Texnologiyalari o‘qituvchi kitobi 5-sinf toshkent – 2020
-dars. KLAVIATURA TRENAJYORLARI VA
Download 4.38 Mb. Pdf ko'rish
|
9-dars. KLAVIATURA TRENAJYORLARI VA
“YUMUQ KO‘ZLAR” USULIDA MATN TERISH MASHQLARI Darsning texnologik xaritasi va ssenariysi Ta’limiy maqsad 52 Qo‘llaniladigan resurslar Tarqatma vazifalar Taqdimot Videodars Audiodars Internet-resurs 9-mavzu.pptx 9-mavzu.avi 9-mavzu.mp3 http:\www.dr.rtm.uz. Yangi mavzu O‘qituvchi: Daftarga yozib oling! Mustaqil ish Sinf doskasida sana, mavzu va klaviatura trenajyorlarining nomlari yoziladi. Bolalar, kompyuterda tez matn terish, tez ishlash uchun ko‘plab mashq bajarish va qo‘l barmoqlari harakatini to‘g‘ri qo‘yish kerak. Dastlab Sizlar bilan videodarsni tomosha qilamiz, so‘ngra kompyuterga o‘tirib, klaviatura trenajyori dasturida mashqlar bajaramiz. Hujjatlarni tez va xatosiz yaratish hozirgi kunda savodxonlikning asosiy talablaridan biri bo‘lib qolmoqda. Shu maqsadda kompyuter klaviaturasida mashqlarni mustaqil bajarish maqsadida ko‘plab dasturlar yaratilgan. Bu dasturlar “Klaviatura trenajyorlari” deb nom oldi. Tez matn terishni o‘rganish uchun maxsus usullar ham mavjud bo‘lib, ulardan biri “Yumuq ko‘zlar” usulida matn terish (слепое печатание) deb ataladi. Bu usul “10 ta barmoq usuli” deb ham ataladi va maxsus yoriqnomalar asosida bajariladi. Klaviatura trenajyorida “Qadamma-qadam” mashqlarini bajarish e’lon qilinadi. Mashqlar dastlab 1-past tezlikda bajariladi, so‘ngra o‘rta, keyin esa yuqori tezlikda bosqichma-bosqich bajariladi. Yaxshi natijalarga erishgan o‘quvchilar “Barakalla!” deb yozilgan stikerlar bilan taqdirlanadi. O‘zingizni sinab ko‘ring O‘quvchilarga 4–5 qator matn yozilgan kartochka-vazifa beriladi. Ular matnni eslab qolishi, so‘ngra o‘qituvchiga qaytarib berishi lozim. Kompyuterda “Yumuq ko‘zlar” usulini qo‘llab matn teriladi. Vazifani eng tez va bexato bajargan o‘quvchiga “Balli!” deb yozilgan stiker topshiriladi. 37-betdagi berilgan amaliy mashg‘ulot mashqlari. Uy vazifasi Dars 9 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling