Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020
Download 4.38 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- QO‘LLANMADAN FOYDALANISH YO‘RIQNOMASI
O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun zamonaviy uslubda yaratilgan “Informatika va axborot texnologiyalari” darsligi 34 ta dars bo‘yicha yoritilgan mavzular bayoni, 34 ta taqdimot, 34 ta videodars, test, masala va amaliy mashg‘ulotlar to‘plami hamda o‘quv-metodik qo‘llanmadan iborat bloklar kompleksidan tashkil topgan. Albatta, bunday katta resursga ega darslikni tasavvur etish qiyin. Lekin zamonaviy raqamli texnologiyalardan oqilona foydalanish nafaqat o‘qituvchi, balki o‘quvchilar uchun ham qulayliklar yaratishi bilan birga qimmatli vaqtlarini tejashga yordam beradi. Darslikning 2-sahifasida joylashgan QR-kod rasmi orqali sutkaning xohlagan vaqtida mobil ilovalardan foydalanib, videodarslarni ko‘rish, barcha taqdimotlarga kirish va ularni mustaqil o‘rganish mumkin. Shuningdek, www://dr.rtm.uz manzili bo‘yicha barcha elektron resurslarga kirish, ularni yuklab olish, dars konspekti, test vazifalari, amaliy mashg‘ulot vazifalarini chop etish imkoniyatlari yaratilgan. QO‘LLANMADAN FOYDALANISH YO‘RIQNOMASI darslik, metodik qo‘llanma; taqdimot va videodarslar; mashqlar to‘plami; testlar to‘plami; internet manbalar; dasturlar paketi; web-sayt (www://dr.rtm.uz); onlayn maktab kiradi. Maktablarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish endi yangi yo‘nalishda: an’anaviy usul + masofaviy ta’limga mo‘ljallangan kompleks dastur asosida amalga oshiriladi. Bularga: o‘qitiladigan modullar + hosil bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalar; elektron resurslarning fayl nomlari; 3 xil usulda ko‘rsatilgan dars infografikasi; an’anaviy usulda o‘tiladigan darslar ssenariysi; baholash tizimi; qo‘shimcha resurslar; onlayn usulda o‘tiladigan darslar ssenariysi; Blended Learning (aralash) usulda o‘tiladigan darslar namunasini o‘z ichiga olgan. Metodik qo‘llanma har bir dars uchun muhim komponentlar: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling