Infuzion terapiya mezonlari:
Septik shok bo`lgan bemorga o`rtacha 4- 6 litrgacha kristalloid eritmalar (NaCl saqlovchi) yoki o`rtacha hajmdagi kolloid eritmalar quyish talab qilinadi. Infuzion terapiyaning eng yaxshi tartibi kristalloid va kolloid eritmalarni birgalikda ishlatish. Infuziya ko`proq `tajriba yo`li` orqali olib boriladi, lekin quyiladigan suyuqlik hajmi ko`p bo`lib, gemodinamik samara bo`lmasa, o`pka arteriyasi kateterizatsiyasi talab qilinadi. CHap qorinchada zo`riqishini baholashning yagona usuli to`g`ridan-to`g`ri o`pka areriyasida bosimni o`lchash hisoblanadi.Natriy xloridning gipertonik (7.5%) eritmalarini qo`llash ham katta ahamiyatga ega. CHunki ular interstitsial to`qimadan o`ziga suyuqlikni tortib olishi hisobidan plazma hajmini tiklaydi.Septik shok holatidagi og`ir gipovolemiyada natriy xloridning gipertonik eritmasi (7,5 %) bilan kolloid eritmasini(GEK-refortan,stabizol) birgalikda (4ml/kg) qo`llash mikrotsirkulyasiyani va to`qimalar perfuziyasini tezda yaxshilaydi. Suyuqlik hajmini to`ldirgandan so`ng ham arterial bosim pastligicha qolsa vazopressorlar va kardiostimulyatorlar qo`llaniladi. Vazopressorlarning gipovolemiyani yo`qotilmagan paytda qo`llanilishi zararli hisoblanadi, chunki ular to`qima va organlar perfuziyasini buzadi. Hajm to`ldirilgandan so`ng quyidagi ishlar qilinadi: dopamin (dofamin) etarlicha past bo`lgan arterial bosimda 5mkg/kg/min dan qo`llaniladi, keyinchalik kerakli natija olish uchun oshirib boriladi. Dopaminni sekinlik bilan kiritish buyraklarda qon aylanishini yaxshilaydi. A/B juda pasayganda dopaminga noradrenalin qo`shiladi.
EPILЕPTIK VA ISTЕRIK TUTQANOQLARDA HAMDA
RUHIY KASALLIKLARNING O‘TKIR DAVRIDA
BIRINCHI YORDAM KO‘RSATISH
So‘ngi vaqtlarda turli xil asab kasalliklari bilan og‘rigan shaxslar bilan to‘qnashishga to‘g‘ri kelmoqdi. Shuning uchun ushbu kasalliklarning kelib chiqish sabablarini, klinik belgilarini va bemorlarning o‘zlariga, qolaversa, atrofdagilarga shikast yetmas-ligi uchun birinchi yordam ko‘rsatishni bilish katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |