Texnologiyalari


Milliy elektron pochta xizmatlari


Download 1.98 Mb.
bet110/134
Sana02.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#184018
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   134
Bog'liq
axborat

Milliy elektron pochta xizmatlari. Hozirgi kunda milliy pochta xizmatlari ham ancha rivojlanib bormoqda. 0‘zbekistondagi har bir Internet provayder o‘zining pochta serveri va xizmatiga ega bo‘lib, asosan o‘zining mijozlariga xizmat ko'rsatadi, ulaming ichidan mail.uz, inbox.uz kabilari ochiq hisoblanadi va bu tizimdan xoxlovchilar bepul foydalanib xat va xabarlar jo‘natib qabul qilishlari mumkin. 40

Halqaro pochta xizmatlari: Elektron pochta orqali ma’lumot yuborish uchun elektron pochta xizmati foydalaniladi. Bular mail.ru, yahoo.com, yandex.ru, gmail.com va hokazo. Bu turdagi elektron pochta xizmatlari foydalanuvchilarga qulayliklar olib keladi.

Forum tushunchasi. Veb-forum veb saytga tashrif

buyuruvchilarining o‘zaro muloqotini tashkil etish uchun mo‘ljallangan veb sayt sahifalari va uskunalari majmuidir. Qisqacha aytganda, forum bu veb-saytning tashrif buyuruvchilari muloqot o‘matadigan maydonchasi. Bunda ixtiyoriy foydalanuvchi forum veb saytiga tashrif buyurib, o‘zini qiziqtirgan mavzuni o'rtaga tashlashi va veb-saytning boshqa tashrif buyuruvchilari bilan muhokama qilishlari mumkin. Qatnashuvchilar muzokara bilan tanishib o‘z flkrlarini jo'natishlari mumkin. Bu usulda siz muhokamada qatnashayotganlami ko‘rmaysiz, faqatgina ulaming fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Forumda turli - tuman mavzular muhokama qilinadi. Bunda siz biror mavzuni tanlab, ulaming muhokamasida ishtirok etishingiz mumkin.

HTML tili. Hozirgi kunda ko‘pgina veb sahifalar Hyper Text Markup Language (HTML) - gipermatnni belgilash tili yoradamida yozilgan41. WWW tizimi uchun hujjat tayyorlashda ishlatiladi. HTML tili WWW da gipermatn hujjatlami tayyorlash vositasidir. WWW tizimidan qandaydir hujjat yoki xabar olsangiz, ekranda yaxshi formatlangan, o‘qish uchun qulay matn paydo boTganini ko‘rasiz. Bu shuni anglatadiki, WWW hujjatlarida maTumotlami ekranda boshqarish imkoniyati ham mavjud. Siz foydalanuvchining qaysi kompyuterda ishlashini bilmaysiz, WWW hujjatlar aniq bir kompyuter platformalariga moTjallangan yoki qaysidir format bilan saqlanishini oldindan ayta olmaysiz. Ammo kompyuterda ishlayotgan foydalanuvchi qaysi terminalda ishlashidan qat’iy nazar, yaxshi formatlangan hujjatni olishi kerak. Bu muammoni HTML andoza tili hal qiladi. HTML hujjatning tuzilishini ifodalovchi uncha murakkab boTmagan buyruqlar majmuidan iborat. HTML buyruqlari orqali matnlami istagancha shaklini o‘zgartirish, ya’ni matnning ma’lum bir qismini ajratib olib boshqa faylga yozish, shuningdek boshqa joydan turli xil rangli tasvirlami qo‘yish mumkin. U boshqa hujjatlar bilan bog‘laydigan gipermatnli aloqalarga ega.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling