Texnologiyasi


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

Nazorat savollari
1. Seleksion g‘o ‘za navi deganda nirnani tushunasiz?
2. G ‘o ‘za navlariga qanday talablar qo‘yiladi?
3. Nav almashinishini so‘zlab bering.
4. 0 ‘rta tolali g‘o ‘za navlarini bilasizmi?
5. Ingichka tolali g‘o‘za navlari qayerda o‘stiriladi?
29-§. G‘o ‘zaning o ‘sishi va rivojlanishi
G ‘o ‘zaning chigit urug‘i yerga ekilgach, 13-14° haroratda chigit 
murtagi una boshlaydi. Urug‘ palla barglari yer betiga chiqib, ko‘ringunga 
qadar tuproqda 60-80% namlik va 20-25° harorat bo'lishi kerak bo‘ladi. 
Ushbu davr yarovizatsiya davri hisoblanib, birinchi shona paydo 
bo‘lgunga qadar esa qisqa kunli yorug‘lik davri davom etadi.
G ‘o ‘za o ‘simligining chigiti ekilgandan boshlab mevasi, ya’ni 
ko‘saklar to ‘liq yetilishigacha besh davmi o‘taydi.
1. Unib chiqish davri. Chigit tuproq ostida unishi uchun harorat
10-12° dan past bo'lmasligi kerak. Urug‘ unishi uchun harorat, namlik 
va m a’lum havo zarur bo‘ladi. Agar harorat 20-25° bo‘lsa, chigitning 
unib chiqishi tezlashadi. N am lik va harorat chigitning p o ‘stini 
yumshatadi, chigitdagi organik moddalar o ‘zgara boshlaydi. Chigit 
unib, yer betiga urug‘ pallasi ko‘tarilib chiqadi. Bu bilan urug‘ barg 
hosil bo ‘lish davri boshlanadi. Yetarli muhitda (nam, issiq, havo) 
chigit 5-8 kun mobaynida unib chiqadi.
Chigit unib chiqishida urug‘ palladagi zaxira oziq moddalar hiso- 
biga rivojlanadi.
Chigit unayotganda ildizchaning, so'ngra urug‘palla ostidagi tirsakning 
paydo bo‘lishi maysaning rivojlana boshlaganini bildiruvchi birinchi 
belgi hisoblanadi. Ildiz murtagi chigitning ustki qismini yorib chiqadi-da 
tuproqqa kira boshlaydi, urug‘palla ostidagi poyaning yuqorigi uchi chigit 
qobig‘i ichidagi urug‘palla barglar ostidagi poya tirsak shaklida egilib, 
tuproq qatlami ostidagi poyaning o'sishi natijasida tirsak to ‘g‘rilanib, 
o'zini tiklaydi, urug‘palla barglari ham chigit qobig'idan ajraladi.
2. Chinbarg hosil bo‘lish davri.Chigitning unib chiqishi bilan 
urug‘barglar orasidagi poyaning uchki qismi ham o ‘sa boshlab, ulardagi 
barg kurtaklaridan keyinchalik chinbarglar hosil bo‘ladi. Dastlabki 
chinbarg nihol chiqqandan 7-10 kundan so‘ng ikkinchi chinbarg
7-184
97


paydo bo‘ladi, navbatdagilari esa 3-5 kun oralatib hosil bo'ladi. Harorat 
ko‘taiilishi, namlik, ozuqa yetarli bo'lishi evaziga barglar tez pa?do 
bo‘la boshlaydi.
3. Shonalash davri. G ‘o ‘za nihollari yer betida ko‘rinishidan bi’oy 
atrofida muddat o'tishi bilan shona paydo bo'ladi. Bu jarayon birinchi 
hosil shoxi paydo bo'lgandan boshlanadi.
G ‘o'zaning hosil shoxi esa, nihol 6-8 ta chinbarg chiqargaaJan 
so‘ng vujudga keladi. Odatda, hosil shoxlari asosiy poyada 4-5 barg 
qo‘ltig‘idan o ‘sib chiqadi. Poya o ‘sishi bilan barobar hosil shclari 
ham ko‘paya beradi.
Hosil shoxidagi shonalar 3-5 mm li bo'lib, piramidaga o'xslfdi, 
atrofini uchta shona barg o'rab oladi. Bitta hosil shoxida bir nechta 
shona bo‘lishi mumkin. Shonalarning ko'payishi g‘o ‘za o ‘simliging 
parvarishiga bog'liq.
4. Gullash davri. G ‘o ‘zaning navi, xususiyatlari, tuproq-itfim 
sharoitiga qarab birinchi shona 25-30 kun o'tishi bilan gulga aylanadi. 
0 ‘zbekiston sharoitida g'o'zalar, asosan, iyun oyida gullaydi. Gulash 
g‘o ‘za o'simligining butun vegetatsiya davri oxirigacha davom etadi.
Shonalar gullash oldidan tez o ‘sa boshlaydi. Gul ochiladigan paUda 
ertalab gultojibarglari yozila boshlab, gul changi urug‘ tumshuqcteiga 
tushadi yoki hasharotlar yordamida tarqatiladi, ya’ni chang iplari 
cho‘zilib, changdonlar yoriladi, urug' tum shuqchasi bo‘rtadi va 
yopishqoq shira chiqarib, gul ochilishi ro ‘y beradi, ertasigaaul- 
tojibarglari yumilib qoladi. Oradan 3-4 kun o ‘tgach, to'kilib tushadi. 
G ‘o ‘zaning barcha turlari o ‘zidan changlanish xususiyatiga ega, diet- 
dan kamroq changlanadi. Gul changlanishidan so‘ng uruglanishjanyo- 
ni ko‘pi bilan ikki kecha-kunduz davom etadi. Noqulay harrat, 
yomg‘ir yog‘ishi urug‘lanish, urug1 tugilish jarayoniga salbiy ta’sir 
ko‘rsatib, ko‘saklaming mayda bo'lib qolishiga olib keladi.
G ‘o ‘za guli ertalab och sariq, so'ngra och qizil va kunning iin- 
chi yarmida qizil va binafsha rangga o‘zgaradi. Bu jarayon o‘rtatolali 
g‘o ‘za gullarida bo‘ladi. Ingichka tolali g‘o‘za navlarida ertalab atiq
kechqumn qoramtir-sariq rangda bo‘ladi.
G ‘o ‘za gullash davrida ikkita yo‘nalish qonuniyati bo‘yichastio- 
nalar ochiladi. Bu qonuniyatni birinchi bo‘lib G.S. Zaysev aiclab 
bergan. Bunda g‘o ‘za poyasida pastdan yuqoriga qarab shoxma-sta va 
har bir hosil shoxidagi shonalar esa birin-ketin ochiladi.
98


Pastdan yuqori qismiga qarab gullashda, dastlab pastki hosil 
shoxining birinchi bo‘g‘imidagi shona, undan keyin ikkinchi hosil 
shoxining birinchi bo‘g‘imidagi shona gullaydi va keyingi hosil shox- 
laridagi shonalari ham mana shu tartibda ochila boradi. Bunday holat 
bir shona bilan ikkinchi shona gullashi oralig‘ida 2-3 kun vaqt o ‘tadi. 
Bu tartibda gullash qisqa muddatli gullash deyiladi.
Har bir hosil shoxi bo‘ylab gullaganda, dastlab birinchi bo‘g‘imdagi 
shonalar, so'ngra ikkinchi bo‘g‘imdagi va keyingi shonalar gullaydi. 
Bunda har bir shona gullashi uchun 6 kun talab qilinadi. Bu uzoq 
muddatli gullash deb ataladi. Bundan xulosa shuki, g‘o‘zaning hosil 
shoxlaridagi shonalar yon tomoniga ko‘ra, yuqoriga qarab tezroq gul­
laydi, bu bilan g‘o ‘za tupida konussimon gullash shaklini hosil qiladi.
G ‘o‘za gullashida tashqi muhit me’yorida bo'lishi kerak. Jumladan, 
harorat, namlik va oziq moddalar me’yorida bo'lganida g‘o ‘za gullab, 
sifatli ko‘sak hosil qiladi. G ‘o‘za gullashi ko'proq yoz mavsumiga to‘g‘ri 
keladi. 0 ‘rta tolali g‘o ‘za navlarida qisqa muddatli gullash yoz mavsumida 
2-3 kun davom etsa, kuzda 4-5 kunga cho‘ziladi. Hosil shoxlari bo‘ylab 
shonalaming gullashi ham shu tartibda boradi.
G ‘o ‘za guli ochilgandan so‘ng changlanadi, ba’zan ochilmasdan 
ilgari ham changlanishi mumkin. Gul changi urug‘ tumshuqchasiga 
tushib, o‘sib naycha hosil qiladi. Naycha 12 soatdan so‘ng urug‘kurtakka 
yetadi va uni urug‘lantirib qo‘yadi. Ushbu jarayon ko‘sak paydo bo‘lishiga 
va uni rivojlanishiga olib boradi.
Chigitni ekish sxemasiga qarab har gektar yerda 90-100 ming- 
tadan ko‘chat bo‘lsa, 1 tup g‘o ‘zada o ‘rtacha 18-20 tadan ko‘sak 
hosil qilinadi. Har gektar yerda 180 mingta ko‘chat bo‘lganda esa, 1 
tup g‘o ‘zada 10-12 tadan ko'sak hosil bo ‘lib, kutilgan natijalami 
ta ’minlay oladi.
0 ‘rta hisobda bir tup g‘o ‘zada 8-10 donadan ko‘sak bo‘ladi. Av- 
valo, shona ko‘p bo‘lishi mumkin, barcha shonalar gulga to ‘liq ay- 
lanmaydi yoki urug‘langan barcha ko‘saklar ham pishib yetilmay 
qolishi mumkin. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, shona va ko‘sak 
ko ‘proq, gullar kam roq to ‘kiladi. T uproq-iqlim sharoiti yetarli 
bo‘lmasa ham, aksincha ortiqcha ta ’minlangan taqdirda ham mevalar 
to ‘kiladi. Agar barcha shonalar gullab, ko‘saklar to ‘liq yetilsa, hosil­
dorlik gektar hisobiga 200 va undan ko‘proq sentnem i tashkil qilishi 
mumkin boiardi.
99


Hosil tugunchalarining to ‘kilishi g ‘o ‘zaning ichki konusiga nis­
batan tashqi konusida ko'proq sodir bo'ladi, chunki hosil tuguni 
poyaga yaqin joylashgan b o isa , u oziq va nam likdan yaxshi foy- 
dalanib, saqlanib qoladi. G 'o 'z a kasallangan sharoitda, hasharot- 
lar bilan zararlanganda ham mevalar to ‘kiladi. Masalan, g‘o ‘za chan- 
qatib sug'orilsa ham , ortiq ch a sug‘orilsa ham hosil tugunlari 
to ‘kilishiga olib keladi.
Shundan kelib chiqib, g‘o‘za parvarishida agrotexnika tadbirlari 
muddatida va me'yorida o‘tkazilishi muhimdir.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling