Texnopark mchj haqida


Elektron gaz hisoblagichlari


Download 14.32 Kb.
bet2/6
Sana13.03.2023
Hajmi14.32 Kb.
#1266182
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Texnopark mchj haqida-www.hozir.org

Elektron gaz hisoblagichlari («Оsten» brendi, «Pietro Fiorentini», Italiya). Ushbu korxona 2020-yil 29-fevralda ishga tushirildi. Bu 800dan ortiq ish o'rni yaratishga imkon berdi. Yillik ishlab chiqarish 3 500 000 donani tashkil etadi; - Maishiy sovutgichlar («SAMSUNG» brendi, Koreya Respublikasi). Yillik ishlab chiqarish quvvati 1 million dona sovutgichni tashkil etadi. Ishlab chiqarish jarayoni 70% avtomatlashtirilgan. Bu har 19 soniyada bitta tayyor mahsulot ishlab chiqarishga imkon beradi. Bir vaqtning o'zida to'rt xil turdagi sovutgich ishlab chiqarish imkoniyati tufayli loyihaning Markaziy Osiyoda o'xshashlari yo'q. - Sanoat konditsionerlari va sovutish tizimlari («SHIVAKI» brendi, Yaponiya). Ishlab chiqarish quvvati 80 ming donani tashkil etadi. Korxona quyidagi sanoat konditsionerlarini ishlab chiqarishga yo'naltirilgan: maishiy suyuq sovutgichlari (chiller), ventilyator lentalari (havoni tozalash tizimlarining ichki bo'linmalari), kanal tipidagi konditsionerlar, kassetali konditsionerlar va havoni boshqarish moslamalari (AHU);

Liftlar va eskalatorlar («Оsten» brendi, «Shanxay Mitsubishi», Xitoy); Yillik yo'lovchi, kasalxona, yuk hamda panoramali liftlar va eskalatorlar ishlab chiqarish quvvati 2000 dona lift va 500 eskalatorni tashkil etadi. Shuningdek, korxona servis xizmatlari va dispetcherlik xizmatlarini ko’rsatadi; - Suv nasoslari («LEO» brendi, Xitoy). Loyihaning yillik quvvati 550 ming donani tashkil etadi. 200 ta yangi ish o'rinlari yaratildi. Loyihani amalga oshirish natijasida mahalliy bozorga 4 turdagi nasoslarning, 10 ta turli xil modellarini (sirkulyatsion, sentrafugali, o‘zi so‘ruvchi, suv ostida foydalanishga mo‘ljallangan suv nasoslari) etkazib berish va ushbu mahsulotlar importini qisqartirish rejalashtirilgan. - Qolip va shtamplar. Loyihaning yillik quvvati 200 donani tashkil etadi. Zavodning afzalliklari har qanday murakkablikdagi shtamplarni tayyorlash, yuqori sifatli materiallar va jihozlardan foydalanishdir.


Download 14.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling