Texnologiyasi
Download 16 Kb. Pdf ko'rish
|
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi oziqlantirish
- Nazorat savollari
- 16-§ . G‘o ‘za qator oralariga kuzgi g‘alla ekish
Ikkinchi oziqlantirish
g'alla o ‘simligining naychalash davrida o ‘tkaziladi. Bunda gektariga azotli o'g'itlardan 80 kg sof holda beriladi. Shu davrda naycha ichida shakllanayotgan boshoqlaming yirik bo‘lishiga va boshoqdagi donlar salmog‘iga zamin yaratiladi. Uchinchi oziqlantirish o ‘simlikning gullash, sut-mum pishish davr ida o'tkaziladi. Har gektar g‘alla o‘simliklari maydoniga 30-40 kg sof holda azotli o ‘g‘itlar suv orqali yoki barglari (samolyot bilan) orqali oziqlantirilsa, o ‘rtacha har gektariga 10-12 sentnerdan qo‘shimcha hosil qo‘shiladi. Yoki uchinchi oziqlantirish maxsus 2x3 metrli han- daqlarga to ‘kilgan mahalliy o ‘g‘itlarga azotli o'g'itlar aralashtirilib, suv orqali oqizilsa, yana ham yuqori hosil olishga, don tarkibidagi oqsil moddasi, kleykovina miqdorining 2-3% ga ortishiga erishiladi. Nazorat savollari 1. Kuzgi g‘alla yetishtirish texnologiyasi haqida nimalarni bilasiz? 2. G ‘o ‘za qator oralarida bug‘doy qanday o ‘stiriladi? 3. Kuzgi bug‘doy yetishtirishda “Andijon texnologiyasi”ni bilasizmi? 4. Kuzgi bug‘doy qanday parvarish qilinadi? 5. Kuzgi bug‘doyni go'ng sharbati bilan oziqlantirish mumkinmi? 16-§ . G‘o ‘za qator oralariga kuzgi g‘alla ekish Respublikamiz dehqonchiligida g'o'za qator oralariga g'alla urug'i ekish yo‘li bilan asosiy maydonlarda don yetishtirilmoqda. Chunki g‘alla urug‘ini ekish muddati aynan paxta terimi davriga to ‘g‘ri kelib qoladi. Aynan shunday sharoitda N RU-0,5 o ‘g‘it sepgich bug'doy urug'i ekishga moslashtirilib foydalanilmoqda va urug'lar dalaga sepilib kultivatorlar yordamida tuproqqa aralashtiriladi. Aksariyat hollarda urug'lar g‘o ‘za qator oralariga ekilgandan so'ng sug'oriladi. Urug' ekilib so'ng sug'orishda jildiratib, namina-nam sug'orish usulini qo'llash kerak. Chunki tez va ko'p m e’yorda sug'orilganda urug'lar suv bilan yuvilib ketishi, jo'yaklar jarlanib ketishi mumkin. Ochiq maydon- 67 lardagi kabi g‘o ‘za qator orasiga ekilgan urug‘lar qishning sovuq kun- larini o'tashi zarur. G ‘o ‘za qator oralariga kuzgi g‘alla ekish muddati, m e’yori ochiq maydondagidan farq qilmaydi. Ochiq yerlarga ekilgan kuzgi boshoqli don ekinlarga nisbatan g‘o‘za qator oralariga ekilgan g‘alla ekinlari ozuqa moddalari bilan durustroq ta’minlangan bo‘ladi. Negaki, g‘o ‘za o‘simligi uchun vegetatsiya davrida yetarlicha azotli, fosforli, kaliyli o ‘g‘itlar solinadi. Ana shu o ‘g‘itlardan ma’lum miqdori tuproqda qoladi. G ‘alla ekish oldidan va bahorgi oziqlan- tirishda shuni hisobga olish kerak. G ‘o ‘za qator oralarida g‘alla o ‘simliklarini o ‘stirishda qishda yer usti muzlagan paytda g‘o ‘zapoyalar qo‘l bilan o'rib, yig‘ishtirib oli nadi. Sug‘oriladigan yerlarda kuzgi g‘alla o‘stirishda butun vegetatsiya davomida o‘simlikning o ‘sish davrida tuproqda yetarli miqdorda nam lik, o ‘simlik oson o'zlashtira oladigan miqdorda ozuqa moddalar bo‘lishini ta ’minlash kerak bo'ladi. G ‘alla o ‘simligi orasidagi begona o‘tlarni yosh davrida tozalab turish yaxshi natija beradi. Download 16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling