Texnologiyalari universiteti mustaqil ish fan nomi: Elektronika va sxemalar mavzu: Murakkab invertorli va Shottki barerli ttm


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana25.03.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1295349
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Rashidov Diyorbek



TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
MUSTAQIL ISH 
FAN NOMI: Elektronika va sxemalar 
MAVZU: Murakkab invertorli va Shottki barerli TTM.
 
 
 
 
 
Bajardi: 
Rashidov Diyorbek 021-21 


Reja: 
 
 
 
1.Murakkab invertorlar haqida tushincha 
2. Shottki barerli TTM nima? 
3. Murakkab invertorli TTM ME sxemasi. 
4.Xulosa. 
 
 
 
 


Murakkab invertorlar haqida tushincha 
 
KUCHLANISH INVERTORI 
 
Asinxron motorlarning tezligini stator chulg‘amiga berilayotgan kuchla- nish 
(yoki tok) chastotasini o‘zgartirib tezligi rostlanadigan avtomatlashtirilgan elektr 
yuritmalardagi TChO‘ avtonom invertorlarining ko'prik kuch sxemali turlari keng 
qo'llaniladi. 
1-rasmda kuch sxemasi shartli ko'prik sxema bo‘lgan avtonom inver- torning 
kuch sxemasi keltirilgan bo‘lib, undagi V1- V6 yarimo’tkazgichlarni ochish va 
yopish jarayonlarini boshqarish boshqaruv signallari orqali amalga oshiriladi, ya’ni 
yarimo‘tkazgichlar toliq boshqariluvchan deb qaraladi. Kalit rejimida ishlaydigan 
tranzistorlar va sun’iy kommutatsiya zanjirli tirislorlar to‘liq boshqariluvchan 
yarimo'tkazgichlar deyiladi. 
1- rasm. Ko ‘prik kuch sxemali avtonom invertorning sxemasi. 
Invertorga aktiv yuklanish ulangan holni ko‘rib chiqamiz. 3.9- rasmdagi 
tiristorlarning tartib soni kuchlanishlar diagrammasidagi tiristorlarning navbatma-
navbat ochilishiga mos keladi (2- rasm). 
Sxemadagi tiristorlarning qayta ulanishi chiqish kuchlanishi chastotasi 
davrining har 1/6 qismida sodir bo‘ladi. Bunday ishchi sxemaning ikki ish rejimi 
bolishi mumkin; tiristor chiqish kuchlanishi chastotasining 1/2 davri oralig‘ida 
ulangan bo‘lishi, ya'ni tiristorlarning o'tkazuvchanlik burchagi λ = 180°; tiristor 
chiqishi kuchlanishi chastotasining 1/3 davri oraligida ulangan bo‘lishi, ya'ni λ 
= 120°. Birinchi holda bir vaqtning o‘zida birdaniga uchta tiristor tok o'tkazsa, 
ikkinchi holda esa ikkita tiristor bir vaqtning o'zida tok o'tkazadi. 
2-a, b rasmlardagi kuchlanishlar diagrammasi invertorning chiqish qismiga 
aktiv yuklanish ulangan hol uchun to‘g‘ri bo'lib, agar yuklanishning xarakteri 
aktiv-induktiv bo‘lsa, u holda elektromagnit jarayonlarning kechishi ancha 
murakkab boladi va ularning tahlilini asoslashda barcha turdagi avtonom 
invertorlarni kuchlanish avtonom invertorlari (KAI) va tok avtonom invertorlari 
(TAI) guruhlarga bolib qarash maqsadga muvofiq bo'ladi. 


 
 
2-rasm. Tiristorlarning o‘tkazuvchanlik burchaklari λ = 180° (a) va λ = 120°(b) 
bo'lgandagi avtonom invertorning kuchlanishlar diagrammasi. 
 
Kuchlanish avtonom invertorlarning asosiy shartlaridan biri ishchi sxemasidagi 
tiristorlar to‘liq boshqariluvchan bo'lishi kerak. Ko'pgina hollarda KAIning 
chiqishidagi kuchlanishni yuklanishga mos ravishda rostlash talab etiladi. KAIning 
chiqishidagi kuchlanishni kuch sxemasidagi tiristorlarni ma’lum ketma-ketlikda 
ulash va ochish natijasida rostlash mumkin. KAI chiqish kuchlanishini ma'lum uch 
usulda roslash mumkin; 1) ta’minot manbayi zanjirida rostlash; 2) chiqish zanjirida 
rostlash; 3) invertorning ichki vositalari yordamida rostlash. 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling