Texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana27.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1134321
1   2   3   4   5
Bog'liq
Akademik nutq inomjon(referat )

Asosiy qism 
O'zbek tilining izohli lug'atida “Hujjat” so'ziga quyidagicha izoh beriladi: 
"Hujjat” arabcha so‘z bo'lib, qayd qilish, tasdiqlash ma’nosini bildiradi. Shuningdek, 
u ijtimoiy tarixiy ahamiyatga ega bolgan yozuv va suratlar, asar yoki adabiyot 
ma’nosini ham ifodalaydi. 
O‘tmishdagi hujjatlar aslida yaqindagina vujudga kelmagan. U qadim 
davrlarga borib taqaladi. 
Turkiy xalqlarda ham hujjat tuzish qadimdan mavjud bo'lgan. X- asr va undan 
oldingi davrlarga oid turli hujjat namunalari bizgacha yetib kelgan. Hatto 
M.Qoshg'ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida “Bushug‘” so‘zi uchraydi. U 
elchiga qaytib ketish uchun beriladigan ijozat qog'ozi, shuningdek, elchilarga 
beriladigan sovg‘a ma’nolarini bildiradi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik” 
asarida yorliq va noma ma’nosi o'rnida “bildargulik” so‘zi ishlatilgan. Hozirgi kunda 
faol qo‘llanishga o'tgan “bildirishnoma”, “bildirish” shu so'zdan olingan. Sho'rolar 
davrida bu so‘z “raport” deb yuritilardi. Qadimshunos olimlar tomonidan olib 
borilgan izlanishlar natijasida ko'pgina ma’lumotlarga ega bo'lindi. Namangan 
viloyati Kosonsoy shahri yaqinidagi Mog’il qal'asidan VII-VIII asrga oid 80 ta hujjat 
topilgan. Ular milliy so‘g‘d yozuvida bo'lib, toldan kesilgan tayoqcha, teri va xitoy 
qog‘ozlariga bitilgan.
Hujjatlar mazmunan huquqiy xarakterga ega. Bir turkumi diplomatik 
aloqalarga oid bolib, arablarga qarshi harbiy kuchlami birlashtirish masalasiga 
bag'ishlangan. Hujjatlarda buyruqlar, soliq va boj yig‘ish moliyaviy harajatlar 
ro'yxati va boshqalar aks etgan. Xorazm xarobalaridan esa charm va taxtachaga 
yozilgan hujjatlar topilgan. Tuproqqal'a hayot bo‘lgan davrdagi xonadan 
a'zolarining ro'yxati, harbiy chaqiriq, soliq, jon-mol ro'yxati, xo'jalik asboblarining 
olingani haqidagi tilxat qadimgi hujjatlardan darak beradi. Turkiy tillar mutaxassisi 
S.E.Malov “Памятники древнетюркской письменности” (М-Л, 1951) asarida 
qadimgi turkiy yozuvida XIII asrlarda bitilgan qadimgi hujjat (shikoyat, oldi- sotdi, 
ijaraga qo'yish, tilxat) namunalarini keltiradi.


Qimmatli ma’lumot beruvchi X-asr olimi Abu Abdulloh al-Xorazmiy “ilmlar 
kaliti” asarining “arab” ilmlari qismida ish yuritish daftarlarini sharhlab, Samoniylar 
davlatidagi soliq xillari va ularni yig'ish yo'li, hajmi, Sharq mamlakatlarining 
hududlarida ishlatilgan og‘irlik hamda o'lchov birliklarini keltiradi. Askarlar 
ro'yxati, beriladigan maosh, kiyim-kechak shakllarini keltiradi. O'sha davrda 
Markaziy Osiyoda keng tarqalgan o'lchov birliklari haqida ma’lumot beradi. Ular 
boshqa manbalarda hozir uchramaydi. 
“Eski uyg‘ur yozuvi” (Q.Sodiqov), «Древний Хорезм» (С.П.Толстой), 
«Ганчи, ганчибоши в Кокандском ханстве» (А.Л.Тротская) kabi manbalarning 
ahamiyati katta. Ma’lum bo'lishicha, X-XIX asrlarda farmon, yorliq, noma, bitim, 
arznoma, qarznoma, vasiqa, vaqfnoma, tilxat kabilar keng iste'molda bo'lgan. 
Hozirgi kunda vaqfnoma, vasiqa, noma, arznoma kabi hujjatlar tilimizda 
ishlatilmaydi. Manba sifatida “Boburnoma" asarining o'z o‘rni bor, chunki unda 
farmon, mirzo, sulh, tamg'a hatto ariza o'rnida “arzadosh” qo'llanilgan. Shuni qayd 
qilish mumkinki, hozirgi kunda tilimizda tor ma’noga ega bo'lgan '"patta” so'zi XlX-
asrda Qo'qon xonligida keng ishlatilgani ma’lum. 
Dunyoning har bir mamlakatida qadimdan rasmiy ish qog'ozlari qo'llanilib 
kelgan. Masalan: eramizdan avval bo'lgan Bobil (Vavilion) davlatining 1792 - 1950 
- yillar podshoxi Xammurapining buyrug'i bilan tayyorlangan qonunlar majmuasi 
mavjudligi haqida amerikalik sharqshunos Edvard Kira “Они писали на глине” 
(1984-у) asarida ma’lumot beradi. Qonun majmuasi 247 moddadan iborat bo'lib, u 
basalt ustuniga qadimgi mixxat bilan yozilgan. Qonunda yerga egalik, savdo- sotiq, 
iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar aks etgan. Bobil hozirgi Iroqning janubiga to‘g‘ri 
keladi. 
Rossiyada hujjat yuritish IX-X asrlardan boshlangan. X-asrga kelib 
shartnomalarda muhrlar qo’llana boshlagan. XlV-asr oxirlaridan boshlab hujjatlar 
qog‘ozlarda o‘z ifodasini topishga o‘tgan. Manbalar Pyotr davrida “Dokument” 
so‘zining ishlatila boshlaganidan darak beradi. U tor ma’noda shaxsni tasdiqlovchi 
hujjat (pasport) o‘rnida ishlatilgan. Keng ma’noda - guvoh beruvchi, ibratli, 
namunali, dadil, isbotlovchi ma’nosida qo‘llanilgan. 


Turkiston Respublikasidan ajralib chiqqan O'zbekiston respublikasi 1924-yil 
31-dekabrda 48-raqamli “Ishlarni o‘zbek tilida yuritish” to‘g‘risida muhim qaror 
qabul qildi. Qarorda butun boshqaruv idoralarida hamma rasmiy ish qog'ozlari faqat 
o‘zbek tilida yuritish, o‘zbekcha rasmiy hujjatlar tuzish, yo'riqnomalarni tayyorlash 
topshirildi. Qarorni hayotda qo'llash uchun ishchi hay’at yuzaga keldi. Har bir 
tashkilot, muassasa va idoralarda ish yuritish bo'limlari tashkil qilindi. Qarorda 
dekretga bepisand qarovchilarga chora ko'rish kerakligi ta'kidlangan edi. Ish qog‘oz 
namunalari maxsus tayyorlandi. Ammo 30-yillarda vaziyat o‘zgardi. Ayniqsa 1938-
yilgi qabul qilingan “Об обязательном изучении русского языка” qaroridan keyin 
milliy tillar, xususan, o'zbek tilini cheklash siyosati boshlandi. Ish yuritish asosan, 
rus tilida yuritiladigan bo'ldi.
Nihoyat, 1989-yili O'zbekiston Respublikasining “Davlat tili to'g'risida” 
qonuni qabul qilindi. Qonunga muvofiq 8 yil mobaynida barcha rasmiy hujjatlar 
o'zbek tilida yozilishi kerak edi. 1995-yil 21-dekabrda qonunning yangi tahrir 
qilingan variantida o'zgartirish va qo'shimchalar o'z ifodasini topdi. Qonunning 8-
19-moddalarida ish yuritish o'zbek tilida, shuningdek, ish qog'ozlari rus hamda 
boshqa tillarda tuzish va qabul qilish mumkinligi ko'rsatib o‘tilgan. Bu respublikada 
milliy munosabatlarning barqarorligini ta'minlash bilan bog'liq edi. 
1995-yil 24-avgust 339-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi o'zbek tilining lotin 
imlosiga asoslangan yangi alifbo qoidalarini tasdiqladi. Ish qog'ozlari yangi alifboda 
qoidalarga rioya qilingan holda yoziladigan bo'ldi. 
O'zbekiston mustaqil bo'lgach, ish yuritishning ijtimoiy hayotdagi o'rni 
o'zgacha tus oldi. Hujjatlarni avval rus tilida belgilangan qolipda yozilgan bo'lsa, 
ularni o'zbekona tayyorlash yo'liga o'tildi, e’tibor o'zgardi. Rasmiy ish 
qog'ozlarining ahamiyati ortdi, chunki jamiyat bilan uning a'zolari o'rtasidagi 
munosabat, hatto davlatlar orasidagi aloqa, davlat tashkilotlari ichidagi qonun- 
qoidalar davlat tilida keng yuritila boshlandi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling