Texnologiyasi
-§. Kuzgi boshoqli don ekinlarini o ‘stirish texnologiyasi
Download 16 Kb. Pdf ko'rish
|
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sug‘oriladigan maydortlarda kuzgi galla yetishtirish texnologiyasi.
15-§. Kuzgi boshoqli don ekinlarini o ‘stirish texnologiyasi
Ekinlarni parvarish qilish. Uruglardan unib chiqqan o ‘simliklarni parvarish qilishdan asosiy maqsad ulardan yuqori va sifatli hosil olishdir. 1 Jadval A ndijonda nashr etilgan “ Kuzgi boshoqli don ekinlarini parvarish qil ish q o ‘llanm asi”dan olindi. 64 Shu jihatdan o'simliklami parvarish qilayotganda, ularning tuproq-iqlim va boshqa mahalliy sharoitlarga bo‘lgan talabini ko‘zda tutish zarur. Har bir ekin uchun, har bir dala va uning har bir bo'lagi uchun alohida parvarish qilish bilan bog‘liq hamrna tadbirlar agrotexnika jihatidan eng muvofiq muddatlarda va a’lo sifatli qilib o'tkazilishi kerak. Ekinlami qishloq xo‘jalik mashina va agregatlarida parvarish qilish- ga alohida e’tibor kerak. Qishloq xo'jalik mashinalari bilan o'simlik qator oralariga ishlov berish, oziqlantirish, hosilni yig'ishtirish ishlari ni sifatli qilib bajarilishi hisobiga parvarish ishini tez bajarish mumkin. Sug‘oriladigan maydortlarda kuzgi g'alla yetishtirish texnologiyasi. Bu texnologiya asosida gektaridan 70-75 sentnerdan va undan yuqori sifatli don yetishtirish uchun quyidagi agrotexnik chora-tadbirlami vaqtida amalga oshirish muhim. Tadbirlar xo'jalikning muayyan agro- ekologik tuproq-iqlim sharoitlarini (tuproq bonitetini hisobga olgan holda), uning suv bilan ta ’minlanganligi, moddiy — texnika bazasini hisobga olgan holda kuzgi g'alla navlarini to'g'ri joylashtirishni, amalga oshiriladigan texnologik jarayonlarni oldindan rejalashtirib, ularni qat’iy kalendar grafik asosida bajarilishini taqozo etadi. Sug'oriladigan yerlarda intensiv texnologiya asosida sifatli don yetishtirish 30 dan ortiq texnologik jarayonlarni o ‘z ichiga oladi. Bu texnologik jarayonlar nafaqat yuqori va sifatli don yetishtirishga, balki atrof-m uhitning kimyoviy modda va birikmalar bilan kamroq ifloslanishining oldini olishga ham qaratilgandir. Intensiv texnologiyada quyidagi tadbirlar alohida o'rin egallaydi: birinchidan, ekinlarni almashlab ekishda navbatdagi ekinni yaxshi o'tmishdosh ekindan so'ng joylashtirish; ikkinchidan, yuqori hosilh (90-120 s/ga) navlarini ekish kerak; uchinchidan, o'simlikning vege tatsiya davrida oziq moddalar bilan yetarli ta ’minlash talab etiladi. To'rtinchidan, ekinni sug'orishni m a’lum va qisqa davrida o'tkazish kerak, beshinchidan, o'simlik kasallik va hasharotlardan himoya qilinishi hamda begona o'tga bostirilmasligi kerak. Oltinchidan, ishlov berish texnologiyalarini o'z vaqtida va sifatli o'tkazilishi, hosilni yig'ishtirishda bir kvadrat sathda 300-400 o'simlik bo'lishi, boshoqlar soni 500- 600 taga yetishi, bir dona boshoqda o'rtacha 35-40 dona don bo'lishi, 1000 dona don vazni 45-50 g kelishi kerak. Kuzgi g'alla ekinlarining urug'i 3-5 sm chuqurlikka tushishi, buning uchun tuproq sifatli ishlanishi kerak. Tuproq holatiga ko'ra 25 va bego- 5-184 65 na o ‘tlar ko‘proq uchraydigan sharoitda 35 sm gacha chuqurlikda yer haydaladi, tekislanadi. Bug‘doy urug‘larining 99% dan 97% gacha tozalikda bo‘lganlari, 95% dan 92% gacha unuvchanlari ekilishi zarur. Begona urug'lar kam bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Kuzgi g‘alla ekinlari qulay muddatlarda (20 oktabrgacha) ekilishi muhim. Ekilgandan so'ng darhol gektariga 550-600 m 3 hisobida sug‘orish talab etiladi. Birinchi suv bilan urugiar to iiq unib chiqmasligi mumkin. Shuning uchun ham, ikkinchi suv berish zarur. Keyingi sug‘orish bahorgi b o ‘lib, ekinning vegetatsiya davri boshlanadi, ya’ni tuplash fazasida 600-650 m 3/g a, naychalash- boshoqlash fazasida 700-750 m 3/ga, sut - mum pishishda 750-800 m3/ga hisobida sug‘orishlar o ‘tkaziladi. Sug‘orishda tuproq - iqlim sharoiti hisobga olinadi. Download 16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling