlasangiz, Google forms avtomatik tarzda barchaning elektron manzilini qo‘shadi. Uni bekor qilish uchun “ Общие ” bo‘limiga o‘tib, “ Собирать адреса ” bandi yonidagi tasdiq belgisini olib tashlang. Shuningdek, nazorat ishlarida yoki imtihonlarda “ Отправлять форму не более одного раза ” – formani faqat bir marta yuborish imkoniyatidan foydalanish mumkin. Aksincha, “ Изменять ответы ” yordamida javoblarni o‘zgartirish va “ Посмотреть другие ответы ” – boshqa javoblarni ko‘rish mumkin bo‘ladi. Download 4.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling