Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al


O’zbekistonda mustaqillik yillarida buyuk allomalarning


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana23.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1392608
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
dinshunoslik4

16.O’zbekistonda mustaqillik yillarida buyuk allomalarning 
ilmiy-ma’naviy merosiga berilgan e’tibor.
Mustaqillik yillarida 
Vatanimiz tarixini yoritish va o`rganish masalalariga alohida e‘tibor 
berilmoqda. Sovet davridagi sinfiylik yondashuv va hukmron 
kommunistik mafkura tayziqi ostida taqiqlangan tarixiy mavzulardagi 
asarlar chop etilib, xalqimiz tarixini holislik, haqqoniylik asosida tiklash 
va chuqur, har tomonlama tadqiq qilishga kirishildi. Bu borada o`zbek 
xalqi va o`zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini 
holisona ilmiy asosda yoritish vazifalarini Birinchi Prezident I.A. 
Karimov bir guruhi tarixchilar bilan 1998 yil iyun oyida bo`lgan suhbati 
va Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Fanlar 
Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to`g’risida”gi 
qarorida belgilanishi alohida ahamiyat kasb etdi. 
Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq 
toptirishga qoʼshgan betakror hissasi toʼgʼrisida soʼz yuritganda, eng 
avvalo, haqli ravishda musulmon olamida «muhaddislar sultoni» deya 
ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy bobomizning muborak 
nomlarini hurmat-ehtirom bilan tilga olamiz. Bu moʼʼtabar zot 
merosining gultoji boʼlmish eng ishonchli hadislar toʼplami – «Аl-jomeʼ 
assahih» kitobi islom dinida Qurʼoni karimdan keyingi ikkinchi 
muqaddas manba boʼlib, ahli islom eʼtiqodiga koʼra, u bashariyat 
tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulugʼi hisoblanadi. Mana, oʼn 
ikki 
asrdirki
, bu kitob millionlab insonlar qalbini iymon nuri bilan munavvar 
etib, haq va diyonat yoʼliga chorlab kelmoqda. 
Yana bir ulugʼ vatandoshimiz – Аbu Iso Muhammad ibn Iso 
Termiziyning maʼnaviy merosi, jumladan, «Sunani Termiziy» asari ham 
musulmon olamida ana shunday yuksak qadrlanadi. Аllomaning asrlar 
davomida olimu fuzalolarga dastur boʼlib kelgan insof va adolat, inson 
parvarlikni targʼib etuvchi gʼoyalari hozirgi murakkab davrimizning 
koʼplab axloqiy-maʼnaviy masalalarini hal etishda ham muhim 


ahamiyat kasb etishi bilan eʼtiborga molikdir. Manbalarning guvohlik 
berishicha, Imom Buxoriy vafot etgan, yaʼni milodiy 870 yili 
tariximizdagi yana bir mumtoz siymo Imom Moturidiy tavallud topgan 
ekan. Bu voqea zamirida shaxsan menga ilohiy bir bogʼliqlik, Ollohning 
buyuk marhamati ordek, bamisoli Imom Buxoriyning nurli qalamini 
Imom Moturidiy olib, ul zotning xayrli ishlarini davom ettirishga bel 
bogʼlagandek tuyuladi. Imom Moturidiy bobomizning oʼrta asrlardagi 
gʼoyat xatarli va tahlikali bir vaziyatda oʼz hayotini xavf ostiga qoʼyib, 
avlodlarga ibrat boʼladigan maʼnaviy jasorat namunasini koʼrsatib, 
islom olamida «Musulmonlarning eʼtiqodini tuzatuvchi» degan yuksak 
sharafga sazovor boʼlgani bu nodir shaxsning ulkan aql-zakovati va 
matonatidan dalolat beradi. l zot asos solgan moturidiya maktabi 
Sharq mamlakatlarida unday katta shuhrat topishining sababi 
shundaki, unda ilgari urilgan gʼoyalar islom dinimizning asosini 
toʼgʼrilik, ezgulik va insoniylikdan iborat deb biladigan jamiki 
moʼminmusulmonlarning qarash va intilishlari bilan hamohang edi. 
Oʼzining beqiyos salohiyati bilan 
buyuk ilmiy maktab yaratib
, oʼzal 
Fargʼona diyorini jahonga tarannum etgan islom huquqshunosligining 
yana bir ulkan namoyandasi Burhoniddin Margʼinoniyning tabarruk 
nomini butun musulmon dunyosi yuz yillar davomida eʼzozlab keladi. 
Bu moʼʼtabar allomaning Sharq olamida «Burhoniddin va milla», yaʼni 
«Din va millatning hujjati» degan yuksak unvonga sazovor boʼlgani 
ham buni yaqqol isbotlaydi. Margʼinoniyning oʼlmas merosi, xususan, 
ellik yetti kitobdan iborat «Hidoya» – «Toʼgʼri yoʼl» deb atalgan asari, 
mana, sakkiz asrdirki, musulmon mamlakatlarida eng nufuzli va 
mukammal huquqiy manba sifatida eʼtirof etib kelinayotgani albatta 
bejiz emas. Butun dunyoga maʼlum va mashhur boʼlgan buyuk alloma 
va azizavliyolarimiz orasida Аbdulxoliq Gʼijduvoniy va Bahouddin 
Naqshbandning muborak siymosi alohida ajralib turadi. 
Otabobolarimiz ulugʼ avliyo Bahouddin Naqshbandga chin dildan ixlos 
qoʼyib, uni «Bahouddini Balogardon» deb taʼriflab kelishida teran 
maʼno bor. Uning «Diling Ollohda, qoʼling mehnatda boʼlsin» degan 
hayotbaxsh hikmati dinimizning olijanob maʼno-mohiyatini yorqin 
ifodalab, xuddiki shu bugun aytilgandek jaranglaydi. Bu murakkab 
dunyoning azaliy va abadiy muammolari, shu bilan birga, har bir 
davrning dolzarb masalalariga har tomonlama asosli ilmiy javoblar 
topilgan taqdirdagina maʼnaviyat olami yangi maʼno-mazmun bilan 
boyib boradi. Boshqacha aytganda, har bir ilmiy yangilik, yaratilgan 
kashfiyot – bu yangicha fikr va dunyoqarashga turtki beradi, 
maʼnaviyatning shakllanishiga oʼziga xos taʼsir oʼtkazadi. 
Shu nuqtai 
nazardan qaraganda
, zaminimizda yashab oʼtgan buyuk allomalarimiz, 


mutafakkir bobolarimizning ibratli hayoti va faoliyati, bemisl ilmiy-
ijodiy kashfiyotlari bugun ham jahon ahlini hayratga solayotganini 
gʼurur bilan taʼkidlash lozim.Masalan, Muhammad Muso Xorazmiyning 
oʼnlik sanoq sistemasini, algoritm va algebra tushunchalarini dunyoda 
birinchi boʼlib ilm-fan sohasiga joriy etgani va shu asosda aniq fanlar 
rivoji uchun oʼz vaqtida mustahkam asos yaratgani umuminsoniy 
taraqqiyot rivojida qanday katta ahamiyatga ega boʼlganini barchamiz 
yaxshi bilamiz. Bugungi kunda odamzotning ilm-fan va zamonaviy 
texnologiyalar borasida erishayotgan ulkan yutuqlarini koʼz oldimizga 
keltirar ekanmiz, beixtiyor ana shu buyuk bobomiz misolida bunday 
yuksak marralarga erishishda oʼzbek xalqining ham munosib hissasi 
borligidan qalbimiz iftixorga toʼladi. 
Yana bir ulugʼ ajdodimiz – Аhmad Fargʼoniy insoniyat tarixidagi ilk 
Uygʼonish davrining eng zabardast va kuchli namoyandasi, oʼz 
zamonasining fundamental fan asoschilaridan biri sifatida bashariyat 
dunyoqarashi va maʼnaviyatining rivojlanishiga beqiyos taʼsir koʼrsatdi. 
Uning bebaho merosi oʼz davri olimlari uchun 
dasturilamal boʼlib xizmat qilgani tarixiy manbalar orqali yaxshi 
maʼlum. Аllomaning «Аstronomiya asoslari haqida kitob» nomli asari 
oʼn ikkinchi asrdayoq lotin va ivrit tillariga tarjima tilgani ham bu 
fikrning dalilidir. Yevropada Аlь-Fraganus nomi bilan mashhur boʼlgan 
bu allomaning ilm-fan rivojidagi nufuzi shu qadar yuksak ediki, uning 
ismi sharifi yer kurrasidagina emas, balki samoda ham shuhrat topdi. 
Oʼn oltinchi asrda Oydagi kraterlardan biriga uning nomi berilgani bu 
fikrni isbotlaydi. Аtoqli astronom Yan Geveliy tomonidan 1647 yili 
nashr qilingan «Selenografiya» kitobida Oydagi kraterlardan ikkitasi 
ikki buyuk vatandoshimiz – Аhmad Fargʼoniy va Mirzo Ulugʼbek nomi 
bilan ataladi. Milliy tariximizning yana bir yorqin yulduzi Аbu Rayhon 
Beruniy faoliyatiga 
haqqoniy baho berar ekan
, amerikalik fan tarixchisi 
Sarton XI asrni «Beruniy asri» deb taʼriflaydi. Bunday yuksak va haqli 
baho avvalo qomusiy tafakkur sohibi boʼlmish buyuk 
vatandoshimizning ilm-fan taraqqiyotiga qoʼshgan beqiyos hissasi bilan 
izohlanadi. Shu oʼrinda taʼkidlash joizki, Beruniy ilmiy masalalarda ham
tarixiy voqea hodisalarga, oʼz zamondoshlariga baho berishda ham oʼta 
xolislik va haqqoniylik bilan fikr yuritgan. Shu bois ham u hayotda koʼp 
aziyatlar chekkan, hatto umrining oxirida turmush qiyinchiliklariga 
duchor boʼlgan, ammo har qanday ogʼir sharoitga qaramasdan, 
eʼtiqodidan qaytmagani uning oʼz maʼnaviy ideallariga naqadar sodiq 
boʼlganidan dalolat beradi. Аna shunday noyob fazilatlar sohibi 
boʼlmish mashhur alloma Ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari necha 
asrlar davomida Yevropaning eng nufuzli oliy oʼquv yurtlarida asosiy 


tibbiyot darsliklaridan biri sifatida oʼqitib kelingani, dunyo miqyosida 
«Meditsina», «Sogʼlom turmush tarzi» degan tushunchalarning 
fundamental asosi boʼlib xizmat qilgani, albatta, chuqur hayotiy va 
ilmiy zaminga ega. Аniqroq qilib aytganda, bu benazir allomaning 
butun ilmiy faoliyati dunyo taraqqiyotini insonparvarlik ruhida, yaʼni, 
maʼnaviy negizda rivojlantirishga ulkan taʼsir oʼtkazdi, deb aytishga 
barcha asoslar bor. Yoki oʼrta asrlarda Xorazm diyoridan 
olis 
Аrabistonga borib
, arab tili grammatikasini mukammal tarzda ishlab 
chiqqan, ilmfanning koʼplab boshqa sohalarida ham shuhrat qozongan 
Mahmud Zamahshariy bobomizni esga olaylik. Oʼzining jismoniy 
nogironligiga qaramay, dunyoning koʼplab mamlakatlariga mashaqqatli 
safarlar qilgan, teran bilimi va ilmiy salohiyati bilan butun islom olamini 
lol qoldirgan bu zot, hech shubhasiz, xalqimiz uchun maʼnaviy yetuklik 
timsoli boʼlib qolaveradi. 
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq dunyo taraqqiyotiga, jahon 
tsivilizatsiyasiga katta xissa qo`shgan ajdodlarimiz - buyuk 
mutafakkirlar, davlat arboblari ma‘naviy merosini va hayotini o`rganish 
avj oldi. Jumladan, 
Imom Buxoriy
, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, 
Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband, Burxonuddin Rabg’o`ziy 
qabilarning asarlari chop etilishi milliy qadriyatlarimizni tiklashda katta 
yuto`q bo`ldi Vatanimiz ozodligi yo`lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, 
Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Usmon Nosir va boshqa allomalarimizning 
hurmati joyiga qo`yildi va ma‘naviy meroslari xalqimizga qaytarildi. 
Buyuk ajdodlarimiz tavalludlarining yirik sanalarini nishonlash ham 
xalqimizning ulug’vor an‘analariga aylanmoqda. Jumladan, istiqlol 
yillarida Alisher Navoiy (1991), Zahiriddin Bobur (1993), Bahovuddin 
Naqshband (1993), Abduholiq G’ijduvoniy (1993), Fer(1995) kabi buyuk 
ajdodlarimizning tavallud kunlari, 
shuningdek
, Mirzo Ulug’bekning 600 
yillik (1994), Najmiddin Kubroning 850 yillik (1995), Amir Temurning 
660 yillik (1996), Imom Buxoriyning 1225 yillik (1998) va Ahmad 
Farg’oniyning 1200 yillik (1998) yubileylariga bog’liq tadbirlar nafaqat 
o`lkamizda, balki Yunesko orqali xalqaro doiralarda nishonlanishi 
vatandoshlarimizda milliy faxr tuyg’ularini yuksaltirdi. Cho`lpon, Fitrat, 
Behbudiy, Fayzulla Xo`jaev, Jaloliddin Manguberdi va boshqa 
arboblarning yubileylarini o`tkazish yuzasidan ko`rilgan chora tadbirlar 
ham ma‘naviy hayotdagi muhim qadamlar bo`ldi Yosh avlodni 
ma‘naviy barkamollik ruhida tarbiyalashda “Alpomish” dostoni 
yaratilganligining 1000 yilligini nishonlash (1999) ham xissasini qo`shdi. 
2000 yil 17 noyabr — Samarqandda buyuk fiqh olimi, kalom ilmining 
moturidiylik oqimi asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiyning 1130 
yilligi (ushbu yubiley munosabati bilan Samarqand shahrida Moturidiy 


yodgorlik majmui ochildi. Toshkent va Samarqandda Moturidiy 
ta'limoti va uning islom olamida tutgan mavqeiga bag‘ishlangan 
xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi. 2003 yil 10 may — taniqli o‘zbek 
shoiri G‘afur G‘ulom tavalludining 100 yilligi yubileyi munosabati bilan 
Toshkent shahri markazidagi madaniyat va istirohat bog‘iga G‘afur 
G‘ulom nomi berildi va bog‘da shoir haykali ochildi. 2003 yil 27 noyabr 
— Buxoro va G‘ijduvon shaharlarida tasavvuf ilmining yirik 
namoyandasi Abdulxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligi tantanali 
ravishda inshonlandi. 
Badiiy adabiyotda partiyaviylik, sinfiylik nuqtayi nazaridan 
yondoshishga chek qo‘yildi. Bahovuddin Naqshband, Feruz, Xo‘ja 
Axror, Cho‘lpon, Fitrat kabi allomalarning nomlari tiklanib asarlari chop 
etildi.Barkamol avlodni tarbiyalashdagi katta hizmatlarni hisobga olib 
adabiyotning ilg‘or namoyandalari Abdulla Oripov,Sayid Ahmad, Erkin 
Vohidov, Qayibergen To‘lepbergenov, Ibroxim Yusupovlar O‘zbekiston 
Qaxramoni unvoniga sazovor bo‘ldilar. 
1991-yili buyuk alloma, g‘azal mulkning sultoni Alisher Navoiy 
yubileyini o‘tkazish katta ahamiyatga molik voqea bo‘ldi. Bu tantanaga 
bag‘ishlanib Respublikamizda shoirning asarlari nashrdan chiqarildi. 
1994-yil Mirzo Ulubek tavallud topgan kunining 600 yilligi keng 
ko‘lamda, jahon miqyosida nishonlandi. YUNESKO ning Parijdagi 
qarorgohida yubileyga bag‘ishlangan haftalik o‘tdi. 
Mustaqillik yillarida buyuk sohibqiron Amir Temurning 660 yilligi bo‘lib 
o‘tdi. YUNESKO tomonidan 1996-yil “Amir Temur yili” deb e’lon qilindi. 
Shu yili YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida “Temuriylar davri, fan, 
madaniyat va maorifning gullab yashnashi” mavzuida anjuman va unga 
bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Mamlakatimizda “Temur va 
temuriylar” muzeyi, Amir Temur nomi berilgan bog‘lar, ko‘chalar barpo 
etildi. 
Islom olamining allomasi Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az 
Zamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, 
Bohovuddin Naqshbandiyning 675 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi. 
Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi. 
Barcha viloyatlar va shaharlarda har yili Alisher Navoiy, Bobur, 
Mashrab, Ogahiylarga bag‘ishlanib kechalar o‘tkazildi, Jaloliddin 
Manguberdining 800 
yillik tavalludi
, “Alpomish” dostoni yaratilishining 
1000 yilligi keng miqyosda nishonlandi. 
Ma’naviy hayotni takomillashtirish maqsadida Imom al Buxoriyning 
yubileyiga bag‘ishlab, Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o‘rinda 
turadigan “Al-Jome’ as-Sahiyh” (Ishonarli to‘plam), “Al-adab, al-
mufrad” (Adab durdonalari) o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashrdan 


chiqarildi. 
1998-yili Imom al Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmad al Farg‘oniy 
tavalludning 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi. 
Respublikada yubileylar munosabati bilan allomalar hayotiga 
bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy ko‘rgazmalar ochildi. 
Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi va bevosita ishtiroki bilan 
buyuk vatandoshlarimiz fiqh ilmining bilimdoni, nomi sharq va g‘arbda 
mashhur bo‘lgan Abul Hasan ibn Abu Bakr ibn Abduljalil al Farg‘oniy al-
Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi, kalom ilmining asoschisi Imom 
Abu Mansur al Motrudiy tavalludining 1130 yilligi butun 
mamlakatimizda keng nishonlab o‘tildi. 
Mustaqillik sharofati ila O`zbekiston ma‘naviy hayoti, madaniy 
taraqqiyoti uchun yangi davr boshlandi. Istiqlol tufayli xalqimiz 
ma‘naviyat zug’umlaridan ozod bo`ldi, erkin fikrga milliy, tiklanishga 
keng yo`l ochildi. Ma‘naviy hayotdagi tub sifat o`zgarishlar xalqimiz 
ma‘naviy salohiyatini mamlakatimizning ertangi porloq istiqboli uchun, 
milliy o`zligimiz va qadriyatlarimizning tiklanishi uchun va qolaversa 
milliy ongi va gururi, uyg’oq vatanparvar insonni tarbiyalash uchun 
qaratilgan. Birinchi Prezidentimiz Karimov I.A. ta‘kidlaganidek: 
“Davlatimizning qanchalik tez ulg’ayishi, kuch-quvvat ado etishi, dunyo 
hamjamiyatida o`zigamunosib o`rin egallashi, avvalombor, halqimiz 
ma‘naviy 
saviyasi
, g’ururi va fahri nechog’lik yuksak bo`lishiga 
bog’liqdir Ana shuni inobatga olgan holda yangi jamiyat barpo 
etmoqchi bo`lib, eng asosiy yo`nalishlardan biri sifatida halqimiz 
tarixini, ma‘naviy qadriyatlarimizni tiklash vazifasini quydik”. 
Darhaqiqatni, mustaqilligimizni dastlabki kunlaridanoq xalqimizning 
ko`pasrlar mobaynida yaratgan g’oyat o`lkan bebaho ma‘naviy va 
madaniy merosini tiklash davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan 
nihoyatda muhim vazifa sifatida qaralib, keng ko`lamli jiddiy tadbirlar 
amalga oshirilmoqda. Bu boradagi tarixiy ishlarning amalga oshirilishi 
yangi jamiyatimiz ma‘naviyati binosining qad rostlashiga muhim omil 
bo`lmoqda. Natijada respublikamizda ma‘naviyat sohasining yangi 
tizimi vujdga kela boshladi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling