Madaniy uyg‘un bo‘lish prinsipi umuminsoniy madaniyat qadriyatlari salohiyatini umuminsoniy va milliy madaniyati qadriyatlari va me’yorlarini tarbiyalashda hisobga olishni ko‘zda tutadi.
Umuminsoniy qadriyatlarga eng katta bo‘lgan qadriyat inson, inson yashaydigan tabiiy muhit – oila, hayot faoliyati asosi mehnat, yashash sharti - erdagi tinchlik, inson faoliyati asosi -bilim, insoniyatning tarixiy tiklangan ijtimoiy tajribasi – dunyoviy madaniyat kiradi.
«Gumanizm» va «insoniylik» so‘zlari lotincha «humanus» so‘zidan kelib chiqib, «insoniy» degan ma’noni bildiradi.
Gumanizm – inson qadriyatini shaxs deb, erkinlikka, baxtga bo‘lgan huquqini, qobiliyatlari rivojlanishi va namoyon bo‘lishini tan oladigan qarashlar
Gumanizm prinsipi.
Pedagogika va ijtimoiy pedagogikada gumanizm g‘oyalari rivojlanishi SHarq Uyg‘onish davri va g‘arb Uyg‘onish davrida o‘z cho‘qqisiga etdi. Gumanistik tarbiya ideali bo‘lib erkin har taraflama rivojlangan shaxs hisoblanadi. Farobiy (873-950), Beruniy (973-1050), Ibn Sino (980-1037), Alisher Navoiy (1441-1501), Tomas Mor (1478-1535), Fransua Rable (1483-1536), Mishel Monten (1533-1592), Jaloliddin Devoniy (1428-1502) va b. asarlarida tarbiya mazmuni ochib berilgan hamda gumanistik tarbiya mohiyati va vositalarini tahlil qilishga urinishlar bo‘lgan edi. Matafakkir va pedagog-gumanistlar uchun insonga, tabiati va tarbiyasiga qarashi umumiy hisoblanardi.
Gumanizm insonga nisbatan izzat-hurmatli munosabatni, uni erdagi eng oliy qadriyat deb tan olinishini ko‘zda tutadi. Gumanizm asosan bolalarga bo‘lgan muhabbat va bolalarda muhabbatni tarbiyalashda namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |