Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020


-dars. KOMPYUTER VA UNING TUZILISHI


Download 4.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/70
Sana05.09.2023
Hajmi4.38 Mb.
#1672913
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   70
6-dars. KOMPYUTER VA UNING TUZILISHI
Darsning texnologik xaritasi va ssenariysi
Dars
6


45
5-SINF DARSLIGI BO‘YICHA 
O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
Qo‘llaniladigan resurslar
Tarqatma 
vazifalar
Taqdimot
Videodars
Audiodars
Internet-resurs
6-mavzu.pptx
6-mavzu.avi
6-mavzu.mp3 
http:\www.dr.rtm.uz.
Yangi mavzu 
Sinf doskasida sana, mavzu yozilib, kompyuter yaratuvchilari va kompaniyalar logotiplari rasmlari 
joylashtiriladi. 
Daftarga yozib oling!
O‘qituvchi:
Suratlari doskadan joy olgan insonlar haqida nimalarni bilasiz? Mana bu emblemalar, logotiplar 
nimani anglatadi?
O‘quvchilar javobini solishtirish uchun slaydlar qo‘yiladi. Slaydlardan so‘ng daftarga asosiy 
tushunchalar yozib olinadi.
Kompyuter – axborotlarni katta tezlikda qayta ishlovchi universal avtomatik qurilma. Kompyuter 
atamasi inglizcha computer – hisoblagich so‘zidan olingan bo‘lib, hisob-kitobni amalga oshiruvchi 
qurilma ma’nosini bildiradi.
Kompyuterning turlari: shaxsiy (personal), stol usti kompyuteri (desktop); monoblok, noutbuk 
(notebook), bloknot tipidagi shaxsiy kompyuterlar (laptop), planshetli shaxsiy kompyuterlar (tablet)
nettop (netbook), cho‘ntak kompyuterlari, organayzerlar (palmtop).
Shaxsiy kompyuterlar 4 ta asosiy qurilmadan tashkil topgan: sistema bloki, monitor, klaviatura va 
sichqoncha.
O‘quvchilar kompyuter ishlab chiqaruvchi kompaniyalar haqida ma’lumot tayyorlab kelgan bo‘lib, 
shu mavzuda “konferensiya” o‘tkaziladi. Sinf 3 guruhga bo‘linadi va har bir guruh o‘z kompaniyasi 
haqida taqdimot o‘tkazadi. 
Mustaqil ish 
O‘zingizni sinab ko‘ring
O‘qituvchi o‘tilgan mavzular bo‘yicha tezkor test savollarini og‘zaki o‘qiydi, o‘quvchilar javoblarni 
yozib bo‘lgach, o‘qituvchining javobi bilan solishtiradi. 
1. Kompyuterning vatani.... Javob: ____________
2. Birinchi kompyuterlar qachon paydo bo‘lgan? Javob:___________


46
3. Kompyuter so‘zining ma’nosi.... Javob: __________________
4. Desktop qanday kompyuter? Javob: ___________________
5. Shaxsiy kompyuterning nechta asosiy qurilmasi bor? Javob: ___________
6. Tizimli blok qoplamasiga nima deyiladi? Javob: _____________
Javoblar: (Amerika, XX asrning 70-yillari, hisoblagich, stol usti kompyuteri, 4 ta, keys).
27-bet: 1–3-mashqlarni bajarib kelish.
Uy vazifasi
Kasbiy maqsad (motivatsiya)
. Kompyuterlar inson kundalik hayoti va ish jarayonidagi beqiyos o‘rni 
haqida tushuncha berish. 
Kognitiv maqsad (rivojlantiruvchi)
. Rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha 
kompyuterlar haqida yangi ma’lumotlar bilan boyitish. 

O‘tiladigan modullar
Hosil qilinadigan bilim va ko‘nikmalar
1
Qo‘shimcha qurilmalarning 
asosiy vazifalari, 
xususiyatlari va turlari
Kompyuterlarning asosiy va qo‘shimcha qurilmalarini 
ajratib bera olish. Printer, skaner, modem, plotter, kolonka 
va boshqa qurilmalar vazifasini aniq bilish va aytib bera 
olish.
2
Axborotlarni kiritish 
qurilmalari
Qo‘shimcha qurilmalar orasidan qaysi birlari axborotlarni 
kompyuter xotirasiga kiritish uchun xizmat qilishini bilish.
3
Axborotlarni chiqarish 
qurilmalari
Qo‘shimcha qurilmalar orasidan qaysi birlari axborotlarni 
chiqarish uchun xizmat qilishini bilish.
4
Kelajak texnologiyalari
Yangi smart texnologiyalari haqida ma’lumotga ega 
bo‘lish.
Ta’limiy maqsad

Download 4.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling