Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020


Download 4.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/70
Sana05.09.2023
Hajmi4.38 Mb.
#1672913
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   70
GOOGLE FORMS


22
5-SINF DARSLIGI BO‘YICHA 
O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
4. Savollar va javoblar shakllari
Formada test yaratganingizdan so‘ng, unga istalgancha savol va javoblarni qo‘shish mumkin. 
Javob variantlarini ham turli miqdorda qo‘shish mumkin. Buning uchun “
Ответы
” tugmachasini 
bosish va u yerdan kerakli variantni tanlash kerak. Agar lozim bo‘lsa, muayyan javob nima uchun 
to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligiga izoh berish mumkin.
Javoblar varianti: 
• ro‘yxatdan bittasi (yagona to‘g‘ri javob);
• ro‘yxatdan bir nechtasi (bir nechta to‘g‘ri javob);
• ochiluvchi ro‘yxat (bunda javob variantlari juda ko‘p bo‘lganda foydalanish qo‘l keladi);
• fayllarni yuklash (odatda, bitta tildagi jumlalarni boshqa tilga tarjimasini varaqqa qo‘lda yozish va 
shu varaq rasmini shaklga yuklash so‘ralganda foydalaniladi);
• shkala (sinov testlarida foydalanish uchun unchalik qulay emas);
• ko‘p tanlovlar setkasi – ustun va satrlar yaratish va ularning kesishmasida javob variantini tanlash 
imkonini beradi. Shuningdek, qaysi javob to‘g‘ri, qaysisi noto‘g‘ri ekanligini belgilang, degan topshiriq 
variantini ham yaratish mumkin. Sana va vaqt, aksariyat hollarda, nazorat ishlarida kerak bo‘lmaydi. 
Har bir savolni majburiy yoki majburiy bo‘lmagan tarzda belgilash mumkin.
Аgar siz “
Обязательный вопрос
” – majburiy savol bandi yonidagi siljuvchi tugmachani o‘ng 
tomonga surib faollashtirsangiz, u holda Google javob kiritish maydoniga biror narsa kiritilmaguncha 
shaklni yuborishga ruxsat bermaydi. 
Siz istalgan miqdorda savollar kiritishingiz va to‘g‘ri javob uchun ballarni belgilashingiz mumkin. 


23
5-SINF DARSLIGI BO‘YICHA 
O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
Shuningdek, topshiriq uchun ball qo‘yishingiz, lekin to‘g‘ri javobni qo‘shmasligingiz ham mumkin. 
Bunda o‘quvchilar javobni kiritish maydoniga to‘g‘ri javobni yozishadi. Siz javoblarni qo‘lda tekshirasiz 
va har bir topshiriq uchun ball qo‘yasiz.
5. Shakllarni ko‘rish va o‘quvchilarga yuborish
Аyni vaqtda test qanday shaklda ekanligini va bu shakl test topshiruvchilarga qanday shaklda 
ko‘rinishini ko‘rib chiqish uchun yuqori o‘ng burchakdagi ko‘z shaklidagi tugmachaga bosish kerak. 
Shaklni o‘quvchilarga yuborish uchun “
Oтправить
” tugmachasi va havola bo‘limini tanlang. Shunda 
havolani ko‘chirib olish va test topshiruvchilarga yuborish mumkin bo‘ladi. Ular havolani ochganda, 
darhol test ochiladi va ular shaklni to‘ldirishga kirishishlari mumkin bo‘ladi.
7. Umumiy javoblar jadvali
Barcha javoblarni jadvalda jamlash mumkin. Buning uchun javoblar bo‘limidagi “
Создать таблицу
” 
– jadval yaratish bandini bosish lozim (Excelning yashil belgisi), shunda yangi jadval yaratiladi.
6. Javoblarni ko‘rish va ballarni qo‘yish
Javoblarni ko‘rish uchun shakl nomi ustidagi 
javoblar bo‘limiga kiring. U yerda umumiy 
statistikani ko‘rish mumkin. Lekin har bir 
ishtirokchiga ball qo‘yish uchun 
“Отдельный 
вопрос”
– alohida savol bo‘limiga kirish kerak.
Deylik, nazorat ishida jami 70 ball belgilangan. 
Ulardan 40 ball avtomatik ravishda qo‘yiladi. 
30 ballni esa (tarjima uchun) o‘qituvchi 
qo‘yadi. Shuningdek, 30 ballni bitta tildan 
boshqa tilga tarjima qilganlik uchun olish 
mumkin va bunda tekshirish uchun fayl 
biriktiriladi va ular alohida baholanadi. 1 va 
2-topshiriqlar avtomatik ravishda baholangan 
(agar o‘qituvchi boshqa ballarni qo‘ymoqchi 
bo‘lsa, uni o‘zi o‘zgartirishi mumkin va Google 
umumiy ballarni jamlayotganda o‘qituvchi 
o‘zgartirgan ballni hisobga oladi.)
3-topshiriqni o‘qituvchi qo‘lda baholaydi va 
unda har bir topshiriq uchun ball qo‘yadi. 
Google esa ularni jamlaydi.
4-topshiriq avtomatik tarzda tekshiriladigan 
qilib belgilangan. 5-sinf test topshiruvchilari 
uni qo‘lda yozishgan, rasmga tushirishgan va faylni shaklga yuklashgan. O‘qituvchi ularni alohida 
baholashi va Google o‘qituvchi uchun jami ballni hisoblab berishi uchun tegishli maydonga ballarni 
qo‘yishi mumkin.


24
5-SINF DARSLIGI BO‘YICHA 

Download 4.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling