Texnologiyasi


Me ’dada ovqat hazm bo ‘lishi


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet130/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

Me ’dada ovqat hazm bo ‘lishi
Q izilo'ngachdan m e’daga tushgan ozuqa m e’dada bir necha vaqt 
davomida turli ta ’sirlar bilan xilma-xil o'zgarishlarga uchraydi. M e’dada 
shira ishlab chiqilib, ozuqaga aralashadi, bu bilan ozuqa qism an par- 
chalanadi va bir qismi shu joydayoq qonga so'riladi. M e’dada ozuqa 
yuzakiroq parchalanadi, asosan, ichaklarda qayta ishlanishga va bata- 
m om parchalanishga tayyorlanadi.
Me ’da shirasi — m e’da davomida joylashgan qo'shim cha, asosiy va 
qoplam a hujayralardan iborat bo'lgan m oddalar aralashmasi hisobla­
nadi, u tiniq, rangsiz, kislota muhitli suyuqlik bo'lib, tarkibida kaliy, 
kalsiy, natriy, magniy, am m oniy elem entlari va xlorli, fosforli, kar-
201


bonatli, sulfatli tuzlar xlorid kislota, sut, kislota, m ochevina, siydik 
kislota, oqsillar bo'ladi.
M e’dadan ichakka ozuqa bo'linib-bo'linib o'tadi, bu paytda bir qancha 
om illar ta ’sir ko'rsatadi. M asalan, ozuqaning xili, quyuq, suyuqlik 
darajasi, muhiti, osmotik bosiru, ichaklarning ozuqa bilan to'Ushi kabilar 
ana shu omillardir.
M e’dadan ichakka suv va suyuq ozuqa tezroq o'tsa, quyuq, yog'li, 
oqsilh ozuqalar sekin o'tadi.
Kavsh qaytaruvchilarda oziq hazmining xususiyatlari
Kavsh qaytaruvchilaming ovqat hazmi boshqa turdagi hayvonlar 
ovqat hazm idan farq qilib, bu oshqozonning tuzilishiga bog'liq bo'ladi. 
Kavsh qaytaruvchilaming oshqozoni murakkab, ko'p kamerali bo'ladi. 
Bu hayvonlar ovqatni tez yutib yuboradi, oshqozoni to'lgandan keyin 
yana og'ziga qaytarib chiqaradi, ya’ni kavsh qaytaradi, yana chaynaladi 
va yetarlicha mayinlashgandan keyingina ozuqaning tegishlicha par- 
chalangan qismi katta qorindan m e’da oldi bo'lm alarining navbat- 
dagisiga o'tkaziladi.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlaming oshqozoni to 'rt kameradan: katta 
qorin, to 'r qorin, qatqorin va shirdondan iborat bo'ladi. Katta, to ‘r va 
qatqorinlarda shilimshiq pardasi ko'p qavatli yassi epiteliy bilan qop- 
langan, unda hech qanday bez bo'lmaydi. Shirdonning devori silindirsi- 
m on hujayralar bilan qoplangan, unda bezlar bor. Bu bezlar ferment 
va xlorid kislota ishlab chiqaradi.
1. 
Katta qorin — oshqozonning dastlabki va eng katta hajmli qismdir. 
K atta qorin qorin bo'shlig'ining chap tom onini to 'liq va o 'ng tom oni- 
ni qisman egallagan, hajmi qoramollarda 100-300, q o 'y va echkilarda 
13-23 1 atrofida bo'ladi.
Katta qorinning shilimshiq pardasi qoramtir rangda, u bezsiz va g'adir- 
budurli muskul qatlami, silliq muskul to'qimasidan iborat, pardasi chan/i 
bilan o'ralgan bo'ladi va 0,5 - 1 sm keladigan so'rg'ichlari bor.
O g'izda nari-beri chaynalib yutilgan ozuqa kavsh qaytamvchilarda 
katta qoringa tushadi. Ularda ozuqa so'lak bilan yumshatiladi, bo'rttiriladi, 
turli m ikroorganizm lar ishtiroki bilan a ’zoik m oddalar parchalanadi, 
b a’zilari sintezlanadi. M ikroorganizmlar katta qoringa faqat dag'al 
oziqlar bilan birga kiradi. U lar tez ko'payadi, 1 g ozuqada 20 turga 
m ansub bo'lgan 10 mlrd. gacha bakteriya va 1 mln. gacha infuzoriyalar 
bo'lishi m um kin. M ikroorganizm lar ozuqani parchalab bergandan
202


so‘ng oqsil va uglevodlar hayvon organizmi tom onidan o ‘zlashtiriladi. 
D em ak, m ikroorganizm lar hayvon uch u n to ‘yim li m oddalam ing 
manbayi b o ‘lib hisoblanadi. Katta qorinda m ikroorganizm lam ing fa- 
oliyati bilan bijg‘ish jarayoni sodir bo‘lib turadi, bunda turli gazlar va 
xilma-xil uchuvchan yog‘ kislotalari hosil b o ‘ladi. Yog‘ kislotalar darhol 
qonga shimiladi va organizm tom onidan o ‘zlashtiriladi.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda oziqlantirish m e’yori (ratsion)ni 
birdan boshqa m e ’yorga o ‘zgartirib b o ‘lmaydi, asta-sekin o ‘zgartirish 
kerak, chunki katta qorinda yangi ozuqani hazm qilish uchun ishtirok 
etadigan mikroorganizm lar yo‘q bo'ladi.
2. T o ‘r qorin yum aloq shaklda, katta qorin qismiga yaqin turadi va 
ariqcha bilan ajralgan bo'ladi. T o‘r qoringa katta qorindan teshik ochi- 
ladi. Q izilo'ngachdan to ‘r qorin tom on qizilo'ngach ariqchasi o'tadi, 
u qizilo'ngach novi bilan tutashgan. T o 'r qorin shaklan dum aloq 
holatga o'xshaydi, ichki shilimshiq pardasi asalari uyasiga o'xshab 
ketadigan to 'r hosil qilgan, shuning uchun ham , to 'r qorin deyiladi. 
U ning hajmi sigirlarda 5-10, qo'y va echkilarda 1,5-21 atrofida bo'ladi.
3. Q atqorin-m urakkab tuzilgan, to 'r qorindan keyin, to 'rq o rin va 
shirdondan biroz yuqoriroqda joylashadi. T o'rqo rin dan qatqoringa 
o'tadigan teshik bor, uning pastrog'ida shirdonga ochiladigan teshik 
bo'ladi. Q atqorin ichida m a’lum qonuniyat asosida joylashgan katta
o 'rta va kichik varaqlari bor. Bu qoram ollarda yaxshiroq rivojlangan, 
hajmi 7-18 1, qo'ylarda 0,3-0,9 1 ni tashkil etadi.
Katta qorinda tegishlicha hazm bo'lgan ozuqa m e’da bo'lm alarining 
navbatdagi qismi to'rqorin va undan qat qoringa o'tkaziladi. Katta qorin- 
ning dahliz qismi qisqarganda, u bilan to'rqorin oralig'idagi teshikni 
yopadi va ozuqani to 'r qoringa o'tkazadi. T o'la maydalanmagan ozuqa 
qismi katta qorinda ushlanib qoladi va maydalangach, to 'r qoringa o'tadi. 
T o 'r qoringa tushgan ozuqalar tezgina qat qoringa o'tkaziladi. Qatqorin- 
ning varaqlari orasida oziq siqilib, biroz eziladi, maydalanadi. Bu yerda 
suv z o 'r berib so'riladi. Qatqorinda hazm bo'lgan ozuqa shirdonga 
o'tkaziladi va shirdonda hazm bo'lish davom etadi.
O zuqani m e ’da oldi bo'lm alarida, ayniqsa, katta qorinda hazm 
bo'lishida kavsh qaytarish jarayoni muhim o 'rin egallaydi. Og'izga qay- 
tarilgan ozuqaning uzoq chaynalishi ozuqaning xiliga bog'liq bo'lib, 
o 'rtach a 20-60 daqiqa davom etadi. Ozuqa qayta chaynalib yutiladi, 
shundan keyin ozuqani og'izga qaytarilishi yana davom etadi.
203


Kavsh qaytarish oziq yegandan so ‘ng qo 'ylarda 20-45 m inut, 
qoram ollarda 30-70 m inut o'tgandan keyin boshlanadi. Kavsh qay­
tarish bilan ozuqa maydalanib, to 'rqorin, qatqorin va shirdonga o ‘tishi 
tezlashadi.
4. 
Shirdon. Oshqozonning to'rtinchi kamerasi ham da asosiy oshqo- 
zon hisoblanadi.
Shirdonning shilimshiq pardasida juda ko'p bez bo'ladi, ular fer­
m ent va kislotalar ishlab chiqaradi va ovqatni shimilishga tayyorlaydi. 
0 ‘zbekiston sharoitida qoramollar va qo'ylar shirdonidan shira ajralishi, 
ajralgan shiraning tarkibi va xususiyatlari X.SH.Xayrutdinov tom onidan 
atroflicha o ‘rganilgan. Jumladan, qo‘ylar bir kecha-kunduzda o ‘rtacha 
4,2 1 shira ajratadi, qoramollar 40-80 1, buzoqlar to 30 1 gacha shira 
ajratadi. Shirdondan ajralgan shiralar miqdori qatqorindan so‘rilgan 
suv miqdoriga teng b o ‘ladi. Toza shirdon shirasi rangsiz suyuqlik b o ‘lib, 
muhiti kislotalardir, tarkibida turli fermentlar bor.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling