Texnologiylari va komunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Download 59.02 Kb.
bet3/5
Sana02.05.2023
Hajmi59.02 Kb.
#1423196
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shermurod zamonaviy 1chi musta

EQD=HI/EUD100
Ehtiyojlar qondirilish darajasi odatda iste’mol bilan taqqoslanadi. U yil davomida aholi jon boshiga iste’mol qi­lin­gan tovar va xizmatlar turi miqdori hisobida baholanadi. Masa­lan, aholi jon boshiga iste’mol qilingan non va non mahsu­lotlari, sut, go‘sht, sabzavot, meva; har yuz oilaga to‘g‘ri keladigan uzoq muddat foydalanadigan tovarlar: avtomobil, televizor, kir yuvish mashinasi, muzlatgich, uy-joy maydoni va boshqalar.
Jamiyat taraqqiy etgan sari iste’mol darajasi ortib, ehtiyojlar to‘laroqqondirila boradi. Ehtiyojni qondirish usullari ham o‘zgaradi. Iste’mol ne’matlari turi ko‘payadi. Ehtiyojlarningqondirilishi umumiy tarzda aholi turmush darajasini ko‘rsatadi. Turmush darajasi - aholi ehtiyojlarini qondirilishiga qarab baholanadi. Aholiningehtiyojlariningqondirilishi ularning farovon yashashi, uzoq umr ko‘rishininggarovidir. Buning uchun esa ana shu ehtiyojlarni qondiradigan darajada ishlab chiqarish zarur bo‘ladi.
Ehtiyojlar bilan ishlab chiqarish nisbati o‘zgarishining uch muqobil varianti mavjud bo‘ladi:
1. Regressiv. Bu muqobil holat uzoq muddat ishlab chiqarishning tushkunlikda bo‘lishi natijasidan kelib chiqadi. Iqtisodiyotning bunday o‘zgarishini girdob tarzida ko‘rish mumkin. Aholi iste’moli miqdor va sifat jihatdan ham kamayib boradi. Borgan sari kishilarningeng zarur eh­tiyojlarini qondirish ham qiyinlashib boradi. Hozir shunday vaziyatni Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasiningqator mamla­katlarida ko‘rish mumkin.
2. Turg‘un. Bu variantda nisbatan cheklangan turdagi mahsulot ishlab chiqariladi va ehtiyojlar ham nihoyatda sekin­lik bilan o‘sib boradi. Yaratuvchanlik faoliyati sust, ishlab chiqarish (– taqsimot – ayriboshlash – iste’mol) va ehtiyojlar doira shaklini eslatadi. Iqtisodiyotda umumiy turg‘unlik yuz berib, ko‘pincha u xalqlarning an’ana va urf-odatlari bilan bog‘lanib ketadi. Bu hol hozirgi paytda ayrim Osiyo va Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarida kuzatiladi.
3. Progressiv. Bunda ishlab chiqarish miqdoran ko‘payib boradi, sifati yaxshilanadi, iste’mol va ehtiyojlar o‘sadi. Uni tobora kengayib boruvchi spiralsimon harakat tarzida ifo­dalash mumkin. Bir qator beqarorliklarga qaramasdan, rivoj­langan mamlakatlarda ishlab chiqarish ham, ehtiyojlar ham o‘sib boradi.



Download 59.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling