Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020
XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI VA
Download 4.38 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI VA
SANITARIYA-GIGIYENA TALABLARI 1. AN’ANAVIY DARSNI TASHKIL ETISH NAMUNASI Ta’limiy maqsad Darsning texnologik xaritasi va ssenariysi 25 5-SINF DARSLIGI BO‘YICHA O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA Qo‘llaniladigan resurslar Tarqatma vazifalar Taqdimot Videodars Audiodars Internet-resurs 1-mavzu.pptx 1-mavzu.avi 1-mavzu.mp3 http:\www.dr.rtm.uz. Yangi mavzu Sinf doskasida sana, mavzu va “Elektr toki nima? Uning qanday foydasi va zarari bor?”, “Elektr toki bilan ishlaydigan qanday asboblarni bilasiz?” savollari yoziladi. (1-vazifa) O‘quvchilarning (“Zanjir” usuli) javoblari qabul qilingach, ekranga slayd yoki video qo‘yiladi. Slayd yordamida mavzu bayon etiladi. O‘quvchilar kompyuter xonasida har bir o‘quvchiga qo‘yiladigan talablar bilan tanishtiriladi. Daftarga yozib oling! Namoyish tugagach, har bir o‘quvchi eslab qolgan oltin qoidalarni daftarga yozishga harakat qiladi. Mustaqil ish Darslikning 8-betidagi savollarga javob topish va mashqlarni bajarish. (2-vazifa) O‘zingizni sinab ko‘ring Kim tez va ko‘p qoida aytish. O‘quvchilar darslikdan sanitariya-gigiyena qoidalarini o‘qib, tanishib chiqadilar. O‘qituvchining “Qani, bolalar, kompyuter xonasida qanday sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilishimiz kerak ekan?” degan savoliga o‘quvchilar birma-bir qoidalarni aytib beradilar. (3-vazifa) Faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi va qolgan vaqt davomida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan quyidagi ko‘z va badan mashqlarini bajaradilar. 1. To‘g‘ri o‘tirgan holatda ko‘z soqqasini yuqoriga, so‘ngra pastga harakatlantiramiz. 2. Avval soat millari harakati bo‘yicha havoda aylana chizamiz, so‘ngra soat millari harakatiga teskari tomon aylana chizamiz. 3. Ko‘zimiz bilan diagonal chiziqni chizamiz. 4. Havoda ko‘z qarashi bilan kvadrat rasmini chizamiz. 5. Yarim aylanalarning rasmlarini chizamiz. 6. Romb shaklini ko‘z soqqamiz bilan chizib chiqamiz. 7. Havoda S harfining dastlab vertikal, so‘ngra gorizontal holatini chizamiz. Bunday mashqlarning har birini 5–6 marta takrorlash va ular oralig‘ida 10–15 marta kipriklarni tez-tez qoqib turish zarur bo‘ladi. Shuningdek, mashqlarni bajarib bo‘lgandan keyin, biroz ko‘zni yumgan holatda o‘tirish tavsiya qilinadi. Ko‘z mashqlarini bajarish texnologiyasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling