Texnologiylari va komunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Ishlab chiqarish imkoniyati va uning chegarasi
Download 59.02 Kb.
|
Shermurod zamonaviy 1chi musta
Ishlab chiqarish imkoniyati va uning chegarasi
Iqtisodiyot nazariyasi fani ko‘pgina mamlakatlarda milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda dastlab «siyosiy iqtisod» nomi bilan shakllana boshladi. Siyosiy iqtisodyunoncha so‘zdan olingan bo‘lib «politiko»–ijtimoiy, «oykos»-uy xo‘jaligi, «nomos»–qonun, ya’ni uy yoki ijtimoiy xo‘jalik qonunlari degan ma’noni bildiradi. Bu «iqtisod» tushunchasiga yaqin bo‘lib u hozirgi davrda turlicha mazmunda ishlatiladi, ya’ni har xil darajadagi xo‘jaliklarni, ilmiy bilishning aniq sohasini va yaxlit iqtisodiy munosabatlarni anglatadi. Fransuz iqtisodchisi Antuan de Monkreten birinchi marta «Siyosiy iqtisod traktati» (1615 y.) nomli asarida, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi. Iqtisodiy fan shakllanishi jarayonida bir qancha g‘oyaviy oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u qayerdava qanday qilib ko‘payadi, degan savollarga javob topishga urinishgan. Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi «merkantilizm», (italyancha mercante - savdogar) deb atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi (pul, oltin) savdoda, asosan tashqi savdoda paydo bo‘ladi, ko‘payadi, faqat savdoda band bo‘lgan mehnat unumli mehnat, boshqalari esa unumsizdir, deb tushuntiradi. Boshlang‘ich merkantalizm (XIV asr oxiri XVI asr o‘rtalari) monetar tizim deb nomlanib, uning asosiy sharti pul (oltin, kumush)ni mamlakatda ushlab qolish hisoblangan. Vaqt o‘tishi bilan merkantalistlar bu tadbir o‘z-o‘zicha mamlakatning boyligini oshirmasligini tushunishgan. Кeyingi merkantalizm (XVII-XVIII asr boshlari) tashqi savdo rivojlanishi va umuman iqtisodiy rivojlanishga pulni tashqariga chiqarishni taqiqlash to‘siq bo‘lishini anglashgan. Bu holda asosiy talab tashqi savdoda pulning ijobiy qoldig‘i mavjud bo‘lishi hisoblangan, pul oqimini tartibga solishga esa iqtisodiy usullar yordamida erishilishi lozimligi ta’kidlangan. Кeyingi merkantalizmning Angliyadagi asosiy vakili Tomas Mann (1571-1641) hisoblanib, shu oqim nuqtayi nazarida davlatning ichki va tashqi siyosatini asoslaydi. Merkantalizm konsepsiyasi asosan proteksionizm iqtisodiy siyosatiga tayanadi, ya’ni ular davlatning iqtisodiyotni boshqarishda qatnashishi, eksportning importdan ortiq bo‘lishi va boylikni ko‘paytirishni ta’minlashi zarurligi masalalariga e’tibor qaratadi. Bu obyektivvujudga kelgan nazariya va siyosat kapitalningdastlabki jamg‘arilishi va shu orqali iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. «Fiziokratlar» merkantilistlardan farqli o‘laroq, boylik qishloq xo‘jaligida yaratiladi va ko‘payadi, degan g‘oyani olg‘a surdi. «Fiziokratiya» yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, ma’nosi «tabiat hukmronligi» degan ma’noni anglatadi. Bu maktab dastlab XVIII asr o‘rtalarida vujudga kelib, keyin Italiya, Angliya va Germaniyada keng yoyilgan. Fransiyada fiziokratlar g‘oyasining asoschisi Fransua Кene (1694-1774) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning yagona tarmog‘i hisoblanadi, unda tabiiy yo‘l bilan qo‘shimcha «sof mahsulot» vujudga kelib, xalqning boyligini ko‘paytirib boradi degan qarashni ilgari suradi. Uning fikricha, qishloq xo‘jaligida doimiy takror hosil qilinadigan boylik barcha sohalar o‘sishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, savdoninggullab-yashnashi va aholi farovonligiga olib keladi, sanoatni rivojlantiradi hamda millatning kamolotini ta’minlaydi. Fiziokratlar iqtisodiy qonunlar ham tabiat qonunlari kabi tabiiy, ular o‘ylab topilmaydi, balki ularni bilish va talabiga bo‘ysunish zarur deb hisoblaydi. F.Кene birinchi bo‘lib, ijtimoiy takror ishlab chiqarish modeli – mashhur “iqtisodiy jadvalni” yaratadi. F.Кene dehqonchilikda barcha sinflar uchun oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat uchun xomashyo, kelgusi yil hosili uchun urug‘lik ishlab chiqarilishi natijasida milliy iqtisodiyotda sinflar o‘rtasida tovar va pul oqimi harakatda bo‘ladi deb ko‘rsatadi. Olingan sof daromadni ular yer mulkdoriga renta shaklida beradi. Fiziokratlar butun sof daromad mulkdorlar sinfiga tegishli bo‘lishi sababli, mazkur daromadga soliq kiritib, uni yer mulkdorlaridan undirib olish zarur deb hisoblaydi. Uilyam Petti (1623-1686) g‘oyalari merkantilizmdan klassik fan-siyosiy iqtisodga o‘tish uchun ko‘prik bo‘ldi. U birinchi bo‘lib boylikning manbai mehnat va yer deb e’lon qildi. «Mehnat boylikning otasi bo‘lsa, yer uning onasidir» degan mashhur qarash U.Pettiga tegishli. XVII-XVIII asrda Angliyada iqtisod fanining klassik maktabi namoyondalari bo‘lmish A.Smit, D. Rikardolar tomonidan boylik faqatgina qishloq xo‘jaligidagina emas, balki butun moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilishini isbotlab berdi hamda ular boylikning umumiy shakli tovar va pulda mujassamlashgan qiymat deb hisoblaydi. Qiymatningo‘zini tovar ishlab chiqaruvchilar mehnati vujudga keltiradi. Shundan kelib chiqib, ular boylikning onasi yer, otasi mehnat, degan qat’iy ilmiy xulosaga keldi. A.Smit (1723-1790) iqtisodiy fanning predmeti jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va aholi turmush farovonligini o‘stirishni o‘rganish deb hisoblaydi. U o‘zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» (1776 y.) nomli asarida klassik maktab rivojlanishining yuz yillik davrini umumlashtirib tovar ishlab chiqarish va ayriboshlashga alohida soha sifatida qarashlarini asosladi, ular obyektivqonunlar asosida rivojlanishi va davlat tomonidan tartibga solishga muhtoj emasligini ko‘rsatadi. A. Smit moddiy ishlab chiqarishda nima yaratilsa jamiyatning boyligi deb hisoblaydi. U boylikningo‘sish shart-sharoitlari mehnat taqsimoti va uning unumdorligi ortishidir deb ta’kidlaydi. Xulosa Ehtiyojlarningo‘sib borishi bir tekis, uzluksiz bo‘lmaydi. Uningo‘sishiga qarshi ta’sir qiluvchi omillar ham mavjud bo‘ladi. Ishlab chiqarish holati, jamiyatdagi hukmron munosabatlar, favqulodda yuz beradigan hodisalar (urushlar, iqtisodiy tizim almashishi) va tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yong‘in kabilar) ehtiyojlarningo‘sib borishiga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi omillardir. Shunday qilib,ehtiyojlarningo‘sib borish qonuni mavjudehtiyojlarning miqdoran o‘sib borishida, mutlaqo yangilarining paydo bo‘lishida, muayyan ehtiyojlar doirasida uning turlari nisbatiningo‘zgarishida va bir ehtiyojning boshqasi bilan almashinishida namoyon bo‘ladi. Ehtiyojlarningo‘sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o‘sib borgan taqdirda ham uni ta’minlash uchun zarur bo‘ladigan iqtisodiy resurslar cheklangandir. Download 59.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling