Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana23.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1392608
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
dinshunoslik4



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-
XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI 
FILIALI 
“KOMPYUTER INJINERINGI” FAKULTETI 
1-
BOSQICH TT-11-22 (s) GURUH TALABASINING
’’Dinshunoslik” fanidan 
4-MUSTAQIL ISHI
Bajardi:
Shomurodov Shahboz


Reja: 
13.O’zbekistonda konfessiyalararo bag’rikenglikning tarixiy ildizlari 
14.Unversalizm va kosmopolitizm g’oyalarining yoshlar ma’naviyatiga
ta’siri 
15.Yangi diniy harakatlarning zamonaviy faoliyat uslublari 
16.O’zbekistonda mustaqillik yillarida buyuk allomalarning ilmiy-
ma’naviy merosiga berilgan e’tibor 
Bajarish 
13.O’zbekistonda konfessiyalararo bag’rikenglikning tarixiy ildizlari

Bizning mamlakatimiz azal-azaldan qadimiy dinlar rivoj topgan makon sifatida 
dunyo sivilizatsiyasi tarixida alohida mavqega ega. Bu muborak zaminda bizning 
ajdodlarimiz boshqa din vakillariga doimo hurmat bilan qaraganlar, mana shu yurt 
ozodligi yo'lida ular bilan birga kurash olib borgani, yelkadosh bo'lib mehnat 
qilganini hech kim inkor qila olmaydi. 
I.A.Karimov 
Ma'lumki, Markaziy Osiyo, xususan, O'zbekiston qadim asrlardan turli madaniyat, 
til, urf-odat, turmush tarziga ega bo'lgan, xilma xil dinlarga e'tiqod qiluvchi va bir-
biriga o'xshash bo'lmagan turli xalqlar, millatlar, yashagan va yashab kelayotgan 
o'lkadir. Qadim zamonlardan bizning yurtimizda zardushtliylik, buddaviylik, 
yahudiylik, nasroniylik kabi dinlar mavjud bo'lgan. VIII asrda Movarounnahrga kirib 
kelgan islom dini mahalliy xalqlarning axloq g'oyalari, huquqiy me'yorlari va urf-
odatlari bilan uyg'unlashib, hozirgi O'zbekiston mintaqasida o'z bag'rikenglik 
xususiyati bilan ajralib turuvchi hanafiy mazhabi ta'limoti hamda ijtimoiy-axloqiy va 
huquqiy 
me'yorlar 
uzul-kesil 
qaror 
topdi. 
Mustaqillik yillari O'zbekistonda ushbu tarixiy an'anaga yangicha rux bag'ishlagan 
holda turli dinlarga mansub qadriyatlarni avaylab-asrashga, barcha fuqarolarga o'z 
e'tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va 
millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilib, ushbu 
yo'nalishda boshqa davlatlarga namuna bo'ladigan boy tajriba orttirildi. 
Joriy yilning 16 noyabr` kuni Toshkent islom universitetida Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti tarkibidagi “YUNESKO” Xalqaro tashkiloti tomonidan “16 noyabr` kuni - 
Xalqaro bag'rikenglik kuni” deb e'lon qilingan kuniga bag'ishlab tashkil etilgan 
“Konfessiyalararo muloqot va diniy bag'rikenglik - jamiyat barqarorligi garovi” 
mavzuidagi ilmiy-amaliy anjumanda respublikamizda turli millat va diniy urf-odat 
hamda an'analar hurmat qilinishini ta'minlash, ularning rivojlanishi uchun sharoit 
yaratish, tenghuquqlilik va o'zaro hamkorlikni qaror toptirish sohasida amalga 
oshirilayotgan 
salmoqli 
ezgu 
ishlar 
muhokama 
qilindi.


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha 
qo'mita, 
Toshkent 
islom 
universiteti, 
“YUNESKO”ning 
O'zbekistondagi 
vakolatxonasi hamkorlikda tashkil etgan mazkur tadbirda mamlakatimizda faoliyat 
olib borayotgan turli diniy konfessiyalar rahbarlari, diplomatik korpus vakillari va 
keng 
jamoatchilik 
a'zolari 
ishtirok 
etdilar. 
Konferentsiyada so'zga chiqqanlar tomonidan O'zbekistonning istiqlol yillaridagi 
rivojlanish tajribasi ko'p millatli va turli madaniyatlar vakillari istiqomat qiladigan 
hamda ko'pkonfessiyali jamiyatda nafaqat dinlararo totuvlikka erishish mumkinligi, 
balki demokratik islohotlar va bag'rikenglik ruhini qaror toptirishning muhim 
vositasi 
bo'la 
olishini 
isbotlab 
kelayotganini 
e'tirof 
etdilar. 
Bugun O'zbekistonda 2239 ta diniy tashkilotlar, jumladan, 2065 ta musulmon, 157 
ta xristian, 8 ta yahudiy, 6 ta bahoiy, 1 ta Krishnani anglash hamda 1 ta Budda 
ibodatxonasi va O'zbekiston Bibliya jamiyati kabi diniy tashkilotlarning o'zaro 
hurmat va hamkorlik asnosida faoliyat yuritib kelayotgani, davlatimiz tomonidan 
yuzlab masjid, cherkov, ibodatxona, ziyoratgoh va osori-atiqalar asl ko'rinishida 
ta'mirlanib, diniy tashkilotlar ixtiyoriga berilgani, dindorlarimiz muqaddas 
ziyoratlarni bajarishlari uchun alohida g'amxo'rlik ko'rsatib kelinayotgani, diniy 
ta'lim 
tizimi 
izchil 
rivojlanishi
uchun qulay sharoitlar yaratilgani yuqoridagi fikrning yorqin dalillari hisoblanadi. 
Mahalliy va xorijiy diniy arboblari o'z ma'ruzalarida O'zbekiston davlatining 
dunyoviylik, diniy bag'rikenglik, barcha dinlarga bir xilda munosabat, jamiyat 
taraqqiyotida esa dinlar bilan hamkorlik qilish siyosati barcha fuqarolarning diniy 
e'tiqodi va dunyoqarashidan qat'iy nazar, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida teng 
ishtiroki tamoyili asosida amalga oshirilayotgani haqida alohida to'xtalib o'tdilar.
Diniy konfessiya rahbarlari respublikamizda dinning asl insonparvarlik mohiyatini 
turli noto'g'ri aqidalardan saqlash, dining ma'naviy-ma'rifiy salohiyatini jamiyatdagi 
barqarorlik, ijtimoiy hamkorlik, konfessiyalararo hamjihatlikni mustahkamlashga 
yo'naltirish borasida izchil siyosat yuritilayotganini mamnuniyat bilan ta'kidladilar. 
Anjuman qatnashchilari xulosa sifatida Markaziy Osiyoning jahon geosiyosiy 
tizimidagi ahamiyati ortib borayotgan bugungi kunda mintaqada muhim o'rin 
tutgan yurtimizni dinni siyosatlashtirayotgan oqimlarning tahdididan himoya qilish, 
fuqarolarga o'z e'tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berish, 
asl diniy qadriyatlarni avaylab-asrash, diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlikni 
yanada mustahkamlash muhim vazifalardan bo'lib qolayotgani, ushbu masalalarni 
muvaffaqiyatli hal etilishi o'lkamizda asrlar osha hukm surib kelayotgan diniy 
bag'rikenglikning bundan buyon ham jamiyatimiz taraqqiyotini belgilab beruvchi 
muhim omillardan bo'lib qolishiga mustahkam zamin yaratishini qayd etdilar.
Konferentsiyada respublikamizda bugungi kunda dinlararo totuvlikni va 
hamjihatlikni ta'minlash, jamiyatda bag'rikenglik ruhini mustahkamlashda 
erishilgan yutuq va boy tajriba boshqa ko'pmillatli va ko'pkonfessiyali davlatlar 
uchun 
namuna 
bo'la 
olishi 
alohida 
e'tirof 
etildi. 


Tadbir doirasida mustaqillik yillarida respublikamizda turli konfessiyalar tomonidan 
chop etilgan diniy mazmundagi adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil qilindi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling