Texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi
O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi 1994-yil 18-avgustda 424-son qaror
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Akademik nutq inomjon(referat )
O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi 1994-yil 18-avgustda 424-son qaror
qabul qildi. Qaror tom ma’nodagi hujjatchilikni shakllantirish va rivojlantirish yo'lida muhim qadam bo'ldi. 1999- yil 29-martda 140-son qaroriga ilova qabul qilinib, unda ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo'yicha namunaviy yo‘riqnoma berildi. Yo‘riqnomada umumiy qoidalar, shuningdek, hujjatlashtirish, kelgan xat-xabarlarni qabul qilish va ro'yxatga olish, jo'natish, hujjatlarning ijrosi ustidan nazorat tartiblari ko'rsatilgan. Vazirlar Mahkamasining qarorlari so‘zsiz tom ma’nodagi o‘zbek hujjatchiligini hozirgi kun talablari asosida shakllantirish va rivojlantirishda maqsadga muvofiq ish bo’ladi. O‘zbek tilidagi hujjatchilikni takomillashtirishda mavjud tajribalardan foydalanish o'rinli. Bunda. albatta o'zbek tilining o‘z qonun-qoidalariga rioya qilish kerak. Masalan, sana yozishda o‘zbek tilining tabiatga mos qilib avval yil keyin oy “2007-yil 8-mart” deb yozish to'g'ri bo'ladi. Hujjatlarni sof o'zbek tilidagi andozalarini yaratish, bular bilan bog'liq atamalarning bir xilligiga erishish takomillashtirishning muhim masalalaridan. Hujjatlar tuzish, ijro etish uslubi ustida ish olib borish, Davlat bo‘yicha yagona nusxalarini ishlab chiqish shu kunning dolzarb vazifasiga kiradi. Bu ishlarning sust borishida hujjatlarni tuzish yo'llari, shakli, tili, uslubini o'rganuvchi va belgilab beruvchi ilmiy markazning yo’qligi deb hisoblash o'rinli. Tarixda Bobil shohi Hammurapining (mil.av.1792-1750-yy.) va shoh Ur- Nammuning (mil.av.2112-2094-yy.) qonunlar majmui eng qadimgi va nodir hujjatlar namunasi sifatida mashhurdir. Davlatni idora qilish tartib-qoidalari, turli mansab egalarining vazifalari, soliq solish va uni to‘plash tartibi, harbiy yurishlar o‘tkazish, qo‘zg‘olonlarni bostirish qoidalari bayon etilgan turk hoqonlarining “Qonunnoma”si, Xondamirning “Qonuni Humoyun”i, Ro‘zbexoning “Suluk al- muluk” kitobi kabi noyob manbalar ham turkiy xalqlar tarixida hujjatchilik an’analarining qadimgi davrlardan boshlanganligini ko‘rsatadi. Qayd etib o‘tilgan tarixiy manbalardan tashqari hoqonliklar, shohliklar, xonliklar, amirlik va bekliklarda yuritilgan farmonlar, bitimlar, arznomalar, yorliq, tilxat, qarznoma va guvohnomalar kabi hujjatlarning turli yozuvlarda tayyorlangan nusxalari, namunalari bizgacha yetib kelgan. Davlatning ichki va tashqi siyosatida muhim o‘rin tutuvchi yorliqlar o‘rta asrlarda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Bunga To‘xtamishxonning 1393-yili polyak qiroli Yagayloga yo‘llagan yorlig‘i, Temur Qutlug‘ning 1397-yilda berilgan yorlig‘i, Umarshayxning marg‘ilonlik Mir Sayid Ahmadga 1469-yili taqdim etgan yorlig‘i, Toshkent hokimi Yunusxonning 1797-yil 2-iyunda Rusiya podshosiga yuborgan yorliqlari va boshqa shu kabi hujjatlarni misol tariqasida keltirish mumkin (2, 3-12-b., 6, 85-90-b.). Bizgacha yetib kelgan hujjatlar ichida eng muhimi va butun dunyoga tarqalib, shohlar va sarkardalar, davlat arboblari uchun dasturilamal vazifasini o‘tab kelgan noyob manba buyuk bobokalonimiz sohibqiron Amir Temurning “Temur Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling