Kompyuter grafikasida rang tushunchasi va rang modellari. Kompyuter grafikasida rang juda muhim - kuzatuv taassurotni kuchaytirish va tasvimi axborotga boyitish rolini o‘ynaydi. Biz ko‘rayotgan yoritilgan buyumdan qaytgan yorugMik ko‘z qorachig‘i orqali ko‘zimizga o‘tadi va ko‘z ichidagi asab hujayralarini qo‘zg‘atadi. Bu hujayralar asab tolalari orqali miya bilan bog‘langanligi tufayli ko‘z yorug‘ligi mivaga o‘tadi va ongimizda buyumni ko‘rish tuyg'usi paydo bo‘ladi. Biz buyumni ko‘ramiz. Atrof muhitni bunday ko'rish qobiliyati ko‘rish deb, ko'rish a’zosi esa ko‘z deb ataladi.
Biz sezgi organlarimiz orqali atrof muhit haqida juda ko‘p ma’lumot olamiz. Bu ma’lumotlaming 90% ni ko‘rish orqali qabul qilamiz. Yorug‘lik oqimi bu ma’lumotlami eltuvchi hisoblanadi.
Bizning ko‘zimiz miya bilan organizmning asab sistemasi orqali bog‘langan. Agar ko‘zning tuzilishini fotoapparat, kinoga olish apparati va televizion kamera kabi hozirgi zamon optilcaviy apparatlarining tuzilishi bilan taqqoslasak ular orasida o‘xshashlik borliqini sezishimiz mumkin.
Biror bir ranglar aralashmasidan olish mumkin bo‘lmagan ranglar asosiy ranglar deyiladi. Qizil, yasxil va ko‘k ranglar-asosiy ranglar hisoblanadi.
RGB modelining nomi Red - qizil, Green - yashi! va Blue - ko‘k birlamchi ranglaming bosh harflaridan olingan bo‘lib, ushbu ranglaming turli proporsiyalarda aralashtirish natijasida ko‘rinuvchi spektming turli xil boshqa ranglarini olish mumkin. Birlamchi ranglaming aralashmasidan ikkilamchi moviy, pushti va sariq ranglar hosil bo‘ladi. RGB modelining tashkil etuvchilari 0 dan 255 gacha qiymat qabul qilishiari mumkin. R=255, G=255, B=255 bo‘lganda oq rang, R=0, G=0, B=0 bo‘lganda esa qora rang hosil qilishimiz mumkin.
CMYK modeli bo'yoqlarning numi yutish qobiliyatiga asoslangan. Oq rangning nur o‘tuvchi bo‘yoqdan o'tishida spektrning bir qismi yutiladi. Yutilmagan nur qaytadi va odam ko‘ziga tushadi. Ranglar moviy, pushti va sariq ranglar aralashmasidan paydo boMadi. Ulaming to‘liq aralashmasidan qora rang hosil bo‘ladi. Modelining tashkil etuvchilari 0 dan 100 gacha
6.1 -rasm Rang modellari
HSB modeli. Model nomi unga asos bo‘lgan uch komponentning bosh harflaridan olingan: Hue — rang toni; Saturation - to'yinganlik; Brightness - yorqinlik. Model odam ko‘zining rangni his qilish qobiliyatiga asoslangan.
Rang toni 0 dan 360 gradusgacha diapazondagi burchak kattaligi bilan tavsiflanadi.
To‘yinganlik (yoki xromatiklik) rangning tozalik darajasidir. U kul rangning boshqa rangga nisbati bilan aniqlanadi (0% - kul rang, 100% - to‘la to'yingan rang).
Kompyuter grafikasi bilan ishlash shaxsiy kompyuterlarda foydalaniladigan ommabop yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ixtiyoriy tashkilotlarda vaqti-vaqti bilan gazeta va jumallarda reklama e’lonlari yoki varaqalarini chiqarish zaruriyati tug‘iladi. Yirik firmalar bu ishni bajarish uchun maxsus dizayner byurosi va reklama agentliklariga buyurtma berishadi. Kichik tashkilotlar bu ishni bajarish katta mablag‘ talab qilganligi uchun zamonaviy kompyuterlarda mavjud bo‘lgan dasturiy vositalardan foydalanib o‘zlari bajarishadi. Hozirgi vaqtda multimedia dasturlarida kompyuter grafikasidan albatta foydalaniladi. Intemetda Web sahifasini tuzishda, o‘qitish jarayonlarida, multimedia dasturlarida, rassomchilik va dizaynerlik ishlarida va boshqa sohalarda kompyuter grafikasi imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda.
Grafik bilan ishlashga mo‘ljallangan dasturlar grafik muharrirlari deyiladi. Grafik muharrirlari asosan uchta katta guruhga bo‘linadi: rastrli grafik, vektorli grafik va fraktal grafik muharrirlari. Bu guruhlarga kiruvchi dasturlaming asosiy farqi shundaki, rastrli grafik muharrirlarida tasvirlaming rangi asosiy vosita hisoblansa, vektorli grafik muharrirlarida esa tasvirlaming shakli asosiy vosita hisoblanadi. Rastrli grafik muharrirlarga kiruvchi dasturlami shartli ravishda ikkita, ya’ni grafikli tasvirlami tashkil qilish va tayyor grafikli tasvirlami qayta ishlash guruhlariga ajratish mumkin. Yangi tasvirlami tashkil qilishda rassomlik qobiliyati, tayyor tasvirlami qayta ishlashda esa, texnik usullar hamda amaliy malakaga ega bo‘lish talab qilinadi.
Grafikli tasvirlar bilan ishlashga mo'ljallangan ko‘plab dasturlar mavjud. Bir qancha grafik muharrirlar, masalan, Paint, Adobe Photoshop, CorelDRAW va Adobe Illyustrator kabi dasturlar grafiklar chizish uchun mo‘ljallangan. Bu guruhga mansub bo'lgan eng sodda dasturlardan biri Paint dasturi hisoblanadi.
Rastrli grafik muharrirlarda asosiy element sifatida nuqta qaraladi. Nuqtalar ekranda piksellar deb ataladi. Kompyuter amaliyot tizimi ekran grafik kengligini qanday o‘matganligiga qarab, ekranda tasvirlami 640x480, 800x600, 1024x768 va undan ko‘p piksellarda berish mumkin. Bu parametr dyuymlarda o‘lchanadi. Dioganali 15 dyuymli (1 dyuym=2.54 mm) monitorlarda tasviming o‘lchami ekranda taqriban 28x21 santimetmi tashkil qiladi. Demak, 800x600 pikselli rejimdagi kompyuter ekranida ekranni tasvirlash qobiliyati 72 dyuymga teng bo‘ladi. 10x15 sm o‘lchamdagi fotosuratlar taxminan 1000x1500 piksellardan iborat bo‘ladi. Rastrli grafik tasvirlar bilan ishlashda muammolardan biri katta hajmdagi xotira talab qilinadi. Shuning uchun rastrli grafik tasvirlar, masalan, multimedia imkoniyatlaridan foydalanish uchun kompyuterlar talab qilinadi.
Adobe Photoshop dasturi va uning imkoniyatlar
Bugungi kunda tayyor tasvirlar bilan ishlashga moMjallangan dasturlar ichida eng asosiysi Adobe Photoshop grafik muharriri hisoblanadi. Adobe Photoshop grafik muharriri birinchi navbatda grafikli tasvirlami tashkil qilish emas, balki ulami qayta ishlash uchun mo‘ljallangan. Dastuming asosiy boshqarish elementlari menyu qatori va uskunalar majmuasida joylashgan. Hozirgi kunda bu dastuming bir qancha versiyalari mavjud: Adobe Photoshop 4.0,...7.0, CS, CS2,...CS6. Dastuming bu versiyalari bir-biridan imkoniyatlari bilan farq qiladi. Photoshop dasturi bilan ishlashda asosiy vosita bo‘lib sichqoncha ishlatiladi.
Adobe Photoshop dasturi yordamida fotosuratlarga qo‘shimcha kiritish, fotosuratdagi dog'larni o‘chirish va eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo‘shimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlami o‘zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli bo'lib, kitoblar, gazeta va jumallami turli-tuman rasmlar bilan boyitishda katta qulayliklar yaratadi.
Adobe Photoshop dasturini yuklash uchun “Пуск” tugmachasi yordamida “Приложения” bandiga kiriladi va dasturlar ro‘yxatidan Adobe Photoshop dasturi tanlanadi.
6.2-rasm. Adobe Photoshop dasturing umumiy ko'rinishi
Adobe Photoshop oynasining yuqori qismida sarlavha qatori va Windowsga xos elementlar joylashadi. Sarlavha satridan so‘ng menyu qatori joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |