Texnologiyalari vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Download 429.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana19.06.2023
Hajmi429.18 Kb.
#1622538
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
amaliyot



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI 
TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI MUHAMMAD 
AL-XORAZMIY NOMIDAGI
 
TOSHKENT 
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
 
 
Fakultet: “Telekommunikatsiya texnologiyalari” 
AMALIYOT HISOBOTI 
 
 
Bajardi: 414-19 – guruh talabasi 
Ibrohimov Nu’monjon 
TOSHKENT 2023 


Reja: 
I. KIRISH 
1.1 Texnika xavfsizligi qoidalari 
II. ASOSIY QISM 
2.1. Operatsion tizim tushunchasi 
2.2. Kompyuter tarmoqlari va ularning ahamiyati 
2.3. Qo‘shimcha kompyuter dasturlari 
2.4 Wi-Fi qurilmasi o‘rnatish tartib qoidalari 
III. XULOSA 
IV. Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH 
Ma’lumki hozirgi kunda axborot texnologiyalari sohasi ildamlik bilan 
rivojlanib borayotgan bir paytda, bu jarayon dunyo mamlakatlari va uning 
mutasaddilari shu bilan birgalikda axborot texnologiyalari sohasi 
mutaxassislarining zimmasiga o‘lkan vazifalarni yuklamoqda. Bu esa o‘z 
o‘rnida har bir mamlakatda o‘qitish sohasi, aniq qilib aytganda kompyuter 
texnologiyalari sohasidagi ta’limni yanada isloh qilish, ularni zamon 
talablariga moslashgan andozalar asosida qurishni talab etmoqda. XXI-
asrning axborot asri deb atalishining zamirida o‘lkan ma’nomazmun 
yotganligini hozirgi kunning har bir o‘quvchisi-yu, talabasi, nainki har-bir 
aqli raso insoni anglab yetdi va yetmoqda. Axborotga talab va ehtiyoj azal-
azaldan katta miqyosda bo‘lib kelgan. Biroq, hozirgi kunga kelib unga 
bo‘lgan talab va zarurat har qachongidan kuchayganligiga hech bir shaxs 
shubxa qilmasligi tayin. Zeroki axborot XXI-asrga kelib eng qimmat 
moddiy ashyoga aylanib qoldi desam ayni haqiqat bo‘ladi. 
Fan-texnika, tibbiyot, moliya va iqtisod, soliq hattoki davlat boshqaruvi 
organlarida axborot texnologiyalarining qullanilishi bu ishlarda yuqori 
unumdorlik va samaradorlikni olib kelmoqda va olamshumul natijalarga 
erishilamoqda. Masalan, hozirgi kun tibbyoti juda murakkab tadqiqotlarni, 
o‘ta nozik jarrohlik operatsiyalarini olib borishda kompyuter 
texnologiyalaridan foydalanishi hammani quvontirishi turgan gap. Chunki, 
bu yusinda qilinadigan ishning samarasi va aniqligi shu bilan birgalikda 
sifati yuqori bo‘lishi shubhasizdir. Bu ishlarda inson tomonidan yaratilgan 
dasturlar kompyuterlar bilan birgalikda insonning o‘ziga xizmat qilayotgani 
yanada quvonarli holdir. Yoki bo‘lmasa quyosh sistemasi sayyoralarini 
tadqiq qilayotgan sun’iy yuldoshlarning ish olib borishida va ularning 
aniqlik darajasini oshirishida kompyuter buyuk yordamchi va ko’makchi 
vazifasini o‘tamoqda. Maxsus dasturlangan robitlar sayyorralar uzra 


tadqiqotlar olib borishda juda qo‘l kelmoqda. Olis manzillar bo‘ylab 
axborot yuborish va qabul qilishda Internet tarmog’ining faoliyati bugungi 
kunda har-bir ilmiy xodim, korxona raxbari, davlat organi raxbari kerak 
bo‘lsa talabalar hayotida muhim rol o‘ynamoqda. Ulkan miqyosdagi 
bilimlarni o’zida mujassam etgan bu tarmoq o‘z navbatida ba’zi bir 
kamchiliklarga ham ega. Aniqroq qilib aytganda bu ishni uning yaratuvchisi 
qilayotgani bir tomondan dilimizni xunob qilishi hech birimizga sir emas. 
Bugungi kunga kelib internet sahifalari orasida bizning etiqodimizga va 
madaniyatimizga o’muman yot bo’lgan web ilovalar, ijtimoiy tarmoqlar 
ko‘paydi va uning soni oshsa oshmoqdaki lekin kamaymayapti. Bu hol esa 
yoshlar ta’lim-tarbyasiga, ularning kamol topishida ozmi ko‘pmi o‘zining 
ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Bu jarayon esa har bir shaxsdan axborot 
texnologiyalaridan madaniyat darajasida foydalanishni taqozo etadi. 
Bizning mamlakatda ham axborot etxnologiyalari sohasi ildamlik bilan 
rivojlanib bormoqda. Aynan mana shu maqsadlar uzviyligini ta’minlash 
maqsadida prezidentimiz tomonida qabul qilingan qaror va farmonlar bu 
ishlarning yanada ildamlashishiga turtki bo’lmoqda.
Kompyutеrlar va axborot tizimlari borgan sari “do‘stona” bo‘lib 
bormoqda, va hatto ular informatika va hisoblash tеxnikasi sohasida 
mutahassis bo’lmagan odamlar uchun ham tushunarli bo’lib bormoqda. Bu 
narsa, eng avvalo foydalanuvchilar va ularning dasturlari, hisoblash 
tеxnikasi bilan maxsus (tizimli) dasturiy ta'minot – opеratsion tizim orqali 
muloqat qilganliklari uchungina yuzaga kеldi. 
Operatsion tizim bu kompyuter va foydalanuvchi o‘rtasidagi bir 
tarjimon deb aytsak bo‘ladi. Ya`ni tilni tushunmasdan turib ham muloqot 
qilish imkonini beradi. Bugungi kunda yaratilayotgan Operatsion tizimlar 
hamma talablarga javob beradi. Faqatgina uni chuqur o`rgansakkina unda 
kechayotgan har bir jarayon naqadar murakkab ekanligini tushunib yetamiz. 


Buni o`rganish uchun esa bizda hamma imkoniyatlar yetarli desak 
mubolag`a bo`lmaydi. 
OT asoslarini va ularning ishlash printsiplarini bilish, kompyutеrdan 
samarali foydalanishga olib kеladi. OT larni chuqur o’rganish, avvalambor 
bu bilimlarni, dasturiy ta'minot yaratishda ishlatishga imkon bеradi. 
Hozirgi informatsion texnologiyalar rivojlangan davrda yashar 
ekanmiz operatsion tizimlar, kompyuter dasturiy ta`minoti haqida bilish va 
o`rganish biz uchun muammo bo`lmaydi .
Hozirda yurtimizda kichik biznes va tadbirkorlik ishlari va kichik 
tashkilotlar rivojlanishiga katta e`tabor qaratilmoqda. Men amaliyot o`tagan 
tashkilotda ham buni yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Yurtimizda informatison texnologiyani rivojlantirish maqsadida 
boshlang`ich sinf o‘quvchilariga ham informatika darsliklari qo‘yilmoqda. 
Bu orqali yoshlarni texnologik jarayonlar haqida tushuncha va tasavvurga 
ega bo`lishini ta`minlaydi.
Biz yoshlarga juda ko‘plab imkoniyatlar yaratilgan va biz bu 
imkoniyatlardan samarali foydalanib, yurtimiz uchun yurtizmizdagi 
texnologik jarayonlar yanada yuksalishi uchun o`z hissamizni qo`shishimiz 
lozim. 



Download 429.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling