Texnologiyasi
Me ’dada ovqat hazm bo ‘lishi
Download 16 Kb. Pdf ko'rish
|
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`
- Bu sahifa navigatsiya:
- Me ’da shirasi
- Kavsh qaytaruvchilarda oziq hazmining xususiyatlari
Me ’dada ovqat hazm bo ‘lishi
Q izilo'ngachdan m e’daga tushgan ozuqa m e’dada bir necha vaqt davomida turli ta ’sirlar bilan xilma-xil o'zgarishlarga uchraydi. M e’dada shira ishlab chiqilib, ozuqaga aralashadi, bu bilan ozuqa qism an par- chalanadi va bir qismi shu joydayoq qonga so'riladi. M e’dada ozuqa yuzakiroq parchalanadi, asosan, ichaklarda qayta ishlanishga va bata- m om parchalanishga tayyorlanadi. Me ’da shirasi — m e’da davomida joylashgan qo'shim cha, asosiy va qoplam a hujayralardan iborat bo'lgan m oddalar aralashmasi hisobla nadi, u tiniq, rangsiz, kislota muhitli suyuqlik bo'lib, tarkibida kaliy, kalsiy, natriy, magniy, am m oniy elem entlari va xlorli, fosforli, kar- 201 bonatli, sulfatli tuzlar xlorid kislota, sut, kislota, m ochevina, siydik kislota, oqsillar bo'ladi. M e’dadan ichakka ozuqa bo'linib-bo'linib o'tadi, bu paytda bir qancha om illar ta ’sir ko'rsatadi. M asalan, ozuqaning xili, quyuq, suyuqlik darajasi, muhiti, osmotik bosiru, ichaklarning ozuqa bilan to'Ushi kabilar ana shu omillardir. M e’dadan ichakka suv va suyuq ozuqa tezroq o'tsa, quyuq, yog'li, oqsilh ozuqalar sekin o'tadi. Kavsh qaytaruvchilarda oziq hazmining xususiyatlari Kavsh qaytaruvchilaming ovqat hazmi boshqa turdagi hayvonlar ovqat hazm idan farq qilib, bu oshqozonning tuzilishiga bog'liq bo'ladi. Kavsh qaytaruvchilaming oshqozoni murakkab, ko'p kamerali bo'ladi. Bu hayvonlar ovqatni tez yutib yuboradi, oshqozoni to'lgandan keyin yana og'ziga qaytarib chiqaradi, ya’ni kavsh qaytaradi, yana chaynaladi va yetarlicha mayinlashgandan keyingina ozuqaning tegishlicha par- chalangan qismi katta qorindan m e’da oldi bo'lm alarining navbat- dagisiga o'tkaziladi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlaming oshqozoni to 'rt kameradan: katta qorin, to 'r qorin, qatqorin va shirdondan iborat bo'ladi. Katta, to ‘r va qatqorinlarda shilimshiq pardasi ko'p qavatli yassi epiteliy bilan qop- langan, unda hech qanday bez bo'lmaydi. Shirdonning devori silindirsi- m on hujayralar bilan qoplangan, unda bezlar bor. Bu bezlar ferment va xlorid kislota ishlab chiqaradi. 1. Katta qorin — oshqozonning dastlabki va eng katta hajmli qismdir. K atta qorin qorin bo'shlig'ining chap tom onini to 'liq va o 'ng tom oni- ni qisman egallagan, hajmi qoramollarda 100-300, q o 'y va echkilarda 13-23 1 atrofida bo'ladi. Katta qorinning shilimshiq pardasi qoramtir rangda, u bezsiz va g'adir- budurli muskul qatlami, silliq muskul to'qimasidan iborat, pardasi chan/i bilan o'ralgan bo'ladi va 0,5 - 1 sm keladigan so'rg'ichlari bor. O g'izda nari-beri chaynalib yutilgan ozuqa kavsh qaytamvchilarda katta qoringa tushadi. Ularda ozuqa so'lak bilan yumshatiladi, bo'rttiriladi, turli m ikroorganizm lar ishtiroki bilan a ’zoik m oddalar parchalanadi, b a’zilari sintezlanadi. M ikroorganizmlar katta qoringa faqat dag'al oziqlar bilan birga kiradi. U lar tez ko'payadi, 1 g ozuqada 20 turga m ansub bo'lgan 10 mlrd. gacha bakteriya va 1 mln. gacha infuzoriyalar bo'lishi m um kin. M ikroorganizm lar ozuqani parchalab bergandan 202 so‘ng oqsil va uglevodlar hayvon organizmi tom onidan o ‘zlashtiriladi. D em ak, m ikroorganizm lar hayvon uch u n to ‘yim li m oddalam ing manbayi b o ‘lib hisoblanadi. Katta qorinda m ikroorganizm lam ing fa- oliyati bilan bijg‘ish jarayoni sodir bo‘lib turadi, bunda turli gazlar va xilma-xil uchuvchan yog‘ kislotalari hosil b o ‘ladi. Yog‘ kislotalar darhol qonga shimiladi va organizm tom onidan o ‘zlashtiriladi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda oziqlantirish m e’yori (ratsion)ni birdan boshqa m e ’yorga o ‘zgartirib b o ‘lmaydi, asta-sekin o ‘zgartirish kerak, chunki katta qorinda yangi ozuqani hazm qilish uchun ishtirok etadigan mikroorganizm lar yo‘q bo'ladi. 2. T o ‘r qorin yum aloq shaklda, katta qorin qismiga yaqin turadi va ariqcha bilan ajralgan bo'ladi. T o‘r qoringa katta qorindan teshik ochi- ladi. Q izilo'ngachdan to ‘r qorin tom on qizilo'ngach ariqchasi o'tadi, u qizilo'ngach novi bilan tutashgan. T o 'r qorin shaklan dum aloq holatga o'xshaydi, ichki shilimshiq pardasi asalari uyasiga o'xshab ketadigan to 'r hosil qilgan, shuning uchun ham , to 'r qorin deyiladi. U ning hajmi sigirlarda 5-10, qo'y va echkilarda 1,5-21 atrofida bo'ladi. 3. Q atqorin-m urakkab tuzilgan, to 'r qorindan keyin, to 'rq o rin va shirdondan biroz yuqoriroqda joylashadi. T o'rqo rin dan qatqoringa o'tadigan teshik bor, uning pastrog'ida shirdonga ochiladigan teshik bo'ladi. Q atqorin ichida m a’lum qonuniyat asosida joylashgan katta, o 'rta va kichik varaqlari bor. Bu qoram ollarda yaxshiroq rivojlangan, hajmi 7-18 1, qo'ylarda 0,3-0,9 1 ni tashkil etadi. Katta qorinda tegishlicha hazm bo'lgan ozuqa m e’da bo'lm alarining navbatdagi qismi to'rqorin va undan qat qoringa o'tkaziladi. Katta qorin- ning dahliz qismi qisqarganda, u bilan to'rqorin oralig'idagi teshikni yopadi va ozuqani to 'r qoringa o'tkazadi. T o'la maydalanmagan ozuqa qismi katta qorinda ushlanib qoladi va maydalangach, to 'r qoringa o'tadi. T o 'r qoringa tushgan ozuqalar tezgina qat qoringa o'tkaziladi. Qatqorin- ning varaqlari orasida oziq siqilib, biroz eziladi, maydalanadi. Bu yerda suv z o 'r berib so'riladi. Qatqorinda hazm bo'lgan ozuqa shirdonga o'tkaziladi va shirdonda hazm bo'lish davom etadi. O zuqani m e ’da oldi bo'lm alarida, ayniqsa, katta qorinda hazm bo'lishida kavsh qaytarish jarayoni muhim o 'rin egallaydi. Og'izga qay- tarilgan ozuqaning uzoq chaynalishi ozuqaning xiliga bog'liq bo'lib, o 'rtach a 20-60 daqiqa davom etadi. Ozuqa qayta chaynalib yutiladi, shundan keyin ozuqani og'izga qaytarilishi yana davom etadi. 203 Kavsh qaytarish oziq yegandan so ‘ng qo 'ylarda 20-45 m inut, qoram ollarda 30-70 m inut o'tgandan keyin boshlanadi. Kavsh qay tarish bilan ozuqa maydalanib, to 'rqorin, qatqorin va shirdonga o ‘tishi tezlashadi. 4. Shirdon. Oshqozonning to'rtinchi kamerasi ham da asosiy oshqo- zon hisoblanadi. Shirdonning shilimshiq pardasida juda ko'p bez bo'ladi, ular fer m ent va kislotalar ishlab chiqaradi va ovqatni shimilishga tayyorlaydi. 0 ‘zbekiston sharoitida qoramollar va qo'ylar shirdonidan shira ajralishi, ajralgan shiraning tarkibi va xususiyatlari X.SH.Xayrutdinov tom onidan atroflicha o ‘rganilgan. Jumladan, qo‘ylar bir kecha-kunduzda o ‘rtacha 4,2 1 shira ajratadi, qoramollar 40-80 1, buzoqlar to 30 1 gacha shira ajratadi. Shirdondan ajralgan shiralar miqdori qatqorindan so‘rilgan suv miqdoriga teng b o ‘ladi. Toza shirdon shirasi rangsiz suyuqlik b o ‘lib, muhiti kislotalardir, tarkibida turli fermentlar bor. Download 16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling