Tеz tibbiy yordam. Favqulotda vaziyatlar (o`quv uslubiy qo`llanma) Farg`ona 2021 Saydaliyev S. S
Download 185.15 Kb.
|
FV.tez tibbiy yordam .o`quv qo`llanma
Yuz-jag‘ jarohatlari
Yuz-jag‘ jarohatlari ichida yuzning yumshoq to‘qimalari va yuz skeleti shikastlanishlari hamda yumshoq to‘qima va yuz skeletining birgalikdagi shikastlanishlari farqlanadi. Yuz sohasidagi jarohatlarning o‘ziga xosliklariga uning xunuklashishi, tashqi ko‘rinish bilan olingan jarohatning ko‘p hollarda bir-biriga mos kelmasliklari kiradi. Yuz yumshoq to‘qimalarining ancha ko‘p shikastlanishlarida, u juda xunuklashib, qon quyilishlari bo‘lib, yuzning yuza qismida ivib qotgan qonlar bo‘ladi, buning ustiga jabrlangan behush bo‘lsa, ko‘rgan kishida umidsizlik, hatto o‘lib qolgan degan xulosa paydo bo‘lishi mumkin. Shuni ham nazarda tutish kerakki, yuzi jarohatlangan har uch kishidan birida u yoki bu darajada ifodalangan miyaning lat yeyishi kuzatiladi. Yuz jarohatining o‘ziga xos namoyon bo‘lishi uning katta-kichikligida emas, balki mimika muskullarining qisqarishi natijasida joyidan ancha-muncha siljishida hamdir. Yuz-jag‘ jarohati olgan kishilarda hiqildoq, og‘iz bo‘shlig‘i organlari, burun, ayniqsa, pastki jag‘ning shikastlanishlarida tashqi nafas olishning buzilishlari, hattoki asfiksiya kuzatilishi mumkin. Lab va unga yaqin joylar shikastlanganda har doim juda tez va katta shishlar paydo bo‘ladi. Lab jarohatining yana bir o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, jarohat chekkalarining ochilib qolib, ba’zan to‘qima kamchiligi bor, degan noto‘g‘ri taassurot berishi mumkin. Yuzning yonbosh qismlari jarohatlanishi, ko‘pincha, quloq oldi so‘lak bezi jarohatiga va yuz nervi stvolining shikastlanishiga, bu esa o‘z navbatida, og‘ir klinik asoratlarga – yuzning xunukashishiga, yuzning imo-ishora muskullari falajiga, so‘lak oqadigan jarohat teshiklarining paydo bo‘lishiga va boshqalarga olib keladi. Jag‘ osti atroflarining jarohatlari, ko‘pincha, bu joyda joylashgan qon tomirlari, nerv tolalari, jag‘ osti so‘lak bezi, shuningdek, kekirdak va tomoqning shikastlanishiga olib keladi. Natijada, mexanik jarohatdan tashqari, ko‘pincha, yuqori va pastki jag‘, burun suyaklari va yonoq-ko‘z sohasi shikastlanadi. Download 185.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling