Texnologiylari va komunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Download 59.02 Kb.
|
Shermurod zamonaviy 1chi musta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirdi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYLARI VA KOMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Zamonaviy iqtisodiyot fanidan Mustaqil ish Mavzu:Ehtiyojlarning cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalib borish qonuni Bajardi: Yuldashev Shermurod Tekshirdi: Soliyeva Barno Toshkent-2023 Reja: 1.Ehtiyojlarning cheksizligi 2.Ehtiyojlarning yuksalib borish qonuni 3.Ishlab chiqarish imkoniyati va uning chegarasi 4.Xulosa 5.Foydalanilgan adabiyotlar Ehtiyojlarning cheksizligi Ishlab chiqarishning pirovard maqsadi iste’mol, ya’ni ehtiyojni qondirish hisoblanadi. Insonning yashashi va kamol topishi, jamiyatning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalar va iqtisodiy resurslarga zaruriyat «ehtiyoj» deb ataladi. Jamiyat ehtiyojlari kishilar, ya’ni jamiyat a’zolari, korxonalar va davlat ehtiyojlarining birligidan iborat. Ehtiyojlarning bu barcha turlari uchun umumiy bo‘lgan xususiyat – ular cheksiz va chegarasizdir. Jamiyat ehtiyojlarida kishilarningehtiyojlari asosiy va belgilovchi rol o‘ynaydi. Кishilarning barcha hayotiy ehtiyojlari (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy ehtiyojlar) orasida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o‘rin tutadi. Bu ehtiyojlar kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy ne’matlardan hamda xizmatlardan iborat bo‘ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarningo‘zlariga foydali bo‘lgan ne’matlarni iste’mol qilishga bo‘lgan xohishlaridir. Bular iste’mol uchun zarur bo‘lgan ko‘plab hayotiy predmetlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va zeb-ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, yengil avtomobil va h.k.) o‘z ichiga oladi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash lozimki, bir necha yil oldin zeb-ziynat dabdaba hisoblangan buyum bugungi kunda eng oddiy hayotiy zarur predmetga aylanishi mumkin. Xizmatlar ham moddiy ne’matlar kabi ma’lum ehtiyojlarni qondiradi. Masalan, shaxsiy avtomashinani remont qildirish, soch oldirish, huquqshunos maslahatidan foydalanish kabi xizmatlar moddiy tovarlar bilan bir qatorda kishilarning ularga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi. Ma’naviy ehtiyojlar moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratiga ega bo‘lish, har xil xizmatlardan bahramand bo‘lish kabi ko‘plab ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa ehtiyojning tabiatiga va uni qondiruvchi obyektlari xususiyatiga bog‘liq. Ijtimoiy ehtiyojlar umumlashgan iste’mol faoliyatining turli shakllarida qatnashish orqali qondiriladi hamda uni kishilarning birgalikda, hamkorlikda mavjud bo‘lishi zarurligini taqozo qiladi. Shunday buyum va xizmat turlari borki, ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Masalan, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash, dam olish joylaridan bahramand bo‘lish, sport o‘yinlari va ko‘ngilochar tomoshalarni birgalikda ko‘rish kabilar shular jumlasidandir. Jamiyat ehtiyojlarida korxona va davlat ehtiyojlari ham o‘z o‘rniga ega. Кorxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshirish, ya’ni tovarlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi kerak bo‘ladi. Davlat, butun mamlakat aholisining umumiy ehtiyojlarini aks ettirib, avtomobil va temir yo‘llar, maktablar, kasalxonalar qurilishiga ijtimoiy ne’matlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun davlatga ham zaruriy ne’matlar va iqtisodiy resurslar kerak bo‘ladi. Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bular quyidagilar: jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi. Iqtisodiyoti rivojlanishdan orqada qolgan mamlakatlarda ehtiyojlar doirasi tor bo‘lsa, aksincha, iqtisodiyoti gurkirab rivojlangan mamlakatlarda kengva xilma-xil bo‘ladi; jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tizim. Agar jamiyatdagi tizim bozor iqtisodiyoti tartiblari asosida qurilgan bo‘lsa, undagi ijtimoiy guruhlar boylar va kambag‘allar, mulkdor va mulksizlarga bo‘linib, ularga mansub kishilar ehtiyojlari o‘rtasida katta farq mavjud bo‘ladi. Yuqori daromad oluvchilar juda sifatli, noyob mahsulotlar va xizmatlarga ehtiyoj bildirsa, kambag‘allarning ehtiyojlari o‘z hayotini saqlash uchun juda zarur mahsulotlar va xizmatlar bilangina cheklanadi; tabiiy-geografik sharoitlar. Bu omil ham ehtiyojlarning miqdori va tarkibiga ta’sir qiladi. Masalan, nisbatan sovuq iqlim sharoitida, issiq sharoitdagilarga qaraganda hayot kechirish uchun oqsil va yog‘ga boy oziq-ovqat, issiq kiyim-kechak, uy va transport vositalariga ko‘proqehtiyoj bo‘ladi; tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar, tarixan shakllangan milliy va diniy marosimlar. Jumladan, Navro‘z bayrami, ro‘za va hayitlar o‘ziga xos ehtiyojlarni yuzaga keltiradi; aholi soniningo‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar; xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar, ayniqsa, ular o‘rtasidagi mahsulot va axborot ayriboshlashning rivojlanishi. Alohida kishilarningehtiyojlari ularning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, kasbi, mehnatning tabiati kabi omillarga bog‘liq. Masalan, keksa kishilar yoshlardan farqqilib, yengil hazm bo‘ladigan ovqatga, dori-darmonga, shovqin-suronsiz yashash muhitiga ko‘proqehtiyoj sezadi. Кo‘p bolali oilalarda bolalar kiyimi, o‘yinchoqlarga ehtiyoj yuqori bo‘lsa, farzandsiz oilalarda bunday ehtiyojlar bo‘lmaydi. Murakkab, og‘ir va yengil mehnat turlari bilan shug‘ullanuvchi kishilar ehtiyojlari ham bir-biridan tubdan farqqiladi. Download 59.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling